Cecilio Domínguez

Cecilio Andrés Domínguez Ruiz (talaffuzi: Sesilio Andres Dominges Ruiz; 1994-yil 11-avgustda Paragvayning Asunsion shahrida tugʻilgan) — paragvaylik futbolchi, „Santos Laguna“ futbol klubi va Paragvay terma jamoasi hujumchisi.

Cecilio Domínguez
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiCecilio Andrés Domínguez Ruiz
Tavallud sanasi11-avgust 1994-yil (1994-08-11) (29 yosh)
Tavallud joyiAsunción, Paragvay
Boʻyi1.77 m[1]
AmpluasiVinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Santos Laguna
Raqami30
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sol de América
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2011—2014Sol de América89(11)
2014→ Nacional (ijara)0(0)
2015—2017Cerro Porteño69(25)
2017—2019América58(13)
2019—2020Independiente29(3)
2020—2022Austin FC38(9)
2020→ Guaraní (ijara)14(4)
2022—Santos Laguna10(0)
Milliy terma jamoa
2010Paragvay U179(2)
2012—2013Paragvay U2020(9)
2013-Paragvay17(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-sentyabr uchun)

Jamoalardagi faoliyati

Cecilio Domínguez „Sol de América“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yil 20-noyabrda „Guarani“ futbol klubi bilan oʻyinda u debyut qildi[2]. 18-dekabr kuni „Serro Porteño“ futbol klubiga qarshi bahsda Cecilio Domínguez „Sol de América“ safida ilk golini raqib darvozasiga kiritdi[3]. 2014-yilda Cecilio Domínguez „Nacional“ futbol klubi safida ijara asosida oʻynagan va u jamoasining Libertadores kubogi finaliga chiqishga yordam berdi.

2015-yilda u „Serro Porteño“ futbol klubiga oʻtdi. 31-yanvar kuni „Libertad“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Cecilio Domínguez yangi klubi safida debyut qildi[4]. Oʻsha oʻyinda Domínguez „Serro Porteño“ futbol klubi safida birinchi golini kiritdi. 11-fevral kuni Libertadores kubogi doirasida Venesuelaning „Deportivo Táchira“ jamoasiga qarshi oʻyinda Domínguez gol urgan[5][6]. 2016-yilda Sudamerikana kubogi bahslarida Cecilio Domínguez Kolumbiyaning „Santa Fe“, „Independiente Medellin“ va „Atlético Nacional“ jamoalariga qarshi oʻyinlarda oltita gol urdi va turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi[7][8][9]. 29-aprel kuni Cecilio Domínguez Libertadores kubogi doirasida Argentinaning „Boca Juniors“ jamoasiga qarshi oʻyinda gol urdi. Oʻsha yili u Paragvay chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

2017-yil boshida Cecilio Domínguez meksikaning „América“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 29-yanvar kuni „Veracruz“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Meksika premyer ligasida debyut qildi[10]. Xuddi shu uchrashuvda Cecilio Domínguez „América“ futbol klubi tarkibidagi ilk golini urdi.

2019-yil boshida Cecilio Domínguez Argentinaning „Independiente“ futbol klubiga oʻtgan[11].

Xalqaro faoliyati

2013-yil boshida Cecilio Domínguez Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi. Turnirda Argentina, Boliviya, Peru, Ekvador, Urugvay va ikki marta Kolumbiya va Chili bilan oʻyinlarda maydonga tushgan[12][13][14][15][16][17][18][19][20]. Argentinaliklarga qarshi kechgan bahsda Cecilio Domínguez gol urdi.

Oʻsha yilning yozida Cecilio Domínguez Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Mali, Meksika va Iroq jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[21][22][23].

2014-yil 10-oktyabrda Cecilio Domínguez Shimoliy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Paragvay terma jamoasi safida debyut qildi[24].

Statistika

JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJami
OʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
C. Sol de América Paragvay20112121
2012242242
2013255255
2014383383
Jami891100008911
C. Nacional Paragvay20142020
Jami00002020
C. Cerro Porteño Paragvay201537621397
201632191074226
Jami6925001288133
C. América Meksika2016—2017632081
2017—201833850434211
2018—201919255247
Jami5813125437425
Independiente Argentina2018—2019813243156
2019—20202121050272
Jami2934293428
Guaraní Paragvay20203232
Jami00003232
Umumiy faoliyatida24552167301629179

Manbalar