Buten
organik birikma
Butenlar, butilenlar — toʻyinmagan uglevodorodlar, umumiy formulasi C4H8. Molar massasi 56,11, rangsiz gaz. Uchta izomeri maʼlum: normal buten-1 (α-butilen) CH2=CH—CH2—CH3; normal buten-2 (β-butilen, psevdobutilen) CH3CH=CHCH3 va izobuten (izobutilen) (CH3)2C=CH2. Normal buten-2 ning trans va sis shakllari mavjud. Buten alkenlarning xossalarini namoyon qiladi. Buten suvda yomon, koʻpgina organik erituvchilarda yaxshi eriydi; sanoatda neftni qayta ishlash mahsulotlaridan hamda butil spirtni katalizator ishtirokida degidratlab olinadi. Butendan butadiyen, butil kauchuk (oppanol), surkov moylari, suyuq yonilgʻi va boshqa mahsulotlar olinadi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
🔥 Top keywords: Bosh SahifaAndoza:Seks ishchi (orden)Maxsus:SearchUEFA Yevro 2024Jinsiy aloqaAllohning 99 nomiAmir TemurIMGSRC.RUHisorak suv omboriOʻzbekistonYunon-Baqtriya podsholigiAnora (film)Bemorni parvarish qilishAvestoSaraton (kasallik)HayzAlisher NavoiyXufton namoziOʻzbekiston tarixiQurbon hayitiBolgariyaTugʻruqUndosh tovushlarMuhammadSuvchechakHaj: Jannat onalar oyog‘i ostidaAnal jinsiy aloqaIztopar afsonasiMovarounnahrErkak jinsiy aʼzosiXorazmEva ElfieQovunchi madaniyatiShavkat MirziyoyevInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunQunut duosiJaloliddin ManguberdiKoreya RespublikasiBobur