Arkadiy Raykin
Arkadiy Isaakovich Raykin (1911.11.10, Riga – 198717.12) – aktyor, xgrada artisti. Xalq artisti (1968). Mehnat qahramoni (1981). Leningrad teatr texnikumini tugatgan (1935). 1935-yildan sahnada. 1939-yildan Leningrad miniatyura teatri [1982-yildan Moskvadagi Davlat miniatyura teatri (1987-yildan Moskva "Satirikon" teatri)] aktyori va badiiy rahbari. Lahzada turli obrazlarga kirish ustasi. Estrada felyetonlari, xajviy pyesalar, monologlarning moqir ijrochisi. Uning ishtirokida bir qancha spektakl va mavzuli dasturlar, miniatyura teatrlari, oʻtkir satirik va lirik portretlar yaratilgan ("Bir piyola choyga", "Dunyo boʻylab 80 kun", "Sevgi va uch apelsin", "Svetofor", "2 dan 50 gacha" va boshqalar).[1]
Manbalar
🔥 Top keywords: Bosh SahifaAndoza:Seks ishchi (orden)Maxsus:SearchUEFA Yevro 2024Jinsiy aloqaAllohning 99 nomiAmir TemurIMGSRC.RUHisorak suv omboriOʻzbekistonYunon-Baqtriya podsholigiAnora (film)Bemorni parvarish qilishAvestoSaraton (kasallik)HayzAlisher NavoiyXufton namoziOʻzbekiston tarixiQurbon hayitiBolgariyaTugʻruqUndosh tovushlarMuhammadSuvchechakHaj: Jannat onalar oyog‘i ostidaAnal jinsiy aloqaIztopar afsonasiMovarounnahrErkak jinsiy aʼzosiXorazmEva ElfieQovunchi madaniyatiShavkat MirziyoyevInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunQunut duosiJaloliddin ManguberdiKoreya RespublikasiBobur