Anthony Browne (siyosatchi)

Anthony Howe Browne (1967-yil 19-yanvar kuni tugʻilgan) − 2019-yilgi umumiy saylovdan beri Janubiy Kembridgeshire uchun Parlament aʼzosi (MP) sifatida xizmat qilgan. Shuningdek, britaniyalik siyosatchi boʻlgan. Browne 2023-yil noyabr oyida karbonatsiyadan chiqarish va texnologiya boʻyicha Parlament Davlat kotibi boʻlib xizmat qilgan[1]. U Konservativ partiyasining aʼzosi boʻlgan[2].

Browne ilgari The Times, BBC va The Observer jurnalistlari; Boris Johnson Londondning meri boʻlganida uning maslahatchisi; British Bankers' Associationning bosh ijrochi direktori va Buyuk Britaniya hukumati Regulyatsiyaviyning siyosiy qoʻmitasining raisi edi[3]. Browne Xalqaro Bank Federatsiyasi, Yevropa Bank Federatsiyasi va The City UK kengashlarida va bir qator moliya texnologiyalari kompaniyalarini boshargan[4][5]. Deputat sifatida Browne Tartibga Solish Siyosati qoʻmitasining raisi va Fribgarlikka qarshi kurash boʻlimining raisi sifatida xizmat qilgan.

Tarjimayi holi

Browne Kembridgdagi Mill Road Maternity koʻchasida tugʻilgan boʻlib, uning ota-onasi Patrik va Gerd Brownelar boʻlgan. Fowlmere Boshlangʻich Maktabida, Perse Maktabida va Kembridjdagi Hills Road oltinchi kollejida oʻqigan va keyinchalik Kembridjda Trinity Hallda matematika oʻrgangan shuningdek, Browne 1988-yilda BA (Hons) diplomi bilan taqdirlangan.

Faoliyati

Jurnalistika

Browne oʻz faoliyatini jurnalist sifatida boshlagan. Birinchi marta u BBCda 1993-1994-yillarda The Money dasturida tadqiqotchi boʻlib ishlagan, 1994-1995-yillarda esa Business Breakfastda efirga uzatiladigan jurnalist boʻlgan.

Browne BBC uchun biznes xodimi va iqtisodiyot muxbiri (1993-1998-yillar) boʻlgan; The Observer gazetasining iqtisodiyot muxbiri sifatida xizmat qilgan, sogʻliqni saqlash vazirligining raisi va atrof-muhit muxbiri (1998-2002) boʻlib faoliyat olib borgan; The Timesning bosh siyosiy muxbiri (2002-2007-yillar) sifatida faoliya yuritgan. "The Times" gazetasining Evropa muxbiri boʻlganida, Browne Yevropa Ittifoqi Sharqiy Yevropagacha kengaytirilishi, shu bilan birga, Peter Mandelson Yevropa Vaziri etib tayinlanishi toʻgrisida maʼlumot bergan.

Browne City AM uchun muxbir va ConservativeHome veb-saytining asoschilaridan biri edi[6][7]. Browne Observerning atrof-muhit muharriri sifatida,1999-yil soʻnggi ikki ming yillikdagi eng issiq yil boʻlganligi haqida eksklyuziv xabar berdi[8]. Browne 2001-yil 11-sentabr kuni Nyu-Yorkda boʻlib, „Guardian“ gazetasi hamda, „The Observer“ gazetasi uchun shu kuni uyishtirilgan terror hujumi haqida video maʼlumot berdi[9][10].

Browne 2003-yilda Afrikadan tashrif buyurgan muxojirlar Buyuk Britaniyada yangi OIV infeksiyalarining asosiy sababi boʻlib qolganini yozgan[11]. Spectator gazetasida chop etilgan maqolada Browne hukumatning ommaviy muxojirlar siyosati „xavfli bakteriyalar“ ga sabab boʻlyotganligi, shunigdek, Buyuk Britanyaga tashrif buyurishlar sonini kamaytirish, odamlarga maxsus niqoblardan foydalanishni taklif qildi[12].

Britaniya Bankchilar uyushmasi

Browne 2012-yil iyun oyida BBAga tayinlandi. Brownega lavozimini boʻshtib bergan BBA raisi Marcus Agius darhol isteʼfoga chiqarildi[13].

Browne oʻsha paytdagi Moliyaviy Boshqaruv Organining rahbari Martin Wheatley tomonidan tashkil etilgan LIBOR kengashining islohotlarini amalga oshirish uchun mas’ul xodim sifatida faliyat olib borgan[14][15]. Keyinchalik, Browne LIBOR kengashini BBAdan ajratib olish uchun Baroness Hogg boshchiligidagi hukumat tomonidan tayinlangan partiya bilan ishladi[16].

Browne shuningdek, BBAning birinchi Isteʼmolchilar komissiyasini tashkil etdi[17]. 2016-yilda Brexit referendumidan soʻng, Browne The Observer gazetasida yozgan maqolada, Britaniyada joylashgan banklar faoliyatini Yevropa Ittifoqiga koʻchirish haqida ogohlantirgan[18].

2017-yil aprel oyida Browne besh yillik bosh direktor lavozimidan ketganidan soʻng, BBA beshta boshqa savdo uyushmalari bilan birlashganda, Buyuk Britaniya moliyasini tashkil qilgani eʼlon qilindi[19][20].

Shaxsiy hayoti

Anthony Browne Paula Higgins bilan turmush qurgan, hamda „HomeOwners Alliance“ning bosh direktori va asoschisi boʻlgan. Ularning bir oʻgʻli va qizi bor. Browne oʻz mashgʻulotlarini „yugurish, yugurish, togʻga chiqish, ovqatlanish, ichish“ deb sanab oʻtgan[21].

Matbuotlar

Manbalar