Bosh miya yarimsharlari

Umurtqalilar bosh miyasi ikkita bosh miya yarimsharlaridan tashkil topgan boʻlib, ular oʻzaro bosh miyaning boʻylama tirqishi yordamida ajralib turadi. Shuning uchun, bosh miyani chap va oʻng yarimsharlarga boʻlingan deb ta’riflashimiz mumkin. Bu yarimsharlarning har birida tashqi tashqi kulrang modda qavati, bosh miya poʻstlogʻi, uning ostida esa ichki oq modda qavati bor. Yoʻldoshli sutemizuvchilarda yarimsharlar oʻzaro juda yirik nerv tolalari tutami boʻlgan qadoqsimon tana (lot. corpus callosum) orqali bogʻlangan. Yarimsharlar Oldingi kommissura, orqa kommissura kabi kichikroq kommissuralar va forniks (gumbaz) yordamida ham bogʻlanadi va bu boshqa umurtqalilarda ham uchraydi. Bu kommissuralar mahalliy funksiyalarni koordinatsiya qilish uchun ikkala yarimshardagi axborotlar almashinuvini ta’minlaydi.

Bosh miya yarimsharlari

Odam bosh miyasi oldindan koʻrinishi.

  Oʻng yarimshar
  Chap yarimshar
Lotincha nomi Hemisphaerium cerebri

Bosh miya yarimsharlarida uchta qutb borligi ma’lum: ensa qutbi, peshona qutbi va chakka qutbi.

Markaziy egat mashhur boʻlib, tepa boʻlagini peshona boʻlagidan va birlamchi harakatlantiruvchi poʻstloqni birlamchi somatosensor poʻstloqdan ajratib turadi.

Makroskopik jihatdan yarimsharlar qariyb bir-birining koʻzgudagi aksidak koʻrinadi. Faqatgina kichik farqlar, masalan, odamda koʻrinuvchi Yakovlev burilishi, oʻng tomonning biroz burilishi boʻlib, uni chap tomonga nisbatan oldinroqqa suradi. Mikroskopik darajada, bosh miya poʻstlogʻining sitoarxitektonikasi, hujayralar funksiyalarini, neyromediator miqdoriy darajalari va yarimsharlar orasida asimmetrik boʻlgan retseptor subtiplarini koʻrsatadi.[1][2] Bu farqlarning ba’zilari barcha odamlar yoki hayvon turlarida uchrasa ham, bir tur doirasidagi oʻrganishlarda individdan individga oʻtgan sari yana koʻplab farqlar koʻrinadi.

Tuzilishi

Har bir bosh miya yarimsharida kulrang moddadan iborat tashqi qavat bosh miya poʻstlogʻi va ichki qavat bosh miya yarimsharlarining ichkarisi yoki markaziy yarim oval nomi bilan ma’lum oq modda asosi bor.[3] Bosh miya yarimsharlarining ichqi qismiga lateral qorinchalar, bazal oʻzaklar va oq modda kiradi.[4]

Qutblari

Bosh miya yarimsharlarining qutblari

Bosh miyada uchta qutb, ensa qutbi, peshona qutbi va chakka qutblari bor. Ensa qutbi har bir yarimshar ensa boʻlagining orqa uchi hisoblanadi. U toʻmtoq peshona qutbiga nisbatan ancha aniqroq bilinadi. Peshona qutbi har bir yarimshar peshona boʻlagining eng oldingi qismi boʻlib, ensa qutbiga nisbatan koʻproq aylana hosil qiladi. Chakka qutbi peshona va ensa qutblari orasida boʻlib, har bir chakka boʻlagi kalla tubi oʻrta chuqurchasining oldingi qismida joylashgan.[5]

Kompozitsiyasi

Agarda ikkala yarimsharning ham ustki qismini qadoqsimon tanadan 1.25 sm yuqorida olib tashlansa, ingichka kulrang modda chegarasi bilan oʻralgan oval shakldagi markaziy oq modda, markaziy yarim oval va qon tomirlar kesilishidan chiqqan qondan hosil boʻlgan koʻplab kichik qizil nuqtalar (puncta vasculosa) koʻrinadi.

Agar yarimsharlarning qolgan qismlari biroz olinsa keng oq modda tutami, bosh miyaning boʻylama tirqishi pastki qismida ularni bogʻlab turuvchi, qadoqsimon tana aniqlanadi; qadoqsimon tana bilan qoplangan yarimsharlar chetlari labia cerebri (bosh miya labi) deb ataladi.[6]

Har bir lab belbogʻ pushtasi (lot. gyrus cinguli)ning bir qismi; va u bilan qadoqsimon tananing ustki yuzasi orasidagi egat qadoq egati deb nomlanadi.

