Caroline Seger

Sara Caroline Seger (1985-yil 19-martda tugʻilgan) shvetsiyalik futbolchi, Damalsvenskan ligasining Rosengård klubida yarim himoyachi va klub sardori sifatida oʻynaydi. U Shvetsiya futbol terma jamoasining hozirgi sardori[5].

Caroline Seger
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiSara Caroline Seger[1]
Tavallud sanasi19-mart 1985-yil (1985-03-19) (39 yosh)[2]
Tavallud joyiHelsingborg, Shvetsiya[3]
Boʻyi1.74 m
AmpluasiYarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FC Rosengård
Raqami17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Gantofta IF
1998—2000Rydebäck IF
2001—2004Stattena IF
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2004—2009Linköpings FC139(39)
2010Philadelphia Independence21(2)
2011Western New York Flash13(5)
2011LdB FC Malmö7(3)
2012—2014Tyresö FF46(11)
2014—2016Paris Saint-Germain37(8)
2016—2017Olympique Lyon18(0)
2017–FC Rosengård78(12)
Milliy terma jamoa
2001—2002Shvetsiya U1712[4](3[4])
2002—2004Shvetsiya U1923[4](3[4])
2005–Shvetsiya terma jamoasi229[4](32[4])
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(16-iyun 2019-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (4-may 2022-yil uchun)

Klubdagi karyerasi

Linköpings

Mehnatsevar markaziy yarim himoyachi Seger 2005-yildan 2009-yilgacha Linköpings klubida oʻynagan va klub sardori sifatida faoliyat yuritgan. Linköpings Segerning jamoa bilan oʻtkazgan besh mavsumining toʻrttasida Damallsvenskanning kuchli toʻrttaligiga kirgan. Ularning eng yuqori natijalari 2008-yilda ikkinchi oʻrin va 2009-yilda birinchi oʻrinni egallagan. Jamoa shuningdek, 2006, 2008 va 2009-yillarda uch marta Svenska Kupenini qoʻlga kiritgan.

Linköpingsda oʻynab Seger 2005-yilda Damallsvenskanning Yilning eng yaxshi yangi futbolchisi va 2006 va 2009-yillarda Yilning eng yaxshi yarim himoyachisi unvoniga sazovor boʻlgan[6].

Seger 2007-yil oktabr oyida

Jamoa ikkinchi oʻrinni egallab, UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgach, Seger 2008-yilning kuzida Linköpings bilan yangi bir yillik shartnoma imzoladi[7] U jamoa bilan yakuniy musobaqasida klubni liga va kubokga qadar olib chiqqanidan faxrlanardi. Seger, shuningdek, 2009-yilda Shvetsiyalik ayollar oʻrtasidagi yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Diamantbollen sovrinini qoʻlga kiritdi[8].

Segerning Linköpings uchun oxirgi oʻyini 2009-10-UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida Duysburgdan 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan edi[9]

Amerika Qoʻshma Shtatlari

2009-yil sentabr oyida Philadelphia Independence jamosini kengaytirish maqsadida Segerga taklif kiritdi[10] 2009-yil dekabr oyida u Filadelfiya bilan uch yillik shartnoma imzoladi[11]. Uning Philadelphia Independence bilan birinchi mavsumi 2010-yil aprel oyida boshlangan va WPS chempionati oʻyinida FC Gold Pride jamoasiga 4 – 0 hisobidagi magʻlubiyat bilan yakunlangan. Seger 18 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi[12]. Mavsumdan soʻng tovonidan jarohat olib operatsiya qilindi[13].

Seger (9) 2011 WPS chempionatida

Seger 2010-yil dekabr oyida Western New York Flash jamoasiga almashtirildi. U WPS-dagi birinchi mavsumida franchayzaga qoʻshildi va kapitanning tasmasini taqdi[14]. 2011-yil 14-avgustda Seger boshchiligidagi Flash ligadagi eng yaxshi rekordni qoʻlga kiritdi, 27-avgust kuni liga chempionligi uchun oʻz uyida oʻynadi. Ular Segerning sobiq klubi Filadelfiya Independensni Chempionship oʻyinida, 1:1 hisobidagi durangdan keyin PKda 5:4 hisobida magʻlub etishdi.

Seger mavsum davomida FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib oʻtgani tufayli Flash jamoasi safida atigi 12 ta oʻyin oʻtkaza oldi xolos. U beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Murabbiy Aaran Lins Segerning hissasidan juda mamnun edi, ammo uning shartnomasida bir yildan soʻng AQShdan tashqaridagi jamoaga ketishi nazarda tutilgan band bor edi, ana shu bandni shartnomadan chiqarib tashlashga qilingan harakatlarning bari besamar ketdi[15].

Tyresö FF

2011-yil avgust oyida Seger 2011-yilgi Damallsvenskan mavsumining qolgan qismida oʻynash uchun LdB FC Malmö jamoasiga qisqa muddatli shartnoma asosida qoʻshilishini e’lon qildi, garchi u keyingi manzili haqida bir qarorga kelmagan boʻlsada[16]. Oʻsha oyning oxirida Seger 2012 Damallsvenskan mavsumida boshlash uchun Tyresö FFga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshilishi tasdiqlandi[17]. Uning yettita liga oʻyinida kiritgan uchta goli Malmyoga 2011-yilda Damallsvenskan chempionligini qoʻlga kiritishga yordam berdi.

Seger 2013-yilda Tyresö tarkibida

Seger oʻzining uchinchi Damallsvenskan unvonini 2012-yilda Tyresyoning soʻnggi kuni Malmyo ustidan qozongan dramatik gʻalabasidan keyin qoʻlga kiritdi. Segerning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytgach, Madlen Edlund gʻalaba golini kiritdi[18]. Seger va Tyresyo Svenska kubogi finalida Kopparbergs/Göteborg FC tomonidan qoʻshimcha boʻlimdan keyin 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi[19]. 2014-yil boshida Tyresyo moliyaviy qiyinchilikka uchragani Seger va uning boshqa yetakchi oʻyinchilarini saqlab qola olmasligi maʼlum boʻldi[20].

2014-yilning may oyida Segerga Milliy Ayollar Futbol Ligasida oʻynash (NWSL) huquqini qoʻlga kiritgan Sietl Reign FC murojaat qilgan va yana ikki Amerika jamoasi qiziqish bildirgan. U shuningdek, Parij Sen-Jermen Feminines bilan transfer muzokaralarini ham boshlagan edi[21].

Parij Sen-Jermen

Seger 2014-yil iyun oyida Parij klubiga oʻtib, ikki yillik shartnoma imzoladi. U Tyresyo ligani tark etgani va barcha oʻyinchilarni qoʻyib yuborganligi sababli klubni tark etgan edi[22].

Olimpique Lyon

2016-yil 2-iyul kuni Lyon Olimpique Seger bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[23]. 2016/17-yilgi mavsumda Seger Lionga ayollar 1-divizioni, ayollar kubogi va UEFA ayollar chempionlar ligasida gʻalaba qozonishga yordam berdi[24].

FC Rosengård

2017-yilda Seger Shvetsiyaga qaytib, Damalsvenskan ligasida Rosengård klubiga qoʻshildi[25]. U Rosengårdga Svenska Cupen Damerni yutib olishga va ligada ikkinchi oʻrinni egallashga yordam berdi[26].

Xalqaro karyera

Seger 2005-yilning mart oyida Shvetsiya terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushgan oʻsha yilgi Algarve kubogida Germaniyadan 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan. U Shimoliy-Gʻarbiy Angliyada boʻlib oʻtgan UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2005 musobaqasida gʻalaba golini urish niyatida edi. Seger jamoa tarkibida boʻlsa-da, u gol ura olmadi, chunki Shvetsiya yarim finalning qoʻshimcha taymlarida raqibi Norvegiyaga magʻlub boʻldi[27].

Seger yangi bosh murabbiy Tomas Dennerbi qoʻl ostida sayqallnib oʻzining yangi qirralarini ochib borishda davom etdi va 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining birinchi bosqichida hayratlanarli tarzda magʻlubyatag uchragan Shvetsiya jamoasining asosiy tarkib oʻyinchisi edi. Oʻsha muvaffaqiyatsizlikdan soʻng baʼzi tajribali futbolchilar isteʼfoga chiqdi va Segerga jamoada muhim oʻrin berildi[28]. 2008-yil iyul oyida u son jarohatini yengib oʻtib, 2008-yilgi Pekin Olimpiadasi uchun terma jamoadan joy oldi[29]. Xitoyda u shvedlarning chorak finalida Germaniyaga 2 – 0 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.

2011-yilgi jahon chempionatida Shvetsiya terma jamoasi sardori

Segerning oʻyin tezligi va ijobiy munosabatidan hayratda qolgan Dennerbi uni 2008-yil may oyida Italiya terma jamoasi sardori Viktoriya Sandell Svensson jarohat olgan paytda saralash oʻyiniga terma jamoa sardori etib tayinlagan edi[30]. Sandell Svensson UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009 chorak finalida Shvetsiyaga Norvegiyaga 1:3 hisobida magʻlub boʻlganidan keyin isteʼfoga chiqdi va Seger toʻliq sardorlik lavozimini egalladi[31].

