Apple Vision Pro

Apple Vision Pro – Apple Inc tomonidan ishlab chiqilgan real vaqt rejimida jismoniy va raqamli ob’ektlar birgalikda mavjud boʻlgan, oʻzaro taʼsir qiladigan yangi muhit hamda vizualizatsiya yaratish uchun real va virtual olamlarning birlashishi xususiyatli virtual realik koʻzoynagi. Qurilma ilk marta 2023-yilning 5-iyunda Appleʼning Butunjahon dasturchilar konferensiyasida keng ommaga taqdim qilingan. Virtual reallik koʻzoynaklariga oldindan buyurtmalar berish 2024-yilning 19-yanvardanoq boshlab yuborildi. 2024-yilning 2-fevralda Amerika Qoʻshma Shtatlari boʻylab sotuvga chiqarila boshlandi[1]. Apple Vision Pro sotuvlari AQSHdan boshqa mamlakatlarda sotilishi halihali rejalashtirilmagan. Vision Pro 2015-yilda Apple Watch chiqqandan beri Apple kompaniyasining birinchi yangi yirik mahsulot toifasidir[2]. Qurilma oʻz tipidagi, yaʼni virtual reallik koʻzoynaklarga nisbatan inqilobiy boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda koʻplab texnik blogerlar mahsulotni sinab koʻrgan holda aytib oʻtishgan.

Apple vision Pro

Apple Vision Pro qurilmasi va uning batareyasi
Ishlab chiqaruvchi Apple Inc.
Mahsulot oilasi Vertual reallik ko'zoynaklari
Chiqarilgan sanasi 2-fevral, 2024-yil(2024-02-02)
Operatsion tizimi visionOS
Xotirasi 256gb, 512gb, 1tb
Saqlash joyi 16gb
Vebsayt misol.org

Apple Vision Pro raqamli mediani real dunyo bilan birlashtirilgan qurulma sifatida sotuvga chiqarildi, hamda kompaniya tomonida „Fazoviy kompyuter“ deb ataldi. Harakat imo-ishoralari, koʻzni kuzatish va nutqni aniqlash kabi jismoniy maʼlumotlardan tizim bilan oʻzaro ishlashda foydalanish mumkin[3].

Qurilma visionOS[4], 3D foydalanuvchi interfeysi yordamida iOS tizimi sosida ishlab chiqilgan aralash reallik operatsion tizimida ishlaydi. Qurulma ichiga oʻrnatilgan kichik kameralar tomonidan olingan maʼlumotlar orqali foydalanuvchi va uning atrofida suzuvchi maʼlumotlarni aks ettiradi hmada koʻp vazifalarni qoʻllab-quvvatlaydi[5]. Foydalanuvchining yuzini skanerlash orqali yaratilgan avatarlarni (rasmiy nomi „Personas“) boshqa harqanday vertual xolatlarda aks ettiradi va ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchi yuzi sifatida chop etadi. Quloqchinlarning old tomonidagi ekranda avatarning koʻzlari tasviri („EyeSight“) aks etadi, bu foydalanuvchining atrofdagilarni aniqlik darajasini kamaytiradi yoki mutloq ularni koʻrsatmaydi va muloqotda yordam berish uchun ishlatiladi[6].

Tarix

Rivojlanish

2015-yilning may oyida Apple dastlab Volkswagen kompaniyasidan kompaniya tarkibiga kiruvchi kengaytirilgan virtual haqiqat qurulmalari bilan shugʻullanadigan kompaniyasi Metaioʻni sotib oladi[7]. Oʻsha yili Apple Dolby Laboratories kompaniyasidan Mayk Rokvellni ishga oladi. Rokvell Metaio co-founder Piter Meyer va Apple Watch menejeri Fletcher Rotkopfni oʻz ichiga olgan „Technology Development Group“ deb nomlangan jamoani tuzadi. Jamoa 2016-yilda AR vertual haqiqat qurulmasining demo varyantini ishlab chiqadi, biroq bosh dizayner Joni Ayv va uning jamoasi bunga qarshi chiqadi. Kengaytirilgan reallik va virtual haqiqat (VR) eksperti va NASAning sobiq mutaxassisi Jeff Norris 2017-yil aprel oyida kompaniyaga ishga qabul qilinadi[8][9]. Rokvell jamoasi 2017-yilda iOS 11 tizmi bilan ARKit- tizimini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Rokvell jamoasi yangi turdagi quloqchin yaratishga intiladi va yangi texnikalar bilan shugʻullanuvchi Ive jamoasi bilan ishlay boshlaydi[10].