Agar yarimsharlar qadoqsimon tana yuqori yuzasi darajasida kesilsa, uning oq moddasi ikkala yarimsharni bogʻlashi koʻrinadi.

Shunda ochilgan ichki modda ixcham kulrang modda bilan chegaralangan va markaziy yarim oval deb ataladi. Markaziy yarim ovalning qon bilan ta’minlanishi yuzadagi oʻrta bosh miya arteriyasi orqali kechadi.[3] Bu arteriyaning poʻstloq tarmoqlari markaziy yarim ovalni qon bilan ta’minlash uchun tushadi.[7]

Rivojlanishi

Bosh miya yarimsharlari oxirgi miya (lot. telencephalon)dan paydo boʻladi. Ular devorlar bilateral invaginatsiyasi konsepsiyasidan besh hafta oʻtib chiqadi.Yarimsharlar C-shaklida oʻsadi va orqaga qaytadi. Shunda hamma tuzilmalar (qorinchalar kabi) yarimsharlar ichkarisiga itariladi.qorinchalararo teshik (Monro teshigi) lateral qorinchalar bilan aloqani ta’minlaydi.Xoroid chigal ependimal hujayralar va tomir mezenximasidan hosil boʻladi.

Funksiyasi

Yarimsharlar lateralizatsiyasi

Omma psixologiyasida odatdagi keng umumiy tushunchaga koʻra ma’lum funksiyalar (mantiq, ijodkorlik..) laterallashgan boʻlib, miyaning oʻng yoki chap tomonida joylashgan. Bu xulosalar odat aniq emas va aslida miyaning asosiy funksiyalari ikkala yarimsharga tarqalgan. Asimmetriya boʻyicha asosiy ilmiy ishlar ommalashgan yuqori-daraja funksiyalaridan koʻra kichik-darajadagi funksiyalar bilan bogʻliq (grammatikani ongsiz qayta ishlash, umumiy "mantiqiy fikrlash" emas).[8][9] Bunga qoʻshimcha, kichik-daraja funksiyalari tananing qarama-qarshi tomonida ham koʻrinadi.

Lateralizatsiyaga eng tanilgan misol boʻlgan Broca va Wernicke sohalari (til) odatda faqatgina chap yarimshardan topiladi. Bu sohalar qaysi qoʻl ustunligi bilan mos keladi, bu sohalarning joylashuvi muntazam ravishda dominant qoʻlga qarama-qarshi yarimshardan topiladi. Semantika, prozodik, intonatsiya, urgʻu, prozodiya va boshqalarda funksional lateralizatsiya soʻroq ostida va neyronal asosi koʻpincha ikkala yarimsharda ham topiladi.[10][11]

8 haftalik odam embrionining bosh miya yarimsharlari.

Sezish informatsiyalari ikkala yarimsharda ham qayta ishlanadi, lekin laterallik jihatidan qismlarga ajralgan: har bir tana tomonidagi informatsiya qarama-qarshi yarimsharga yuboriladi (koʻrish qandaydir farqli ajralgan, lekin baribir laterallashgan). Mos ravishda, harakatni boshqaruvchi signallar tanaga qarama-qarshi tomondagi yarimshardan keladi. Shunday qilib, qoʻl ustunligi yarimsharlar lateralizatsiyasi bilan bogʻliq.[manba kerak]

Qaysidir jihatlardan, yarimsharlar asimmetrik; oʻng tomon biroz kattaroq. Neyromediatorlardan noradrenalin oʻng tomonda va dofamin darajasi chap tomonda yuqoriroq. Oʻng tomonda koʻproq oq modda (uzunroq aksonlar) va chap tomonda koʻproq kulrang modda (hujayra tanalari) bor.[12]

Grammatik ava soʻz hosil qilish kabi tilning chiziqli hosilalari bosh miyaning chap yarimshariga laterallashgan. Aksincha, tilning intonatsiya va ta’kidlash kabi umumlashgan hosilalari bosh miyaning oʻng yarimshariga laterallashgan. Boshqa integrative funksiyalar, masalan intuitiv yoki evristik (ing. heuristic) arifmetika, binaural ovoz lokalizatsiyasi kabilar koʻproq bilateral boshqariladi.[13]

Klinik ahamiyati

Markaziy oval infarkti kuzatilishi mumkin.[3]

Epilepsiyani davolashda yarimsharlar orasidagi asosiy bogʻlanishlarni kesish uchun qadoqsimon tana kesilishi mumkin va bu amaliyot korpus kallosotomiya deb ataladi.

Hemisferektomiya – bosh miya yarimsharlaridan birini olib tashlash yoki oʻchirib qoʻyish. Bu talvasalarning boshqa usullar yordam bermaydigan ogʻir holatlarini davolash uchun oʻtkaziladigan kamyob amaliyotdir.

Qoʻshimcha suratlar

Manbalar