Cheddar pishloq

Cheddar pishlogʻi (yoki oddiygina cheddar) nisbatan qattiq, oppoq ranglar qoʻshilsa toʻq sariqqa aylanadi. Baʼzan oʻtkir taʼmga ega boʻlgan tabiiy pishloqdir . Cheddar Angliyaning Somersetdagi Cheddar qishlogʻidan kelib chiqqan.[1]

Cheddar pishlogʻi butun dunyoda ishlab chiqariladi.[2][3] Himoyalangan geografik koʻrsatkich (PGI) 2013-yilda Yevropa Ittifoqida Orkney Shotlandiya oroli Cheddar uchun roʻyxatga olingan[4], bu Buyuk Britaniya qonunchiligida ham amal qiladi. Dunyo miqyosida cheddar sifatida belgilangan pishloqlarning uslubi va sifati juda farq qilishi mumkin, baʼzi qayta ishlangan pishloqlar "cheddar" sifatida qadoqlanadi. Bundan tashqari, taʼmi va koʻrinishi Red Lesterga oʻxshash baʼzi pishloqlar baʼzan "qizil cheddar" sifatida sotiladi.

Cheddar Buyuk Britaniyadagi eng mashhur pishloq turi boʻlib, mamlakatdagi yillik 1,9 milliard funt sterling boʻlib. pishloq bozorining 51 foizini tashkil qiladi.[5] Bu AQShda mozzarelladan keyin ikkinchi eng mashhur pishloq boʻlib, oʻrtacha yillik isteʼmoli jon boshiga 4.5 kg ni tashkil etadi[6] 2014-yilgi maʼlumotga koʻra, AQSH 1.400.000 tonna ishlab chiqargan.[7] va Buyuk Britaniya 2008-yilda 262.000 tonna ishlab chiqargan.[8]

Tarixi

O'rta Somerset ko'rgazmasida cheddar pishloqlari

Cheddar pishlogʻi Angliyaning janubi-gʻarbiy qismidagi Somersetdagi Cheddar qishlogʻidan kelib chiqqan.

Cheddar taxminan XII asrdan beri ishlab chiqariladi. Fransiyaga bu pishloqning kirib kelishi haqida fransuz yozuvchilari, rimliklar bu retseptni Fransiyaning Kantal hududidan Britaniyaga olib kelgan boʻlishi mumkin deya taxmin qilishadi.[9]

XX asrda Somerset sut ishlab chiqaruvchisi Jozef Xarding cheddarni modernizatsiya qilish va standartlashtirishda tarixda oʻz oʻrniga ega.[10] Jozef Xarding texnik yangiliklar, sut mahsulotlari gigienasini targʻib qilish va pishloq tayyorlashning zamonaviy usullarini koʻngilli ravishda tarqatgani uchun "cheddarning otasi" nomi bilan tarixda qoldi.[11] Xarding pishloq tayyorlash jarayoniga yangi jihozlarni, shu jumladan tvorogni kesish uchun oʻzining "aylanuvchi toʻsar"ini yangilik sifatida ishlab chiqarish bozoriga kiritdi. Aylanuvchi toʻsar texnikasi pishloq tayyorlash jarayonida qoʻl mehnatini tejaydi.[12]

Tayyorlash jarayoni

Bir piyola tvorog

Cheddar ishlab chiqarishda tvorog va zardob odatda yangi tugʻilgan buzoqlarning oshqozonida hosil boʻlgan shira yordamida ajratiladi.

"Cheddarlanish" yaʼni cheddar pishlogʻini ishlab chiqarishning qoʻshimcha bosqichini anglatadi. Pishloq doimiy haroratda saqlanadi, koʻpincha bu maxsus jihozlarni talab qiladi. Dunyo boʻylab ishlab chiqarilgan boshqa qattiq pishloq navlarida boʻlgani kabi, gʻorlar pishloqni pishish uchun ideal muhitni taʼminlaydi; hali ham, bugungi kunda, baʼzi cheddar Wookey Hole va Cheddar darasidagi gʻorlarda yaxshi saqlanadi va yaxshi yetiladi.

Cheddar darasidagi g'orlarda pishayotgan cheddar pishloqi

Manbalar