Yangi eshitish vositalarining rivojlanishi 2019-yilda Ivening jamoadan ketishi bilan toʻxtab qoladi. Uning oʻrnida ish boshlagan Evans Xenki ham 2023-yilda kompaniyani tark etadi[11]. Ivening ishdan ketishi ortidan Appleʼda ilgari oʻyinlar va grafik texnologiyalar ustida ishlagan Geoff Stahl visionOS operatsion tizimini ishlab chiqishga rahbarlik qila boshlaydi[12][13][14]. Apple-ning kengaytirilgan reallik eshitish vositasi kelajakdagi engil AR koʻzoynaklari uchun koʻprik sifatida moʻljallangan, ammo buni hali texnik jihatdan amalga oshirilishi mumkin emas edi[15][16]. 2017-yilning noyabrida Apple Kanadaning MR kompaniyasi tarkibidagi Vrvana loyihasini 30 million dollarga sotib oladi. Vrvana loyihasi qora rangni koʻrsata olmaydigan boshqa AR garnituralarining sharpaga oʻxshash proektsiyalarini emas, balki haqiqiy dunyoning tepasida toʻliq shaffof, haqiqiy rangdagi animatsiyalarni joylashtirish imkoniyatiga ega edi. Bu tashqi dunyoni suratga oladigan kameralar orasidagi tez-tez seziladigan kechikishdan qochib, bir vaqtning oʻzida 90 Gts chastotada 120 graduslik koʻrish maydonini saqlab qolish imkoniyatini berar edi. Shuningdek Vrvena tana kuzatuvini amalga oshirish uchun IR yoritgichlar va infraqizil kameralar bilan jihozlangan edi[17][18].

Texnikaga oid maxfiy maʼlumotni keng ommga oshkor qiluvchi Ueyn Maning soʻzlariga koʻra, Apple dastlab macOS dasturiy taʼminotini displeydan foydalanuvchi muhitiga olib oʻtishga ruxsat bermoqchi boʻlgan, biroq iOS-ga asoslanganligi, bazi xususiyatlari cheklanganligi sababli bu jarayon ancha erta bekor qilishgan. Marketing hodimlari qurilma bilan ishlash boʻyicha Nike kabi brendlar bilan ham hamkorlikni muhokama qilishgan. shuningdek qurulmada dastlab paydo boʻlishi kerak boʻlgan „Birgalikda mavjudlik“ deb nomlangan xususiyat ham nomalum sabablarga koʻra bekor qilingan[19].

Taqdimoti

2022-yilning may oyida Apple rahbarlari hamda bosh direktor Tim Kuk qurilmani taqdimot uchun sinovdan oʻtkazishadi[20]. Kompaniya iyun oyida qurulma uchun reklama kontentlarini ishlab chiqish uchun direktorlar va ijodkorlarni yollashni boshlaydi[21]. Aprel oyiga kelib, Apple qurulma uchun dasturiy taʼminot va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun ishlab chiquvchilarni jalb qilishga harakat qiladi[22]. Ajablanarlisi shundaki Apple Vision Pro-ning rivojlanishiga hissa qoʻshgan texnologiyalar uchun 5000 dan ortiq patent roʻyxatga olingan[23].

Apple Vision Pro 2023-yil 5-iyunida Appleʼning Butunjahon dasturchilar konferensiyasida ilk marta keng ommaga taqdim qilinadi, 2024-yil boshida esa AQSHda 3499 dollarboshlangʻich narxida sotuvga chiqariladi[24][25].

Qurulma taqdimoti ertasi kuniyoq Apple kompaniyasi Super Nintendo World kompaniyasining Mario Kart ride texnologiyasidan foydalaniladigan Mira AR qurulmasi startapini sotib oladi.

2024-yil 8-yanvarda Apple kompaniyasi Vision Proʻning AQShda sotuvga chiqarilish sanasi 2024-yil 2-fevralda boʻlishini eʼlon qiladi[26]. Dastlabki sotuvlar soni hisob-kitoblarga koʻra 60 000-80 000 donani tashkil etadi[27][28]. Apple ikki haftalik oldindan buyurtma berish davrida 200 000 donagacha qurulmani oldindan sotadi[29][30].

Texnik xususiyatlari

Qurulma

Qurulmaning old tomonida „EyeSight“ displeyi va kameralarni himoyalovchi oynalar mavjud.

