Cho Yong-hyung

Cho Yong-Hyung (talaffuzi: Cho Yon Hyon) (1983-yil 3-noyabrda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi. U oʻzining ampula tanlamasligi bilan mashhur, chunki u maydonning har ikki tomonida toʻliq harakat qila oladi.

Cho Yong-Hyung
조용형
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiCho Yong-Hyung
Tavallud sanasi3-noyabr 1983-yil (1983-11-03) (40 yosh)
Tavallud joyiIncheon, Janubiy Koreya
Boʻyi1.82 m (6 ft 0 in)
AmpluasiHimoyacgi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Jeju United
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2005—2006Bucheon SK / Jeju United47(0)
2007Gyeongnam FC0(0)
2007Seongnam Ilhwa Chunma18(0)
2008—2010Jeju United57(1)
2010—2014Al Rayyan80(2)
2014—2015Al Shamal12(2)
2015—2016Shijiazhuang Ever Bright52(2)
2017—2018Jeju United33(0)
2019Jeju United5(0)
Milliy terma jamoa
2008—2012Janubiy Koreya42(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 4-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2012-yil 31-may uchun)

Cho Yong-Hyung K-ligada oʻzining pozitsiasini munosib himoya qila olishi va hujumlarni tashkil etish bilan maqtovga sazovor[1]. Cho Xong Myung-Bo vorisi sifatida qabul qilingan.  Janubiy Koreyaning toʻrtta futbol boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan afsonaviy markaziy yarim himoyachisi[2].

Klubdagi fafoliyati

K-liga

Cho 2005-yilgi mavsumda Bucheon SK safida debyut qilgan, oʻshanda u muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng K-liganing eng yaxshi XI tarkibiga kiritilgan. 2006-yilgi mavsumda u Jeju Unitedga oʻtgandan soʻng klubda oʻzining eng yaxshi oʻyinlarini koʻrsatgan. 2007-yilda u chempionatdagi gʻalabalar boʻyicha K-liganing eng muvaffaqiyatli klubi boʻlgan Seongnam Ilhwa Chunmada bir mavsum ijara asosida oʻtkazgan va 2008-yilgi mavsumda Jeju Unitedga qaytgan va xozir ham klub esafida oʻynashda davom etmoqda.

Premier-liga

2010-yilda Yevropaning Choga qiziqishi ortgani taʼkidlangan. Angliya premer-ligasining " Aston Villa ", „Fulxem“ va "Nyukasl United" klublari unga qiziqish bildirishgan va 2010-yilning yozida jahon chempionatidan soʻng uni oʻz jamoalariga qoʻshib olishni reja qilishgan[3].

Qatar Yulduzlar Ligasi

Cho 2010-yilgi jahon chempionati tugaganidan so‘ng Qatar Yulduzlar ligasiga „Al-Rayyan“ sport klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. Cho 2011—2012-yilgi mavsum oxirigacha oʻynashi kerak edi[4]. 2011—2012-yilgi mavsum tugaganidan soʻng, Cho shartnomani yana bir yilga uzaytirgan, bu esa uni Qatar klubida 2012—2013-yilgi mavsum oxirigacha qolishini taʼminlagan.

Xalqaro faoliyati

Cho Janubiy Koreya terma jamoasi safida ilk bor 2008-yilning 30-yanvarida Chiliga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[5]. Cho 2010-yilgi Sharqiy Osiyo futbol chempionatida eng yaxshi himoyachi deb topilgan[6]. 2010-yilda Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida Janubiy Koreya terma jamoasi safida oʻynagan.

Yutuqlari

Shahsiy

K-liganing eng yaxshi oʻyinchisi : 2005-yilSharqiy Osiyo futbol chempionatining eng yaxshi himoyachisi: 2010-yil

Jamoa unvonlari

Al Rayyan: Shayx Jassim kubogi : 2012, 2013

Qatar valiahd shahzodasi kubogi : 2012-yil

Qatar Amir kubogi : 2011, 2013

Faoliyat statistikasi

KlubLigaKubokLiga KubogiQitʼaJami
MavsumKlubLigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Janubiy KoreyaLigaFA KubogiK-Liga KubogiOsiyoJami
2005Bucheon SK

Jeju United

K Liga 122000120-340
200625000100-350
2007Seongnam Ilhwa Chunma180101040240
2008Jeju United2401070-320
20091912040-251
20101401010-160
QatarLigaAmir KubogiShayx Jassim kubogiOsiyoJami
2010-11Al RayyanQatar Yulduzlar Ligasi20040240
2011-12211211
2012-1320140241
DavlatJanubiy Koreya122150350401661
Qatar61280692
Jami1833503501202353

Manbalar