Chashmai Ayyub
Asboblar
Umumiy
Nashr/eksport qilish
Boshqa loyihalarda
Chashmai Ayyub | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obida |
Turi | ziyoratgoh |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | XII |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Qavatlar soni | 1 |
Chashmai Ayyub |
Chashmai ayyub (forscha: چشمه ایوب) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (1208—1209[1], 1379—1380-yillar). Buxoro shahrining shimoliy-gʻarbiy qismida joylashgan maqbara (mazorot). XII asr boshlari qoraxoniylar davrida qurilgan. Amir Temur davrida XIV asrda qayta taʼmirlanib, hozirgi shaklga keltirilgan[2]. Hozirgi kunda Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.39°46′42″N 64°24′10″E / 39.7782664°N 64.4026628°E / 39.7782664; 64.4026628
Chashmai Ayyub baʼzan maqbara sifatida ham tilga olinadi. Aslini olganda ushbu obida Ayyub paygʻambarining qadamjosidir. Mazkur obida bir necha asrlar davomida qurilgan. Obyektning eng qadimgi qismi XII asrga borib taqaladi. Mazkur davrda saqlanib qolgan lavhda 1380-yil sanasi oʻyib yozilgan. XVI asrga oid peshtoqlarda yozuvlar ham mavjud. Bino Amir Temurning Xorazmga qilgan yurishidan soʻng xorazmlik ustalar tomonidan bunyod etilgan[3]. Chashmai Ayyub mozori ham boʻlgan. Amir Temur davrida Amir Hajjoj degan kishi tomonidan bunyod etilgan va hozirgi kunda ham mavjud maqbara binosi ostida qolib ketgan. Buxoro xoni shayboniy Abdullaxon II davrida bino qaytadan toʻla taʼmirlangan va qurilish ishlari yakuniga yetkazilgan. Obidaning bosh fasadi sharq tomonga qaragan va ichkarida maxsus quduq joylashgan xona bor. Quduq joylashgan xona orqasida mehrob boʻlib, aynan shu xonada Ayyub paygʻambarning sagʻanasi yaʼni qadamjosi mavjud. Goʻrxonadagi eshik yuqorisida kitoba bitik boʻlib, Ayyub paygʻambarning Buxoroga tashrif buyurishi haqida yozilgan yogʻoch taxta mavjud. Hozirgi kunda Chashmayi Ayyubda Buxoro suv taʼminoti tarixi muzeyi joylashgan[4].
Muqaddas ziyoratgoh binosi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (19x26 m) boʻlib, gʻarbdan sharqqa choʻzilgan 4 xonadan iborat, har bir xona birbiriga oʻxshamagan gumbazlar bilan qoplangan. Dastlab eng qadimgi xona — murabba tarhli (4,5 x 4,5 m) quduqxona bunyod etilgan. Ushbu xona Arslonxon tomonidan Minorai kalon va Namozgoh masjidi bilan bir davrda qurilgan degan rivoyatlar saqlangan. Uning ikki yonida ziyoratchilar uchun oʻz vaqtida 2 eshigi boʻlgan; old tomoniga toqli xona (4,5x4,5 m) tutashtirib qurilgan, u binoga peshtoq vazifasini oʻtagan, qoʻsh gumbazli, oldi peshtoqli. Ziyoratxona devorida Amir Temur farmoyishiga binoan 1379-yilda unga taqab kulohiy gumbazli katta xona, burchaklarida minoralari boʻlgan daxdiz qurilganligi yozilgan. Binoning qadimgi qismi ichkarida qolgan.
Rivoyatlarga koʻra chashma (buloq) Ayub Alayhis-salom Buxoro boʻylab dinni targʻib qilib yurgan payti bilan bogʻliq. Qurgʻoqchilik paytida mahalliy xalq chanqoqlikdan oʻlayotgan paytida undan suv soʻragan. Paygʻambar oʻz asosi bilan yerni bir urib hozirgi kungacha uni suvini ichib boʻladigan shifobaxsh buloq hosil qilgan. Rivoyatga koʻra chashma suvi shifobaxsh hisoblangan va buloq boshiga koʻplab ziyoratchilar kelavergan. Vaqtlar oʻtib ushbu maskan ziyoratchilar maskaniga aylanadi. Bu shamning suvi teri kasalliklariga, pes-moxovga ham qarshi shifobaxsh ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud[4].
Buxorodagi diqqatga sazovor joylar | |||
---|---|---|---|
Qal’alar | |||
Ansambllar va komplekslar | Bahouddin majmuasi • Chor Bakr • Govkushon majmuasi • Xoʻja Zaynuddin majmuasi • Labihovuz ansambli (Koʻkaldosh madrasasi, Nodir devonbegi madrasasi, Nodir devonbegi xonaqohi) • Poyi kalon ansambli (Minorai kalon, Masjidi kalon, Mir Arab madrasasi • ) • Xalfa Xudoydod majmuasi | ||
Maqbaralar | |||
Madrasalar | Abdulazizxon madrasasi • Volidayi Abdulazizxon madrasasi • Gʻoziyon madrasasi • Koʻkaldosh madrasasi • Domullo Tursunjon madrasasi • Ulugʻbek madrasasi • Nodir devonbegi madrasasi • Qoʻshmadrasa (Modarixon madrasasi, Abdullaxon madrasasi) • Jubbori Kalon madrasasi • Chor minor | ||
Masjidlar | Baland masjid • Magʻoki koʻrpa masjidi • Bolohovuz masjidi • Magʻoki Attori masjidi • Buxoro namozgohi • Fayzobod xonaqohi • Nodir devonbegi xonaqohi | ||
Boshqa diqqatga sazovor joylar | Buxoro zindoni • Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey qoʻriqxonasi • Sitorai mohi xosa • Timlar: Toqi sarrofon • Toqi zargaron • Toqi telpakfurushon • Abdullaxon timi |