Britaniya Birmasi

Britaniya Birmasi (inglizcha: British Burma) — XIX asr oʻrtalaridan 1948-yilgacha Janubi-Sharqiy Osiyodagi Britaniya mustamlakachiligining tuzilmasi. 1937-yilgacha koloniya Britaniya Hindistonining bir qismi edi.

1948-yilda Britaniya Birmasi mustaqillikka erishdi.

Tarixi

XIX asrdan ingliz mustamlakachiligi Myanmani bosib olishga kirishdilar. 1824-yil 5-martda Angliyaning Sharqiy Himdiston kompaniyasi Myanmaga qarshi urush boshladi. Arakan, Tensarim viloyatlarini bosib oldi. Pekin inglizlar kattik, qarshilikka duch kelib, urushni davom ettirolmadilar. 1852-yil mamlakatda mon, shan va karen xalqlari gʻalayon koʻtardi. Shu vaqtda Sharqiy Hindiston kompaniyasi Myanmaning Pegu viloyatini egalladi. 1885-yil inglizlar mustaqil Ava davlatini yengib, butun Myanmani oʻz mustamlakasiga aylantirdi va uni Britaniya Hindistoni tarkibiga qoʻshib oldi. Mustamlakachilar barcha hosildor yerlarni tortib olib, milliy boyliklarni taladi. Bunga javoban milliy ozodlik harakati avj oldi. 1920-yil talabalarning Yangondagi birinchi gʻalayoni myanmalarning milliy ozodlik qarakati rivojlanishiga turtki boʻldi. 1930—1932-yillarda mustamlakachilar va mahalliy hukmdorlarga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Milliy ozodlik harakati 30-yillarning 2-yarmida butun mamlakatga yoyildi.

Mustamlakachilar xalq gʻalayonlarini toʻxtatish maqsadida Myanmani Britaniya Hindistoni tarkibidan ajratdilar (1937). Lekin bu tadbir milliy ozodlik harakatining rivojlanishiga toʻsqinlik qilolmadi. 1942-yilda Myanmani Yaponiya bosib oldi. Myanma xalqi yapon bosqinchilariga qarshi kurashdi. 1944-yilda Myanma xalqining milliy qaxramoni Aun San Xalq ozodligi antifashist ligasini tuzdi. Aun San va Ne Vin boshchiligidagi Milliy armiya va xalq lashkarlari bosqinchilarga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtardilar. Yaponlar mamlakatdan quvib chiqarildi (1945). Angliyalik mustamlakachilar Myanma hukumati rahbarlariga qarshi suiqasd uyushtirib, Aun San va uning bir necha safdoshini oʻldirdilar (1947). Shunga qaramay, vatanparvarlar ichki va tashqi reaksiyaga qarshi kurashni yanada kuchaytirdilar. Nihoyat, Angliya Myanma milliy mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi va taʼsis majlisi oʻtkazishga rozilik berdi (1947-yil yanvar). 12-fevralda Myanmadagi turli xalqlar vakillari Panlone konferensiyasida mustaqil davlat — Birma Ittifoqini tuzish toʻgʻrisida kelishib oldilar (1989-yilgacha mamlakat shu nom bilan ataldi). 1947-yil 24-sentabrda boʻlib oʻtgan taʼsis majlisi Myanma konstitutsiyasini qabul qildi. 17-oktabrda imzolangan shartnomaga binoan, Myanma Britaniya imperiyasidan chiqsi. 1948-yil 4-yanvarda rasmiy ravishda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi.

