Butunjahon Badminton Federatsiyasi

Butunjahon Badminton Federatsiyasi (BWF) — Xalqaro Olimpiada Qoʻmitasi (XOQ) tomonidan tan olingan badminton sporti boʻyicha xalqaro boshqaruv organi. U 1934-yilda Xalqaro Badminton Federatsiyasi (IBF) sifatida tashkil etilgan boʻlib, dastlab toʻqqiz davlat (Kanada, Daniya, Angliya, Fransiya, Irlandiya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Shotlandiya va Uels) aʼzo boʻlgan. 1981-yilda IBF Jahon Badminton Federatsiyasi bilan birlashtirildi va 2006-yil 24-sentabrda Madridda boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari umumiy yigʻilishda tashkilot nomi Butunjahon Badminton Federatsiyasi (BWF) ga oʻzgartirildi.[1]

Butunjahon Badminton Federatsiyasi
Qisqartma BWF
Turi Sport federatsiyasi
Ishga tushgan sanasi 1934 (90 yil avval) (1934)
Joylashuvi Kuala Lumpur, Malayziya
Prezidenti Poul-Erik Høyer Larsen
Daromad 25.79 million AQSh dollari (2019)[2]
Aʼzolari 194 nafar assotsatsiya aʼzolari
Vebsayti bwfbadminton.com
International Badminton Federation member nations.svg

BWF tashkil etilganida (IBF sifatida), uning bosh ofisi Buyuk Britaniyaning Cheltenxem shahrida joylashgan edi. Bosh ofis 2005-yil 1-oktabrda Malayziyaning Kuala Lumpur shahriga koʻchirildi.[3] Hozirgi prezidenti Poul-Erik Høyer Larsen hisoblanadi.[4] Hozirgi kunda BWF ga butun dunyo boʻylab 176 ta davlat aʼzo boʻlib, ular 5 ta qitʼa konfederatsiyasida tuzilgan.

Qitʼa federatsiyalari

Beshta konfederatsiyalar bilan dunyo xaritasi

BWF butun dunyo boʻylab badminton sportini targʻib qilish va rivojlantirish uchun mintaqaviy boshqaruv organlari bilan hamkorlikda ishlaydi, ular:[5]

MintaqaKonfederatsiyaAʼzolar
OsiyoBadminton Osiyo (BA)43
YevropaBadminton Yevropa (BE)54
AmerikaBadminton Pan Amerika (BPA)37
AfrikaAfrika Badminton Konfederatsiyasi (BCA)44
OkeaniyaBadminton Okeaniya (BO)16
Jami194

Prezidentlari

Quyida 1934-yildan beri prezidentlar roʻyxati keltirilgan:[6]

No.YillarIsmMamlakat
11934–1955George Alan Thomas Birlashgan Qirollik
21955–1957John Plunkett-Dillon Irlandiya
31957–1959Brigadier Bruce Hay Birlashgan Qirollik
41959–1961A. C. J. van Vossen  Niderlandiya
51961–1963John McCallum Irlandiya
61963–1965Nils Peder Kristensen  Daniya
71965–1969David Bloomer Birlashgan Qirollik
81969–1971Humphrey Chilton Birlashgan Qirollik
91971–1974Ferry Sonneville Indoneziya
101974–1976Stuart Wyatt Birlashgan Qirollik
111976–1981Stellan Mohlin  Shvetsiya
121981–1984Craig Reedie Birlashgan Qirollik
131984–1986Poul-Erik Nielsen  Daniya
141986–1990Ian Palmer  Yangi Zelandiya
151990–1993Arthur Jones Birlashgan Qirollik
161993–2001Lu Shengrong  Xitoy
172001–2005Korn Dabbaransi Tailand
182005–2013Kang Young-Joong Koreya Respublikasi
192013–Poul-Erik Høyer Larsen  Daniya

Reytinglari

BWF butunjahon oʻrinlar va butunjahon oʻsmirlar oʻrinlari boʻyicha oʻyinchilarning kuchini aniqlash uchun kiritiladi. Berilgan ochkolar oxirgi 52 hafta davomida ishtirok etgan har bir turnirning yakuniy natijalariga asoslanadi. Oʻsmirlar oʻrinlari 19 yoshgacha boʻlgan badmintonchilardan iborat.

Turnirlari

1-guruh

BWF muntazam ravishda yettita yirik xalqaro badminton tadbirlarini va para-badminton boʻyicha ikkita tadbirni tashkil qiladi:

Asosiy turnirlar:

Boshqa yirik turnirlar:

  • Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati
  • Kattalar oʻrtasidagi BWF jahon chempionati[7]

Para asosiy turnirlar:

  • Para-badminton boʻyicha jahon chempionati
  • Xalqaro Paralimpiya Qoʻmitasi bilan hamkorlikda Paralimpiya oʻyinlari (Tokio 2020 Paralimpiya oʻyinlaridan keyin qoʻshilgan sport turlari)

Tadbir (lar) endi muntazam oʻtkazilmaydi:

  • Jahon chempionati 1997-yildan beri toʻxtatilgan edi. Biroq, BWF tadbirni 2005-yilda (Xitoy mezbon sifatida) qayta tikladi, lekin faqat taklif turniri sifatida. Xitoy barcha 5 toifadagi oltin medalni qoʻlga kiritdi.

2-guruh

BWF World Tour deb nomlanuvchi 2-darajali turnirlar turli xil jahon reyting ochkolari bilan oʻtkaziladigan olti darajaga ajratildi, ular quyidagi tartibda:

  • 1-daraja: BWF World Tour Final
  • 2-daraja: BWF World Tour Super 1000
  • 3-daraja: BWF World Tour Super 750
  • 4-daraja: BWF World Tour Super 500
  • 5-daraja: BWF World Tour Super 300
  • 6-daraja: BWF Tour Super 100

Ilgari 2007-yildan 2017-yilgacha oʻtkazilgan tadbirlar:

  • Super Seriyalar Premier
  • Super Seriyalar
  • Grand Pri Oltin
  • Grand Pri

3-guruh

Continental Circuit deb nomlanuvchi 3-darajali turnirlar turli xil jahon reyting ochkolari bilan uchta darajaga ajratildi, ular tartib boʻyicha:

  • Xalqaro musobaqalar
  • Xalqaro seriyalar
  • Kelajak seriyalari

Mukofotlari

BWF badmintonda erishgan yutuqlari yoki badmintonga qoʻshgan hissasi uchun oʻyinchilarga, hakamlarga, homiylarga va boshqa shaxslarga maxsus mukofotlar beradi.[8]

  • Hayot davomida erishilgan yutuqlar
  • Shuxrat galereyasi
  • Gerbert Scheele kubogi
  • Faxrli xizmat
  • Beqiyos xizmati
  • Maqtov yorligʻi
  • Eddy Choong yilning eng yaxshi badmintonchisi (2008-yildan beri tanaffus)
  • Yilning eng yaxshi erkak va ayol badmintonchisi
  • Eddy Choong yilning eng istiqbolli badmintonchisi
  • Badmintonda ayollar

Logotipi

Yillar davomida tashkilot bir nechta logotiplarga ega boʻldi. Dastlab u IBF logotipidan foydalangan. BWF sifatida 2007-yilda yangi logotip qabul qilindi.[9] 2012-yilda u yangi, soddalashtirilgan logotipni oʻz ramziga aylantirdi.[10]

Nashrlari

  • World Badminton (jurnal)
  • IBF qoʻllanmasi

Ijtimoiy tarmoqlarda

Manbalar