Apple Vision Pro taxminan 300 ta komponentdan iborat[31]. Uning old tomonida egri qatlamli shisha displey, yon tomonlarida alyuminiy hoshiya, ichki qismida egiluvchan matoli tasma mavjud. Hoshiyada beshta sensor, oltita mikrofon va 12 ta kamera mavjud. OLED displey odatda ob’ektiv orqali 90 FPS tezlikda ishlaydi, lekin koʻrsatilayotgan kontentga qarab avtomatik ravishda 96 yoki 100 FPS ga sozlanishi mumkin. Koʻzlar LED va infraqizil kameralar tizimi tomonidan kuzatiladi, ular Optic ID nomli qurilmaning skaneri asosini tashkil qiladi (iPhone smartfonlarida Face ID kabi autentifikatsiya qilish uchun ishlatiladi). Gorizontal oʻrnatilgan motorlar koʻz harakatlarini aniq kuzatib boradigan aniq va fokuslangan tasvirlarni taʼminlash uchun linzalarni alohida koʻz pozitsiyalariga moslashtiradi. Akselerometr va giroskop kabi sensorlar yuz harakatlarini kuzatib boradi, bu esa haqiqiy dunyo va tahmin qilinayotgan tasvir oʻrtasidagi tafovutlarni kamaytiradi[31]. Qurilmaning karnaylari bosh bandining ichida joylashgan boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanuvchi quloqlari ustiga oʻrnatiladi. Bundan tashqari, unda atrof-muhit ovozini virtualizatsiya qilishi mumkin[31][32][33]. Shuningdek faol shovqinni boshqarish funksiyasi orqali chalgʻituvchi shovqinlarga butunlay yoʻqotish mukin[31]. Qurulmga buyurtma berish jarayonida foydalanuvchilar mos kelish uchun Face ID bilan iPhone yoki iPad yordamida yuzlarini skanerlashlari kerak, bu Apple Store ilovasi orqali yoki Apple Store chakana savdo joyida amalga oshirilishi mumkin[34][35].

Vision Pro chipda Apple M2 tizimidan foydalanadi. Unga real vaqt rejimida sensorli maʼlumotlarni qayta ishlash uchun ishlatiladigan qoʻshimvha Apple R1 protsessori yordam beradi. Qurilmani uchta ichki xotira konfiguratsiyasi bilan sotib olish mumkin. Bular 256 GB, 512 GB va 1 TB[36]. Tashqi quvvat manbai, Mac kompyuteridagi USB-C porti yoki ikki yarim soatlik foydalanish uchun moʻljallangan batareya toʻplami bilan quvvatlanishi mumkin[37][38]. Batareya toʻplami qurilmaga Lightning ulagichining olinmaydigan 12 pinli qulflash varianti yordamida ulanadi[39].

Oʻrnatish vaqtida foydalanuvchining yuzi qurilma tomonidan skanerdan oʻtkaziladi, bu esa OS funksiyalari tomonidan foydalaniladigan real avatarni hosil qiladi[40]. Ana shunday funksiyalardan biri „EyeSight“ boʻlib, foydalanuvchi shaxsining koʻzlarini aks ettiruvchi tashqi tomonga qaragan displeydir. Uning koʻzlari AR rejimida xiralashgan, toʻliq qora fonga choʻmganida esa xiralashgan xolda koʻrinadi, bu foydalanuvchining atrof-muhitga oid xabardorligini bildiradi. Boshqa birov yaqinlashganida yoki gapirganida, hatto foydalanuvchi toʻliq qora fonga choʻmgan boʻlsa ham, EyeSight oʻz shaxsining virtual koʻzlarini odatdagidek koʻrsatadi va boshqa odamni koʻrinadigan qiladi[37][41].

Aksessuarlar

Apple Vision Pro uchun qoʻshimcha aksessuarlar orasida 199 AQSh dollari turadigan sayohat sumkasi, uzoqni koʻra olmaydigan foydalanuvchilar uchun Apple tomonidan ishlab chiqarilgan 99 dollarlik optik qoʻshimchalar, hamda 199 dollarlik yorugʻlik muhri va 29 dollarlik yorugʻlik muhri yostigʻi kiradi. Sotuvda mavjud boʻlgan yagona rasmiy uchinchi tomon aksessuarlari Belkin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan batareya ushlagichidir[42][43][44][45].

Shuningdek narxi 299 dollar turadigan birinchi tomon adapteri mavjud va uni faqat roʻyxatdan oʻtgan, pullik Apple Developer hisoblari orqali sotib olish mumkin[46][47][48].

Kamchiliklar

Sotuvlardan koʻp oʻtmay, baʼzi foydalanuvchilar old displeyda oʻz-oʻzidan paydo boʻlgan yoriqlar haqida xabar berishgan[49][50][51].

Dasturiy taʼminot

Apple Vision Pro asosan iOS tizimi asosida[52][53].

Operatsion tizim barmoqlarni kuzatish, koʻzni kuzatish va nutqni aniqlash orqali boshqariladigan 3D foydalanuvchi interfeysidan foydalanadi. Foydalanuvchilar unga qarash va ikki barmogʻini bir-biriga jipslashi orqali elementlarni tanlashi, qisilgan barmoqlarini harakatlantirish orqali elementni harakatlantirishi mumkin. Ilovalar 3D fazoda joylashtirilishi mumkin boʻlgan suzuvchi oynalarda koʻrsatiladi. VisionOS matn kiritish uchun virtual klaviaturani, Siri virtual yordamchisini va tashqi bluetooth qurilmalarini, jumladan Magic Keyboard, Magic Trackpad va geympadlarni qoʻllab-quvvatlaydi[54][55]. Shuningdek VisionOS AirPlay yordamida boshqa Apple qurilmalariga ekrandagi tasvirni aks ettirishni qoʻllab-quvvatlaydi[56].

VisionOS App Store doʻkonidagi koʻrish ilovalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Hamda tanlangan iOS va iPadOS ilovalari bilan mos keladi[57]. Ishga tushirilgandan soʻng visionOS 1 milliondan ortiq iOS va iPadOS ilovalarini hamda 600 ta mahalliy visionOS ilovalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Ammo bu ilovalar orasida Netflix, Spotify va YouTube kabi platformalar mavjud emas[58]. Tahlilchilarning fikriga koʻra, bu kompaniyalarning Apple bilan App Store doʻkonidagi majburiy 30% daromad taqsimoti siyosati (jumladan, monopoliyaga qarshi daʼvolar bilan bogʻliq) tarang munosabatlari natijasida yuzaga kelgan boʻlishi mumkin[59][60]. Bu haqdagi Intervyuda Netflix hamkasbi bosh direktori Greg Piters Vision Pro hozirda kompaniyani qoʻllab-quvvatlash uchun juda qulay ekanligini, ammo „biz buni aniqlash uchun Apple bilan doim muzokaralar olib boramiz“, deb aytib oʻtgan[61][62].

visionOS „Mac Virtual Displey“ funksiyasi orqali macOS qurilmasining asosiy ekranini aks ettirishi mumkin[63].

Qabul qilinishi

Tanqidlar

Vision Pro rasmiy ishlab chiqarilishidan oldin Ars Technica tashkeloti xodimi Samuel Axkson Vision Pro „haqiqatan ham men hali hech qachon koʻrmagan qurilma“ deb takidlaydi. Shuningdek Apple tomonidan taqdim etilgan xoreografik demoda uning foydalanuvchi interfeysining intuitivligini taʼkidlaydi. Aksonning taʼkidlashicha, uning displeylari xira, ammo "men bu jabhada ishlatgan boshqa qurilmalarga qaraganda ancha yaxshi, garchi u hali ham mukammal boʻlmasa ham deb takidlaydi[64]. Vision Pro virtual reallik (VR) platformasi yoki Meta Platforms ning Quest (sobiq Oculus) mahsulot qatoriga raqobatchi emas, chunki u „birinchi navbatda bir nechta VR-ga ega boʻlgan AR qurilmasi“ sifatida joylashadi[65][66][67].

The Verge texnolgiyalar nashri vakili Jey Peter Apple Vision Pro-ni VR platformasi sifatida taqdim qilmagan yoki qurilmani eshitish vositasi sifatida koʻrsatmagan va uni AR qurilmasi va „fazoviy kompyuter“ deb taʼriflagan shuningdek unda faqat VR boʻlmagan oʻyinlarni namoyish qilgan deya keskin fikrlar bildirib oʻtgan. Oʻz fikrining davomida Peter qurilma Windows, oʻyinlar va ijtimoiy platformalar kabi toʻliq immersiv tajribalar oʻrniga tashqi geympad yordamida boshqariladi. Uning taklifiga koʻra, bu joylashuv "katta VR garniturasiga oʻxshamaydigan ushbu texnologiyaning kelajagi uchun siljish boʻlishi mumkin[68]. VisionOS uchun ilovalar doʻkoni yoʻriqnomalarida ham xuddi shunday taʼkidlanganidek, ishlab chiquvchilar visionOS dasturiy taʼminotini „fazoviy hisoblash tajribasi“ yoki „koʻrish ilovalari“ deb atashi shuningdek uni „qoʻshimcha reallik“ va „aralash reallik“ kabi atamalardan foydalanmasliklari kerak[69][70].

Vision Pro-ning taxminiy narxlari eʼlon qilinganidan soʻng juda yuqori narxi sabab koʻplab tanqidchilar va Apple ixlosmandlari tomonidan tanqidlarga uchradi[71][72][73]. Vision Pro-ning uchta eng qimmat komponentlari sirasiga kamera va sensorlar majmuasi, ikkita Apple kremniy chiplari va egizak 4K mikro-OLED virtual reallik displeylari kiradi. Aynan shu jixozlar sababham qurilma kutilganidan qimmatroq narxlarda sotuvga chiqarilgan edi. Xabar qilinishicha, Apple 2025 yil oxiriga qadar chiqarilishi rejalashtirilgan arzonroq model hamda undagi eski versiyadan koʻra tezroq ishlaydegan protsessorga ega ikkinchi avlod modeli ustida ishlamoqda[74]. Vision Pro, shuningdek kam batareya quvvati, boshqalarni chalgʻituvchi koʻrinishi va HDMI ulanish portining yoʻqligi hamda yomon fikr-mulohazalari tufayli ham tanqidlarga duch keldi[75] [75][75][76][77].

Sharhlar

Apple Vision Proni sinab koʻrgan koʻplab jurnalistlardan turlixil izohlar olgan. Masalan: The Verge nashri vakili Nilay Patel qurilma dizaynini boshqa mavjud VR qurilmalariga qaraganda ancha sifatli ekanligini takidlab, displeylari oʻzining aniqligi va yorqinligi boʻyicha „umuman aql bovar qilmaydigan“ darajada ekanligini atkidlab oʻtgan. Patelning fikricha, Vision Pro kelajakdagi AR koʻzoynaklari uchun naʼmuna boʻlishi kerak, chunki qurilmaning hozirgi shakli texnologik va falsafiy nuqtai nazardan Apple ambitsiyalari uchun juda cheklangan va "bu asosiy gʻoyalarning baʼzilari beixtiyor ochib bergan boʻlishi mumkin[78].

Markes Braunlining „Ertangi kun gʻoyalari hamda Bugungi kun texnologiyasi“ sarlavhali maqolasida Apple Vision Pro-ni oʻz zimmasiga olishga tayyor boʻlgan xatarlar miqdori uchun maqtadi hamda Vision Pro innovatsion gʻoya va qarashlarga ega, ammo yetarli texnologiyaga ega emasligini taʼkidlab oʻtgan[79].

The Wall Street Journal’dan Joanna Stern bu fikrni takrorlab, bu „men sinab koʻrgan eng yaxshi virtual reallik qurilmasi“ va „Vision Pro qila oladigan narsalarning koʻpi ilmiy fantastikadek tuyuladi“, deb taʼkidlaydi[80].

Mark Tsukerberg Meta Quest 3-ni Apple Vision Pro bilan solishtirganda Apple ekrani yuqori aniqlikka ega ekanligini tan oladi hamda uning koʻzni kuzatish xususiyatini maqtab oʻtadi, biroq uning mahsuloti Applenikidan qimmatroq ekanini taʼkidlab oʻtadi[81].

Jamoatchilik munosabati

Qurilmani onlayn xaridorlarning koʻp izohlari ham ijobiy boʻlgan. Masalan Reddit platformasidagi koʻplab foydalanuvchilar qurilmadan juda mamnun boʻlib, fazoviy kompyuter kontseptsiyasiga qoyil qolgandek tuyulsada, boshqalari koʻrish maydonining kichikligi yoki umumiy VR sifatlarining yoʻqligidan nolishgan[82].

Yana bir qurilma egasi esa qurilmadan foydalangan holda avtomobil boshqarishga urunib koʻrgan. Bu haqda Apple Vision Pro foydalanuvchi qoʻllanmasida ogohlantirib buni tavsiya etmasligini yozib qoldirgan.[83] Boshqa foydalanuvchilar oʻz ijtimoiy sahifalarida piyoda yurgan holda qurilmadan foydalangani aks etgan videolarni joylashtirgan[84].

Baʼzilar xatto Apple tomonidan tavsiya etilmaydigan ishlarni qilib koʻrishgan. Masalan: minigarniturani taqqan holda ovqat pishirishgan. Lekin bu foydalanuvchilarga ovqat tayyorlash paytida bosqichma-bosqich koʻrsatmalarni osongina koʻrish imkonini bergan[85].

Shuningdek qarang

  • Google Glass
  • HTC Vive XR Elite
  • HoloLens 2
  • Sehrli sakrash
  • Meta kvest 3
  • Meta Quest Pro
  • Piko 4

Manbalar

Havolalar