Bryan Mbeumo

Bryan Mbeumo (1999-yil 7-avgustda tugʻilgan) — professional futbolchi, Premyer-liganing „Brentford“ jamoasi va Kamerun milliy terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Bryan Mbeumo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiBryan Mbeumo[1]
Tavallud sanasi7-avgust 1999-yil (1999-08-07) (24 yosh)[2]
Tavallud joyiAvallon, Fransiya
Boʻyi1.71 m[3]
AmpluasiHujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brentford
Raqami19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005-2011CO Avallonais
2011-2012Bourgoin-Jallieu
2012-2013CO Avallonais
2013-2016Troyes
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2016-2018Troyes II33(14)
2018-2019Troyes41(11)
2019-Brentford128(29)
Milliy terma jamoa
2015Fransiya U171(0)
2018-2019Fransiya U203(0)
2019-2020Fransiya U216(1)
2022-Kamerun2(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-sentyabr uchun)

Mbeumo Troyes AC akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlib, oʻzining katta faoliyatini ushbu klubda boshlagan. U 2019-yilda Brentford klubiga oʻtadi va 2021-yilda jamoasi bilan Premyer-liga darajasiga koʻtariladi. Mbeumo Fransiya yoshlari terma jamoasida xalqaro oʻyinlarda ishtirok etgan va 2022-yilga kelib Kamerun terma jamoasi safiga qoʻshilgan.

Klublardagi faoliyati

Troyes AC

Mbeumo 14 yoshida „Troyes“ jamoasiga faoliyatini boshlaydi va 2016-17-yilgi mavsumni klubning zaxira oʻrindigʻida yakunlaydi[4]. U Troyes U19 jamoasining tarkibida oʻynagan va 2018-yil Kupe Gambardella gʻolibi boʻlgan. Ushbu jamoa safida Stade de Fransdagi finalda ikki marta gol urgan[5]. Mbeumo klubdagi debyutini 2018-yil 17-fevralda Liga 1 jamoasi FC Metz ustidan g‘alaba qozonilgan oʻyinda oʻtkazgan va 2017-18-yilgi mavsumda yana uchta o‘yinda maydonga tushgan[5]. 2018-19-yilgi mavsumda esa 40 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urishga erishadi[2]. Ushbu mavsumda u jamoasi bilan Liga 2 pley-off yarim finalida mag‘lubiyatga uchraydi[5]. U 2019-yilning avgust oyiga qadar 46 ta oʻyinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan holda klubni tark etadi[2][4].

Brentford

2019-yilning 5-avgustida Mbeumo Angliyaga ko‘chib o‘tadi va Chempionship klubi Brentford bilan besh yillik rekord darajadagi 5,8 million funt sterling evaziga shartnoma imzolaydi[4][6]. U 2019-20-yilgi mavsumda 47 o‘yin o‘tkazib,16 ta gol uradi[7][8]. Mbeumoning oʻyinlari London Football Awards 2020 da EFLda yilning eng yaxshi futbolchisi va yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi nominatsiyasi bilan eʼtirof etiladi[7][9]. Mbeumoning gollari soni COVID-19 taʼsiri ostida boʻlgan 2020-21-yilgi mavsum davomida pasayib ketadi[10]. Mbeumo Brentfordning 2021-yilgi chempionat pley-off finaliga qadar 2020-21-yilgi mavsum davomida 49 oʻyinda maydonga tushib, sakkizta gol uradi[11][12] va jamoasi bilan final oʻyinidan gʻalaba qozonadi.

2022/23-yilgi mavsumoldi oʻrtoqlik oʻyinlarida Mbeumo 3-4-3 sxemasi asosida qanot himoyachisi sifatida maydonga tushib, ushbu pozitsiyada oʻzining koʻp qirrali ekanligini isbotladi[13].

Xalqaro faoliyati

Mbeumo 2019-yilda Fransiya U20 terma jamoasi safida.

Mbeumo U17, U20 va U21 toifalaridagi Fransiya terma jamoasi safida maydonga tushib, 10ta o‘yinda g‘alaba qozongan va bitta gol urgan. 2022-yil avgust oyida Mbeumo Kamerun terma jamoasiga oʻtganini eʼlon qiladi va 2022-yil sentyabr oyi oxirida oʻrtoqlik oʻyinlari uchun birinchi chaqiruvni qoʻlga kiritadi[14][15]. U O‘zbekiston va Janubiy Koreyaga qarshi kechgan oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushgan[16].

Shaxsiy hayoti

Mbeumoning otasi kamerunlik[5][14]. 2020-yil iyun oyida u COVID-19 kasalligiga chalinadi va bitta oʻyinni oʻtkazib yuboradi[17][18].

Faoliyatining statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Troyes II2016-17CFA 2125125
2017-18[2]Milliy 3219219
Jami33143314
Troyes2017-18[2]Liga 140000040
2018-19[2]Liga 235101031104011
2019-20[2]Liga 22121
Jami41111031104612
Brentford2019-20[7]Chempionship42151010314716
2020-21[11]Chempionship448002030498
2021-22[19]Premyer-Liga3541321388
2022-23[20]Premyer-Liga72000072
Jami1282923516114134
Jami2025433827122060

Xalqaro

Milliy terma jamoaYilOʻyinlarGollar
Kamerun202220
Jami20

Yutuqlari

Brentford

  • EFL chempionati pley-off bosqichi : 2021[12]

Manbalar