Bomiyon viloyati

Bomiyon (dariycha: بامیان Bāmiyān, pushtucha: باميان) — Afgʻonistonning markazida joylashgan viloyat[1] . Gʻarbdan Gur viloyati, shimoli-gʻarbdan Saripul viloyati, shimoldan Samangan viloyati, shimoli-sharqdan Bagʻlon viloyati, sharqdan Parvon viloyati, janubi-sharqdan Vardak viloyati, janubda Daykundi va Gʻazni viloyatlari bilan chegaradosh.

Bomiyon
بامیان



viloyat
Tarkibida 7 ta tumanlar
Maʼmuriy markazi Bomiyon shahri
Gubernator Habiba Sarabi
Rasmiy tillar dariy, hazoragi
Aholi 411 200 (2007) (25-oʻrinda)
Zichligi 29,01 (23-oʻrinda) kishi./km²
Millatlar tarkibi Hazoralar, pushtunlar, forsivonlar
Maydoni 14 175 km² (17-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+4:30
Kod ISO 3166-2 AF-BAM
Xaritada
Bomiyon xaritada
34.45°0′0″N 67.15°0′0″E / 34.45000°N 67.15000°E / 34.45000; 67.15000

Geografiyasi

Bu yerda oʻzining Hindukush togʻ yonbagʻirlaridagi feruza rangli koʻllari va Ajar vodiysidagi qoʻriqxonasi bilan mashhur boʻlgan mamlakatning birinchi milliy parki — Bandi-Amir joylashgan.

Tarixi

Viloyatning asosiy tarixiy yodgorligi Bomiyon Budda haykallari boʻlib, bu oʻlka islom dini tarqalgunga qadar buddaviylik dini markazi boʻlganidan dalolat beradi[2][3].

Maʼmuriy tuzilishi

Bomiyon tumanlari

Bomiyon viloyati yettita tumanlarga boʻlinadi

  • Bomiyon
  • Varas
  • Kaxmard
  • Panjob
  • Saygan
  • Shibar
  • Yakavlang

Aholisi

Asosiy aholisi — hazoralar. Shuningdek, viloyatda Afgʻonistonning boshqa etnik guruhlari ham istiqomat qiladi.

Aholi punktlari

  • Darnosh qishlogʻi
  • Dodar qishlogʻi
  • Kagor qishlogʻi
  • Lagki qishlogʻi
  • Payin-Baj qishlogʻi
  • Ravi-Sang qishlogʻi

Manbalar