Benjamin Henrichs

Benjamin Paa Kwesi Henrichs (1997-yil 23-fevral) – Germaniyalik futbolchi, Bundesliga klubi RB Leipzig va Germaniya milliy jamoasida himoyachi yoki yarim himoyachi pozitsiyalarida toʻp surmoqda.

Benjamin Henrichs
Henrichs RB Leipzig safida, 2022-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiBenjamin Paa Kwesi Henrichs[1]
Tavallud sanasi23-fevral 1997-yil (1997-02-23) (27 yosh)[2]
Tavallud joyiBocholt, Germaniya[3]
Boʻyi1.83 m[4]
Ampluasimarkaziy himoyachi, Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
RB Leipzig
Raqami39
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000–2015Bayer Leverkusen
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2015–2018Bayer Leverkusen62(0)
2018–2021Monaco35(1)
2020–2021→ RB Leipzig (ijara)13(0)
2021–RB Leipzig85(6)
Milliy terma jamoa
2015–2016Germaniya U-192(1)
2016–2019Germaniya U-2117(0)
2021Germaniya U-233(0)
2016–Germaniya15(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (8-iyun uchun)

Karyerasi

Bayer Leverkusen

yetti yosh vaqtida Bayer Leverkusen akademiyasiga kirib kelgan Henrichs keyinchalik 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasining kapitaniga aylanadi[5]. Oʻz oʻyinlari bilan murabbiylarni jalb qila olgan futbolchi 2015-yilda katta jamoaga koʻtarildi va 20-sentyabr kuni Borussiya Dortmundga qarshi oʻyinda oʻz debyutini oʻtkazadi[5]. U keyingi mavsumida jamoa safidada 29 ta oʻyin oʻtkazadi[6]. Bayerliklar safida 80 dan ziyod oʻyin oʻtkazgan Henrichs 2018-yil avgust oyida Liga 1 jamoasi AS Monaco klubiga transfer qilinadi[7].

Monaco

2018-yil 28-avgust kuni Henrichs Monaco klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi[8].

RB Leipzig (ijara)

Henrichs 2020-yilning 8-iyulida kuni RB Leipzig jamoasiga bir mavsumlik ijara beriladi. Shartnoma kelasi mavsumda 15 million yevro evaziga sotib olish imkoniyati mavjud edi[9][10].

RB Leipzig

2021-yil 12-aprelda nemis klubi shartnomaning yuqoridagi bandini faollashtiradi va futbolchini 15 million yevro evaziga toʻlaqonli oʻz safiga qoʻshib oladi[manba kerak].

Terma jamoadagi faoliyati

Otasi nemis va onasi Ganalik boʻlgan futbolchi Germaniyada tavallud topgan va ikkala terma jamoada oʻynash imkoni boʻlgan[11]. 2017-yilgi intervyusida Ganalik yulduz Michael Essien bolaligidagi kumiri boʻlganini, ammo u Germaniya uchun oʻynashni afzal koʻrishini aytadi[12].

Germaniya

Henrichs 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida

2016-yil 4-noyabr kuni Henrichs birinchi marta Joachim Löw boshchiligadagi terma jamoadan chaqiruv oladi. U San-Marinoga qarshi Jahon chempionati saralashi va Italiyaga qarshi oʻyinarida qaydnomaga kiritiladi[13].

Henrichs UEFA Yevro 2024 turnirida ham Germaniyaning yakuniy tarkibidan joy olgan[14].

Statistikasi

Klub

2024-yil 18-may holatiga koʻra[15]
Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistika
KlubMavsumLigaUmumiy
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Bayer Leverkusen2015–16Bundesliga90100
2016–17290370
2017–18230280
2018–191010
Umumiy620760
Monaco2018–191-li ligada221291
2019–20130150
Umumiy351441
RB Leipzig (ijara)2020–21Bundesliga130200
RB Leipzig2021–22Bundesliga223373
2022–23302444
2023–24331421
Umumiy9861438
Umumiy19572639
2024-yil 7-iyun holatiga koʻra[15]
Terma jamoa safidagi statistikasi
Milliy jamoaYilOʻyinlarGollar
Germaniya
201610
201720
202020
202220
202360
202420
Umumiy150

Manbalar