Daryl Janmaat

Daryl Janmaat (talaffuzi: Deril Yanmat; 1989-yil 22-iyulda tugʻilgan) — oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan sobiq futbolchi. ADO Den Haagning texnik direktori.

Daryl Janmaat
Janmaat Watford bilan, 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiDaryl Janmaat[1]
Tavallud sanasi22-iyul 1989-yil (1989-07-22) (34 yosh)[2]
Tavallud joyiLeidschendam, Niderlandiya
Boʻyi1.85 m[2]
AmpluasiHimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995-2007Feyenoord
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2007-2008ADO Den Haag25(2)
2008-2012Heerenveen84(5)
2012-2014Feyenoord63(5)
2014-2016Newcastle United71(3)
2016-2020Watford76(5)
2020-2022ADO Den Haag13(0)
Milliy terma jamoa
2009Niderlandiya U205(0)
2009-2010Niderlandiya U2111(0)
2012-2018Niderlandiya34(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Oʻz faoliyatini ADO Den Haagda boshlagan. Eredivizionning Heerenven va Feyenoord klublarida oʻynagan. 2014-yilda Newcastle Unitedga, keyin esa 2016-yilda Watfordga qoʻshilgan.

2012-yildan beri milliy terma jamoada Janmaat 20 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi va Gollandiya terma jamoasi bilan 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida 3-oʻrinni oldi.

Klublardagi faoliyati

ADO Den Haag

Leidschendamda tugʻilgan Janmaat oʻzining professional faoliyatini 2007—2008-yillargi mavsumda Eerste Divizionida ADO Den Haag bilan boshlagan.

Heerenveen

Keyingi mavsumda 19 yoshli futbolchi toʻgʻridan-toʻgʻri Erediviziyaga oʻtib, SC Heerenveen bilan shartnoma imzoladi. 2009-yil 23-oktyabrda Heerenveenning Yevropa ligasi doirasidagi Hertha Berlinga qarshi o‘yinining 73-daqiqasida norvegiyalik Christian Grindheimning oʻrniga maydonga tushdi va uch daqiqadan so‘ng qoidabuzarlik qilgani uchun qizil kartochka oldi[3][4].

Feyenoord

Janmaat „Feyenoord“ bilan mashgʻulot paytida, 2012-yil

2012-yilning oʻrtalarida, shartnomasi muddati tugaganidan soʻng, Feyenoord bilan shartnoma imzoladi[5]. 2012-yil 9-dekabrda „Feyenoord“ NAC Breda bilan 2:2 hisobidagi durang o‘yinida Janmaat bir daqiqa ichida ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi[6]. 2013-yilning 17-martida „Feyenoord“da „Utrecht“ga qarshi oʻyinda (2:1) g‘alaba to‘pini kiritdi[7].

Newcastle United

2014-yilning 17-iyulida Janmaat Premyer-liganing Newcastle United klubiga nomaʼlum toʻlov evaziga olti yillik shartnoma asosida qoʻshildi[8]. 17-avgust kuni oʻzining debyutini Manchester Cityga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazdi[9]. 30-avgust kuni Janmaat klubdagi birinchi golini Crystal Palacega qarshi oʻyinda (3:3) kiritdi[10]. Mavsum davomida West Bromwich Albion[11], „Burnley“[12], „Crystal Palace“[13] va „Aston Villa“ga qarshi oʻyinlarda golli uzatmani amalga oshirdi[14].

Watford

2016-yilning 24-avgustida „Newcastle“ chempionshipga tushib ketganidan so‘ng, Janmaat 7,5 million funt sterling evaziga Premyer-liga vakili Watford bilan shartnoma imzoladi[15].

ADO Den Haagga qaytish

2020-yil 29-dekabrda Janmaat ADO Den Haag bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi[16]. 2021—2022-yilgi mavsumdan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunladi va klubning texnik direktori etib tayinlandi[17].

Xalqaro faoliyati

Janmaat 2012-yilning 7-sentyabrida Gollandiya terma jamoasi safida debyut qildi va 2014-yilgi Jahon chempionati saralashida Turkiyaga qarshi oʻyinda (2:0) to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi[18]. 2014-yilning 31-mayida terma jamoa bosh murabbiyi Louis van Gaal Braziliyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun 23 kishilik yakuniy tarkibga Janmaatni ham qoʻshdi[19]. Turnirdagi ilk o‘yinini 13-iyun kuni o‘tkazdi, uchrashuvda Gollandiya amaldagi chempion Ispaniyani 5:1 hisobida mag‘lub etdi[20].

Faoliyat statistikasi

Klub

26-yanvar, 2021-yil[2][21]
KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiQitʼaBoshqaJami
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
ADO Den Haag2007—2008Eerste Diviziya252107[lower-alpha 1]1333
Heerenveen2008—2009Erediviziya100101[lower-alpha 2]0120
2009—2010Erediviziya280214[lower-alpha 3]11[lower-alpha 4]0352
2010—2011Erediviziya24310253
2011—2012Erediviziya22251273
Jami847925110998
Feyenoord2012—2013Erediviziya333204[lower-alpha 5]0393
2013—2014Erediviziya302401[lower-alpha 3]0352
Jami6356050745
Newcastle United2014—2015Premyer-liga3710030401
2015—2016Premyer-liga3221021353
2016—2017Chempionship2020
Jami7131051774
Watford2016—2017Premyer-liga27210282
2017—2018Premyer-liga2332000253
2018—2019Premyer-liga1804000220
2019—2020Premyer-liga800021101
Jami7657021856
ADO Den Haag2020—2021Erediviziya20000020
Jami faoliyati32120242721018137026

Xalqaro

Milliy terma jamoaYilIshtirokGollar
Niderlandiya2012-yil30
2013-yil100
2014-yil100
2015-yil40
2016-yil10
2017-yil20
2018-yil40
Jami340

Yutuqlari

Watford

Niderlandiya

Individual

Manbalar