Bazidiyalar
Bazidiyalar (yun. basidon — asos) — bazidiyali zamburugʻlarning spora hosil qiladigan organlari; dikariot giflar uchida ikki yadroli hujayralardan hosil boʻladigan toʻgʻnogʻichsimon bitta (xolobazidiya) yoki toʻrtta (fragmobazidiya) hujayradan iborat. Rivojlanishiga koʻra xalta (ask)ga oʻxshab ketadi. B.da jinsiy jarayon sodir boʻladi, yaʼni dikarionlar yadrolari qoʻshiladi va diploid yadro reduksion boʻlinadi, soʻngra 2 — 4 ta bazidiosporalar shakllanadi. Bazidiosporalar B.dan tashqarida hosil boʻlishi bilan askosporalardan farqlanadi. Bazidiosporalar qulay muhitga tushgach yangi mitseliy hosil qiladi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
🔥 Top keywords: Bosh SahifaAndoza:Seks ishchi (orden)Maxsus:SearchUEFA Yevro 2024Jinsiy aloqaAllohning 99 nomiAmir TemurIMGSRC.RUHisorak suv omboriOʻzbekistonYunon-Baqtriya podsholigiAnora (film)Bemorni parvarish qilishAvestoSaraton (kasallik)HayzAlisher NavoiyXufton namoziOʻzbekiston tarixiQurbon hayitiBolgariyaTugʻruqUndosh tovushlarMuhammadSuvchechakHaj: Jannat onalar oyog‘i ostidaAnal jinsiy aloqaIztopar afsonasiMovarounnahrErkak jinsiy aʼzosiXorazmEva ElfieQovunchi madaniyatiShavkat MirziyoyevInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunQunut duosiJaloliddin ManguberdiKoreya RespublikasiBobur