Arif Erdem

Arif Erdem (1972-yil 2-yanvarda tugʻilgan) — turkiyalik nafaqadagi futbol murabbiyi va sobiq professional futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. 1990-yilda mahalliy „Zeytinburnuspor“ klubida ish boshlagan Erdem 15 yillik professional faoliyatini muvaffaqiyatli oʻtkazgan. U 341 liga oʻyinida 106 gol urgan va 2001-02-yilgi mavsum yakunida Ilhan Mansiz bilan birga Superliganing eng yaxshi toʻpurari (Gol Krali) boʻlgan[1].

Arif Erdem
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiArif Erdem
Tavallud sanasi2-yanvar 1972-yil (1972-01-02) (52 yosh)
Tavallud joyiIstanbul, Turkiya
Boʻyi1.80 m
AmpluasiHujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1986-19??Yeşilılgazspor
19??-1991Zeytinburnuspor
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
1991—2000Galatasaray244(64)
2000Real Sociedad2(1)
2000—2005Galatasaray103(41)
Milliy terma jamoa
1991—1993Turkiya U2110(1)
1993Turkey Olympic5(1)
1994—2003Turkiya60(11)
Boshqargan klublari
2006—2011İstanbul B.B. (Yordamchi)
2011—2012İstanbul B.B.
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

„Galatasaroy“ bilan 14 yillik faoliyati davomida Erdem yettita Superliga[2] va beshta Turkiya kubogi[3] hamda 2000-yilda UEFA kubogini qoʻlga kiritgan[4]. U 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan Turkiya terma jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biri edi[5]. Erdem Turkiya terma jamoasi tarkibida 60 marta maydonga tushib, 11 gol urgan[6].

U 2011—2012-yillarda İstanbul Büyükşehir Belediyespo klubini boshqargan.

Klubdagi faoiyati

Erdem 1991-yil 1-iyunda Galatasaroy bilan ilk professional shartnomasini imzolashdan oldin „Zeytinburnuspor“da oʻynagan. U klubdagi ilk mavsumida jami 29 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. Erdem keyingi mavsumda kamroq oʻyin oʻtkazgan: 18 oʻyinda 4 ta gol urgan. Klub ichki treblga erishgan (Super Lig, Turkiya kubogi va Turkiya Superkubogi). Keyingi mavsum, 1993-94, Erdem uchun shu kungacha eng muvaffaqiyatlisi boʻlgan. Uning ligadagi toʻqqizta goli „Galatasaroy“ga yana bir chempionlikni qoʻlga kiritishga yordam bergan[7]. Erdem 1999—2000-yillardagi UEFA Kubogida gʻalaba qozonganidan soʻng „Galatasaroy“dagi birinchi faoliyatini yakunlagan, jami oltita liga, toʻrtta kubok va yana toʻrtta superkubok chempionligini qoʻlga kiritgan.

Erdem 2000-01-yilgi mavsum boshida „Galatasaroy“dan „Real Sosedad“ga oʻtgan. Ammo u klubga qoʻshilganidan afsusda boʻlib, „Men xohlagan yagona narsa Yevropa jamoasiga oʻtish edi. . Men bu haqda oʻylamagan edim, birinchi boʻlib olgan taklifimga imzo chekgandim“ deya aytib oʻtgan[8]. Erdem oʻz faoliyati davomida jarohatlar bilan qiynalgan va u olti oydan soʻng ikki oʻyinda bitta gol urib, ispan klubini tark etgan. U 2000-yilning 14-noyabrida Galatasaroy bilan shartnoma imzolagan[7]. Keyingi mavsumda Erdem klub bilan yettinchi liga chempioni boʻlish yoʻlida gollar urgan va Superliganing eng yaxshi toʻpurariga beriladigan Gol Krali mukofotini qoʻlga kiritgan[9]. Erdem 2004-05-yilgi mavsumda Turkiya kubogini yutib, professional faoliyatini yakunlagan.

Xalqaro faoliyati

Erdem xalqaro faoliyatini Turkiya U21 terma jamoasida 1991-yilda boshlagan va 10ta oʻyinda bitta gol urgan. U 1993-yilda Turkiya olimpiya terma jamoasi bilan Akdeniz kubogida qatnashgan va 1994-yilda oʻzining birinchi kattalar terma jamoasiga chaqirilgan. Uning katta xalqaro faoliyati 1994-yildan 2003-yilgacha davom etgan va u yerda 60 oʻyinda 11 gol urgan[7].

Murabbiylik faoliyati

Erdem 2006-yildan beri Istanbul Buyukshehir Belediyespor jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib kelgan[10]. 2011-yilning 18-noyabrida Abdulla Avji Turkiya milliy futbol jamoasiga tayinlanganidan soʻng Istanbul Buyukshehir Belediyespor jamoasining yangi bosh murabbiyi boʻlgan[11]. Mavsum oxirida uning shartnomasi 2012-yilning 14-mayida klub tomonidan bekor qilingan.

Shaxsiy hayoti

Erdem asli alban millatiga mansub[12][13].

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaKubokYevropaJami
OʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Galatasaray1991-922742061355
1992-931533111195
1993-9426962924113
1994-953228183486
1995-9632872-3910
1996-973182041379
1997-9833983814913
1998-99271464613919
1999-0021730151398
Jami244644513571134688
Real Sociedad2000-0121--21
Galatasaray2000-012053240277
2001-023221001324523
2002-03251120513212
2003-041530062215
2004-0511120-131
Jami103417228513848
Karyerada jami34910652158516484136

Xalqaro maydaondagi gollar

Arif Erdem tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
131.08.1994Filipp II Arena, Skopye, Makedoniya Respublikasi  Shimoliy Makedoniya2-0Oʻrtoqlik
210.09.1997Stadio Olimpiko, Serravalle, San-Marino  San-Marino5-01998-yilgi jahon chempionati saralashi
3
44.09.1999Windsor Park, Belfast, Shimoliy Irlandiya  Shimoliy Irlandiya3-0Yevro 2000 saralashi
5
6
714.11.2001Ali Sami Yen stadioni, Istanbul, Turkiya  Avstriya5-02002-yilgi jahon chempionati saralashi
8
921.08.2002Huseyin Avni Aker stadioni, Trabzon, Turkiya  Gruziya3-0Oʻrtoqlik
107.09.2002Ali Sami Yen stadioni, Istanbul, Turkiya  Slovakiya3-0Yevro-2004 saralashi
11

Yutuqlar

Galatasaroy
  • Superliga : 1992-93, 1993-94, 1996-97, 1997-98, 1998-99, 1999-2000, 2001-02
  • Turkiya kubogi : 1992-93, 1995-96, 1998-99, 1999-2000, 2004-05
  • Turkiya Superkubogi : 1992-93, 1995-96, 1996-97
  • Kansler kubogi : 1994-95
  • UEFA kubogi : 1999-2000
Turkiya
Shaxsiy yutuqlar
  • Gol Krali : 2001-02 (21 gol)

Manbalar