Bradley Smith

Bredli Shon Smit (inglizcha: Bradley Shaun Smith) 1994-yil 9-aprelda Avstraliyada dunyoga kelgan. Avstraliyalik futbolchi, Amerikaning „DC Unated“ klubi va Avstraliya terma jamoasi himoyachisi.

Bradley Smith Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifiBradley Shaun Smith
Tugʻilgan9-aprel 1994-yil(1994-04-09)

(28 yosh)Yangi Janubiy Uels, Avstraliya

FuqaroligiFlag Avstralii Avstraliya
Boʻyi178 cm
Vazni75 kg
Pozitsiyasihimoyachi
Hozirgi jamoasi
KlubFlag SShA DC United
Raqami5

Jamoalardagi faoliyati

Smit Avstraliyada tugʻilgan, lekin 14 yoshida Angliyaga koʻchib oʻtgan[1]. Mahalliy havaskorlar jamoasida o‘ynab yurganida "Liverpool" skautlari eʼtiboriga tushib qolgan va jamoaga taklif qilingan. 2013-yilda Bred mavsum uchun klub tarkibiga kiritilgan. U Premer-ligadagi debyutini 29-dekabr kuni LondonningChelsiea“ jamoasiga qarshi oʻtkazgan[2]. 2014-yilning yozida oʻyin amaliyoti uchun Smit „Svindon Town“ga qisqa muddatga ijaraga berildi[3][4]. 9-avgust kuni u Angliya Birinchi ligasida „Skuntorp United“ga qarshi debyut qildi. Oktabr oyi oʻrtalarida „Liverpool“ Bredni qaytarib oldi[5].

Smit 2016-yilning yozida „Bornmut“ga oʻtib, toʻrt yillik shartnoma imzoladi[6]. Transfer summasi 3 million funt sterling boʻlgan[7]. 27-noyabr kuni LondonningArsenal“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa safida debyut qildi[8]. 2018-yilning 8-avgustida Smit MLSning „Sietl Saunders“ klubiga ijaraga berildi[9][10]. U AQSH Oliy ligasida debyutini 12 avgust kuni „Dallas“ga qarshi oʻtkazdi[11]. 2019-yil 31-iyulda „Saunders“ va „Bornmut“ uning ijarasini MLS-2019 mavsumi oxirigacha uzaytirishga kelishib oldilar[12][13]. 10-noyabr kuni Smit MLS kubogi-2019 oʻyinida oʻynadi, unda „Sietl“ „Toronto“ni 3:1 hisobida magʻlub etdi va Amerika Ligasi chempioniga aylangan birinchi avstraliyalik boʻldi[14]. 2020-yil 30-yanvarda Smit 2019/20-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun chempionat klubi „Kardiff City“ga ijaraga o‘tdi[15][16]. U Uels klubidagi debyutini 21-iyun kuni „Lids United“ga qarshi oʻtkazdi. 25-iyun kuni uning ijarasi COVID-19 pandemiyasi tufayli uzaytirildi[17]. Smit 5-avgust kuni shartnoma muddati tugashi sababli „Bornmut“ni tark etdi[18].

2011-yilda 21 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasi tarkibida (ota-onasi tufayli oʻynash huquqini qoʻlga kiritgan) Smit Meksikada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi.

2014-yilda Bred Avstraliya futbol federatsiyasidan oʻz vatani uchun oʻynash taklifini oldi[1]. Smit Avstraliya terma jamoasi safida 4-sentabr Belgiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[19].

Statistika

2019-yil 14-noyabr holatiga koʻra[20]
Milliy jamoaYilOʻyinlarGollar
Avstraliya milliy terma jamoasi201430
2016100
201750
201930
Jami210

Manbalar