Seger 2011-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Shvetsiyani uchinchi oʻringa olib chiqdi. U Shvetsiyani Frankfurtda yakuniy gʻolib Yaponiyaga qarshi 3 – 1 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda jamoaga sardorlik qilgan. Shvetsiya Sinsheymda Fransiyani 2 – 1 hisobida magʻlub etib, uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi, biroq Seger oyogʻidan jarohat olib, oʻyinni oʻtkazib yubordi. Uchinchi oʻrin Shvetsiyaga 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtadigan futbol Olimpiadasi turniriga yoʻllanmani ham taʼminladi. Dennerbi Segerni Shvetsiyaning Londonga boradigan olimpiya terma jamoasida saqlab qoldi[32], u yerda Shvetsiya chorak finalda Fransiyaga magʻlub boʻldi.

2012-yil oktabr oyida milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Pia Sundxage Seger va Lotta Shelin sardorl boʻlishiga qaror qildi[33]. Sandxeyj Segerni Shvetsiya mezbonlik qilgan UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 uchun qaydnomaga kiritdi[34]. Yarim finalda Shvetsiya Germaniyaga 0:1 – magʻlub boʻlganida Segerning hafsalasi pir boʻldi[35].

Seger 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Shvetsiya terma jamoasi safida barcha 6 oʻyinda maydonga tushdi va Germaniyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgach, kumush medalni qoʻlga kiritdi[36].

Lotta Shelin xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlaganidan soʻng Seger terma jamoa sardori boʻldi.

Seger Shvetsiyani 2019-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga olib chiqdi. 2019-yil 6-iyul kuni Seger Shvetsiya bilan Angliyaga qarshi 200-uchrashuvini oʻtkazdi. Uchrashuv Shvetsiyaning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlanib, Shvetsiya jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi[37].




Gol
SanaManzilRaqibHisobNatijaMusobaqa
22006-06-18Minsk, BelarusBelarus0-30-62007-yilgi jahon chempionati saralashi
52009-08-25Turku, Finlandiya Rossiya3-03-0UEFA ayollar Yevro-2009
132012-03-31Malmö, ShvetsiyaKanada1-03-1Oʻrtoqlik
142013-07-04Ljungskile, Shvetsiya Angliya3-14-1
192015-03-04Vila Real de Santo Antonio, Portugaliya Germaniya2-12-42015-yil Algarve kubogi
202-3
222015-10-27Gothenburg, Shvetsiya Daniya1-01-0Yevro-2017 saralashi
232016-03-05Rotterdam, Niderlandiya Shveysariya2016 UEFA ayollar olimpiya saralash turniri
242017-06-13Växjö, ShvetsiyaShotlandiyaOʻrtoqlik
252017-10-24Borås, Shvetsiya Vengriya4-05-0JCH-2019 saralashi
262018-04-05Szombathely, Vengriya0-11-4
282019-09-03Liepaya, Latviya Latviya1-3Yevro-2022 saralashi

Shaxsiy hayoti

U ilgari professional futbolchi Malin Levenstad bilan munosabatda boʻlgan[38].

Yutuqlar

Seger yangi murabbiy Pia Sundxage uchun birinchi o'yinini Vaksyoning Myresjohus Arenasida o'tkazmoqda

Klub

Linköpings FC

  • Damalsvenskan : 2009-yil
  • Svenska Kupen : 2006, 2008, 2009-yillar
  • Svenska Superkubogi : 2009-yil

Gʻarbiy Nyu-York Flash

  • Ayollar professional futboli : 2011-yil

LdB FC Malmö

  • Damalsvenskan : 2011-yil
  • Svenska Superkubogi : 2011-yil

Tyresö FF

  • Damalsvenskan : 2012-yil

Olimpique Lyon

  • 1-divizion Ayollar : 2016–17
  • Coupe de France Feminine : 2017
  • UEFA ayollar chempionlar ligasi : 2016–17

Mamlakat

Shvetsiya

  • FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati Uchinchi oʻrin: 2011, 2019
  • Yozgi Olimpiya oʻyinlari kumush medali: 2016, 2020[39]
  • Algarve kubogi (2005-yildan 2015-yilgacha qatnashgan): 2009-yil

Shvetsiya U19

  • Skandinaviya kubogi: 2004-yil 2 -oʻrin sohibi[40]
Shvetsiya U17
  • Nordic kubogi : 2001, 2002[41]

Shaxsiy yutuqlar

Manbalar

Havolalar