Boshqaruvchilari

Quyi Birma bosh vakillari

Vakillik muddatiQuyi Birma bosh vakillari[1]
1862-yil 31-yanvar — 1867-yil 16-fevralArtur Perves Fer
1867-yil 16-fevral — 1871-yil 18-aprelAlbert Fitch
1871-yil 18-aprel — 14 апреля 1875-yil 14-aprelEshli Iden
1875-yil 14-aprel — 1878-yil 30-martOgastes Tompson
1878-yil 30-mart — 1880-yil 2-iyulCharlz Etchinson
1880-yil 2-iyul — 2 марта 1883-yil 2-martCharlz Edvard Bernard
1883-yil 2-mart — 1886-yil 26-fevralCharlz Todd

Birma bosh vakillari

Vakillik muddatiBirma bosh vakillari[1]
1886-yil 26-fevral — 1886-yil 25-sentyabrCharlz Todd
1886-yil 25-sentyabr — 12 марта 1887-yil 12-martCharlz Edvard Bernard
1887-yil 12-mart — 10 декабря 1890-yil 10-dekabrCharlz Todd
1890-yil 10-dekabr — 3 апреля 1895-yil 3-aprelAleksandr Makkenzi
1895-yil 3-aprel — 1897-yil 1-mayFrederik Villiam Frayer

Birma General-gubernatorlari

Vakillik muddatiBirma General-gubernatorlari[1]
1897-yil 1-may — 1903-yil 4-aprelFrederik Villiam Frayer
1903-yil 4-aprel — 1905-yil 9-mayHyu Barns
1905-yil 9-may — 1910-yil 19-mayGerbert Vayt
1910-yil 19-may — 1915-yil 28-oktyabrHarvi Adamson
1913-yil 15-may — 1913-yil 1-noyabrJorj Shou
1915-yil 28-oktyabr — 1917-yil 22-sentyabrSpenser Harkot Batler
1917-yil 22-sentyabr — 1918-yil 15-fevralUolter Rays (vazifasini bajaruvchi)
1918-yil 15-fevral — 1922-yil 21-dekabrRejinald Kreddok
1922-yil 21-dekabr — 1923-yil 2-yanvarSpenser Batler

Birma gubernatorlari

Vakillik muddatiBirma gubernatorlari[1]
1923-yil 2-yanvar — 1927-yil 20-dekabrSpenser Harkot Batler
1927-yil 20-dekabr — 1932-yil 20-dekabrCharlz Innes
1932-yil 20-dekabr — 8 мая 1936-yil 8-mayHyu Stefenson
1936-yil 8-may — 1941-yil 6-mayArchibald Kokreyn
1941-yil 6-may — 1946-yil 31-avgustRejinald Dorman-Smit

Yaponiya ishg‘ol qo‘mondonligi

Vakillik muddatiYaponiya ishg‘ol qo‘mondonligi[1]
1942-yil 20-aprel — 1943-yil 18-martIida Syodziro
1943-yil 18-mart — 1944-yil 30-avgustKavabe Masakadzu
1944-yil 30-avgust — 1945-yil 14-avgustXeytaro Kimura

Birma ma’muriyati rahbari

Ba Mo — (1942-yil 1-avgust — 1943-yil 1-avgust)

Davlat boshlig‘i

Ba Mo — (1943-yil 1-avgust — 1945-yil 3-may)

Birma harbiy gubernatorlari

Luis Mauntbatten — (1944-yil 1-avgust — 1945-yil oktyabr).Gubert Rans — (1945-yil oktyabr — 1946-yil 31-avgust)

Gubernator

Gubert Rans — (1946-yil 31-avgust — 1948-yil 4-yanvar)

Yana qarang

  • Birmaliklar

Havolalar

Adabiyotlar

  • Walter Sadgun Desai (1968). History of the British Residency in Burma. London: Gregg International. ISBN 0576031526.
  • J. S. Furnivall, "Burma, Past and Present", Far Eastern Survey, Vol. 22, No. 3 (25 February 1953), pp. 21–26, Institute of Pacific Relations.
  • Ernest Chew, "The Withdrawal of the Last British Residency from Upper Burma in 1879", Journal of Southeast Asian History, Vol. 10, No. 2 (Sep. 1969), pp. 253–278, Cambridge University Press.
  • Michael W. Charney: Burma, in: 1914-1918-online. International Encyclopedia of the First World War.