Christy Walton
Christy Walton (qizlik familiyasi Tallant; talaffuzi: Kristi Rut Uolton; 1949-yil 8-fevralda tugʻilgan) – Walmart asoschisi Sem Uoltonning oʻgʻillaridan biri John T. Waltonning bevasi.
Kristi Uolton | |
---|---|
Christy Walton | |
Tavalludi | 31-avgust 1955-yil |
Fuqaroligi | ![]() |
Turmush oʻrtogʻi | John Walton (marhum) |
Otasi | Sam Walton (qaynotasi) |
2005-yil iyun oyida uning eri samolyot halokatida vafot etgandan soʻng, boyligining asosiy merosxoʻriga aylangandi[1]. Forbes bir necha yil davomida uni dunyoning eng boy ayoli sifatida qayd etdi[2]. Uning sof boyligi 2015-yil mart oyida 41,7 milliard dollarga baholangan. Uning asosiy qismi Walmartdagi ulushlaridan, shuningdek, eri sarmoya kiritgan First Solar shirkatidan kelgan[2]. 2015-yil noyabr oyida erining boyligining asosiy qismi oʻgʻli Lukas Uoltonga oʻtkazilgan[3].
Condé Nast Portfolio jurnali tomonidan taqdim etilgan The Giving Index reytingida u eng yaxshi xayriyachi ayol sifatida qayd etilgan. Oʻsha paytdagi sof boyligi 16,3 milliard dollarga baholangan boʻlib, 2002 va 2006-yillar davomida jami 3,5 milliard dollar hissa qoʻshgan[4].
Uolton faol ishlayotgan notijorat tashkilotlariga vasiylar va xodimlarning milliy assotsiatsiyasi, korporativ xayriya xodimlari va xayriya davrasining individual donorlari kiradi. U boshqarma aʼzosi boʻlgan San-Diego Tabiiy tarix muzeyi, shuningdek, San-Diego zoologiya jamiyati va Mingei xalqaro muzeyi ham u xayr-ehson qiladigan muassasalardandir[5]. 1896-yilda Kaliforniya shtatidagi sobiq National City mulkini Xalqaro xayriya markaziga sovgʻa qildi. Jamgʻarmaga imoratni saqlab turish uchun 4 million dollar berdi[5].