Botanicula

Botanicula — Bu Jára Plachy va Amanita Design tomonidan ishlab chiqilgan point-and-click, kvest janridagi videooʻyin boʻlib. Oʻyin 2011-yil 28 martda Microsoft Windows, Mac OS X va Linux uchun GameCityNights tadbirida anons qilingan va 2012-yil 19-aprelda chiqarilgan. Shuningdek, tez orada oʻyinning iPad va Android asosidagi planshetlar uchun versiyalarini chiqarish rejalashtirilgan.

Botanicula
Ishlab chiqaruvchi Amanita Design
Nashir etuvchi

Amanita Design
Yevropa Ittifoqi Daedalic Entertainment

Rossiya 1C-SoftKlab
Chiqarilgan sana 2012-yil 19-aprel
Geymdizayner Jaromír Plachý
Janr Kvest
Platformalar Windows
Mac OS X
Linux
Android
Yuritkich Adobe AIR
Boshqaruv Klaviatura
Sichqoncha
Sensorli ekran


Syujet

Oʻyin daraxtda yashovchi beshta jonzot haqida boʻlib, ular oxirgi urugʻni oʻrgimchaksimon qora parazitlaridan qutqarishga harakat qilishadi. Oʻyin 7 ta joyda boʻlib oʻtadi, ularning har biri oʻzining yakuniy maqsadiga ega.

1-bob — Daraxtning tepasidan pastga tushish.

2-bob — Beshta kalitni topish.

3-bob — Dushmanlardan qochish.

4-bob — Bolalarni topish.

5-bob — Barcha tuyaqushlarni topish.

6-bob — 4 ta toshni topish.

7-bob — Yovuzlik bilan yakuniy jang.

Botanikulaning oʻziga xos xususiyati — bu qahramonlarning noyob qobiliyatlari:

Fazalis chirogʻi — kichik toʻq sariq jonzot, oʻyin bosh qahramoni, porlab turuvchi urugʻlarni yeb, qorongʻu joylarni yoritishga qodir.

Qoʻziqorin guruhdagi yagona qiz. Oʻzining nusxalarini yaratishi va hajmini faqat bitta shlyapagacha qisqartirishi mumkin.

Ko'knori qutisi — guruhning uchinchi aʼzosi, eng kuchli personaj.

Novdacha — tana qismlarini uzaytira oladigan yana bir personaj . Shuningdek, u bir zumda tanasida gullar oʻstirishi mumkin.

Pat - oxirgi oʻynash mumkin boʻlgan personaj, juda kichik va zaif, lekin uchishga qodir.

Oʻzaro yordam uchun oʻz qobiliyatlaridan foydalangan holda, bosh qahramonlar jumboqlarni hal qilib, hikoya boʻylab harakatlanadilar.

Oʻyin jarayoni

Amanita Design -dan oldingi oʻyinlarda boʻlgani kabi, Botanicula ham xuddi shunday sxemaga amal qiladi, faqat bu safar beshta qahramon bor. Oʻyinchi jumboqlarni yechish va asosiy qahramonlar yoʻlida duch keladigan toʻsiqlarni yengib oʻtish uchun zarur boʻlgan narsalarni toʻplash orqali atrof-muhitni darajalarda oʻrganadi. Oʻyinchi boshqa mavjudotlar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻlib. Ammo Machinarium oʻyinida boʻlgani kabi, Botaniculaʼda ham ogʻzaki yoki yozma muloqot shakli yoq.

Ishlab chiqilishi

Oʻyin ikki yarim yil davomida Yaromir Plahi va Amanita Design studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Soundtrack

Botanicula oʻyini uchun DVA Soundtrack logotipi

Botanicula oʻyinining musiqasi va ovozi Chexiyaning DVA guruhi tomonidan yozilgan.

Soundtrack
NomDavomiyligi
1.Juchu03:35
2.Lekacka02:16
3.Letejono01:45
4.Houby03:08
5.Crab00:28
6.Mr lanterns mixtape part 102:04
7.I was born as frankenstein01:43
8.Level 302:51
9.Mrs mushroom likes LCD soundsystem01:50
10.Bunky02:53
11.Melodika02:16
12.Beetleman02:02
13.Nocni jazz02:55
14.Evil live00:44
15.Im the pacman00:33
16.A major for 12 frogs01:11
17.Submarine03:44
18.Lala01:58
19.Cinem02:04
20.Zatoichi01:54
21.Finale03:20

Mukofot va Sharhlar

Independent Games Festival 2012 (IGF’12) — „Excellence in Audio Award“

Manbalar

Havolalar