Brusnika
Brusnika (Vaccinium vitis-idaea) -brusnikadoshlar oilasiga mansub doim yashil chala buta. Boʻyi 25 sm. Bargi qalin, teskari tuxumsimon yoki ellipssimon, chetlari pastga qayrilgan. Gullari och pushti, qoʻngʻiroqsimon, mevasi qizil, dumaloq, serurugʻ va sershira. Rossiyaning oʻrmon va tundra zonalarida hamda Kavkaz togʻlarida oʻsadi. Oʻzbekistonda uchramaydi. Bargida 9% gacha arbutin glyukozidi, gidroxinon, giperozid, oshlovchi va boshqa moddalar; mevasida 10,3% gacha qand, organik kislotalar, vaksinin glyukozidi bor. Bargidan tayyorlangan ekstrakt va kaynatma buyrakda tosh paydo boʻlishi, revmatizm, podagra, mevasi esa avitaminoz kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
Brusnika | ||
---|---|---|
![]() | ||
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
🔥 Top keywords: Bosh SahifaAshuroMaxsus:SearchBordo suyuqligiAmir TemurAllohning 99 nomiTurkum:SeksOʻsmalarForobiyJinsiy aloqaShashmaqomUEFA Yevro 2024 finaliAmir ShohmurodQarluqBuxoro amirligiXiva xonligiIMGSRC.RUQoʻqon xonligiBuxoro xonligiGlitsinJadidchilikXufton namoziLamine YamalUEFA Yevro 2024Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiRavishAnal jinsiy aloqaKelishikAmir NasrullohOʻzbekistonBemorni parvarish qilishTemir davriUEFA Yevropa chempionatiAleksandrMinetHayzMoʻgʻullarning Markaziy Osiyoni bosib olishiQoraqalpogʻiston bayrogʻiOʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi