Antratsit
Antratsit (yun. anthrakitis — ku-mir turi) — kuchli metamorflashgan qazilma koʻmir. Toshkoʻmirlar jumlasiga kiradi. Qora, yaltiroq, baʼzan kulrang va sargʻish tusda tovlanadi. Mineralo-gik shkala boʻyicha qattiqligi 2,0 — 2,5, organik massa zichligi 1500 — 1700 kg/m3; organik massaning yonish issiqligi 33,9 — 34,8 Mj/kg (8100 — 8350 kkalGʻkg); analitik namligi 1 — 3%, yonuvchi massada 9% uchuvchan modda, 97 foizgacha ugle-rod, 3 foizgacha vodorod bor. Dunyodagi koʻmir zaxirasining 3 foizini tashkil etadi. Asosan Donbass (Ukraina), Kuz-bass (Rossiya) da, AQSH, Xitoyda qazib chiqariladi. A. oʻzidan elektr tokini yaxshi oʻtkazganligi uchun undan elektrodlar tayyorlanadi. A. asosan yuqori dara-jali yoqilgʻi sifatida metallurgiyada ishlatiladi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
🔥 Top keywords: Bosh SahifaAshuroMaxsus:SearchBordo suyuqligiAmir TemurAllohning 99 nomiTurkum:SeksOʻsmalarForobiyJinsiy aloqaShashmaqomUEFA Yevro 2024 finaliAmir ShohmurodQarluqBuxoro amirligiXiva xonligiIMGSRC.RUQoʻqon xonligiBuxoro xonligiGlitsinJadidchilikXufton namoziLamine YamalUEFA Yevro 2024Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiRavishAnal jinsiy aloqaKelishikAmir NasrullohOʻzbekistonBemorni parvarish qilishTemir davriUEFA Yevropa chempionatiAleksandrMinetHayzMoʻgʻullarning Markaziy Osiyoni bosib olishiQoraqalpogʻiston bayrogʻiOʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi