Ankabut surasi

Ankabut surasi (arabcha: سورة العنكبوت, nomining maʼnosi — Oʻrgimchak[8][9]) — Qurʼonning 29-surasi. Makkiy suralardan biri, 69 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 396–404[10]-sahifasida va 20-21-juzida joylashgan. 85-boʻlib nozil boʻlgan. Surada oʻzlari yasagan but — sanamlarga oʻzlari sigʻinuvchi mushriklar oʻzi toʻqigan toʻriga ishonib yashovchi oʻrgimchakka oʻxshatiladi. Shuningdek, unda imon-eʼtiqodli, yaxshi odamlar boshiga sinov uchun koʻproq musibatlar tushishi, hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtish yoʻllari, paygʻambarlar tortgan tashvish va aziyatlar haqidagi qissalar, Qurʼoni karimning mojizaligi va boshqa ilohiy nasihatlar oʻz ifodasini topgan[11].

Rum    29–sura   Qasos
Ankabut surasi — سورة العنكبوت
Qurʼon nusxalaridan biridagi Ankabut surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 69, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 29, qora rangda - Ankabut surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 85, 3. Rukuʼsi soni - 7; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:29, 3. Nozil boʻlish tartibi:85, 4. Rukuʼsi:7, 5. Oyati:69, 6. Porasi (Juzi):20-21 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Oʻrgimchak[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 396–404[4]
Juz 20-21
Sura raqami 29
Oyatlar soni 69
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 7[5]
Muqattaot harflari Alif, lom, mim.[6]
Nozil boʻlish tartibi 85[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Rum surasi  Keyingisi29Oldingisi  Qasos surasi
Nozil boʻlish tartibi
Mutaffifin surasi   Keyingisi85Oldingisi  Rum surasi
                                   

Asosiy mavzusi

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Alif, Lom, Mim.

2. Odamlar: „Imon keltirdik“, — deyishlari bilangina, sinalmagan hollarida, qoldiriladilar, deboʻyladilarmi?!

3. Biz ulardan oldingi (imonli) kishilarni sinagan edik-ku! Bas, (shu sinov bilan va usiz ham), albatta,Alloh (imonda) sodiq kishilarni bilur va (shuningdek,) yolgʻonchilarni ham aniq bilur!

4. Yoki yovuz ishlarni qiladigan kimsalar Bizdan oʻzib ketishni (qutulishni) oʻylaydilarmi?! Naqadaryomon hukm chiqaradilar?!

5. Kimki Allohga roʻbaroʻ boʻlishdan umidvor boʻlsa, bas, Allohning (belgilangan) fursati, albatta,keluvchidir. U eshituvchi va biluvchidir!

6. Kim jihod qilsa, faqat oʻzi uchun jihod qilur. Zero, Alloh (barcha) olamlardan behojatdir!Izoh: Jihod haqida Tavba surasi, 88-oyat izohiga qaralsin.

7.Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarning gunohlarini, albatta, oʻchirurmiz va ularni qiliboʻtgan chiroyli amallari bilan mukofotlarmiz!

8. Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. (Ammo) agar ular sen bilmagan narsalarni (soxtamaʼbudalarni) Menga sherik qilishingga zoʻrlasalar, u holda ularga itoat etmagin! (Barchangiz) Mengaqaytursiz, bas, Men (oʻshanda) sizlarga qilib oʻtgan amallaringiz xabarini berurman!

9. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni, albatta, solih bandalar (qatori)ga kiriturmiz.

10. Odamlar orasida shunday kimsalar (ham) borki, oʻzlari: „Allohga imon keltirdik“, — deydi-da, soʻngAlloh (yoʻli)da ozorlansa, odamlarning (bu) fitna (ozor)larini Allohning azobidek bilur. Qasamki, agarRabbingiz (tomoni)dan gʻalaba kelsa, shubhasiz ular: „Albatta, bizlar sizlar bilan birga edik“, — derlar.Axir, Alloh (barcha) olamlarning dillaridagi narsalarni yaxshi biluvchi emasmi?!

11. Albatta, Alloh imon keltirganlarni ham, munofiqlarni ham yaxshi bilur.12. Kofir boʻlganlar imon keltirganlarga: „Sizlar bizlarning yoʻlimizga ergashinglar, gunohlaringiznibizlar koʻtarurmiz“,- deydilar. Holbuki, ularning gunohlaridan biror narsani koʻtara oluvchiemasdirlar. Albatta, ular yolgʻonchidirlar!

13. Albatta, ular oʻzlarining yuk (gunoh)larini ham, u yuklari bilan birga (boshqa) yuklarni hamkoʻtarurlar va albatta, qiyomat kunida oʻzlari toʻqib olgan (yolgʻon)lari toʻgʻrisida soʻralurlar.

14. Biz Nuhni oʻz qavmiga (paygʻambar qilib) yubordik. Bas, u ularning orasida ellik yili kam ming yilturdi. Bas, ularni zolim (kofir) boʻlgan hollarida toʻfon (balosi) tutdi.

15. Soʻng Biz (Nuh)ga va kemadagi hamrohlariga najot berdik va uni (barcha) olamlarga ibrat qilibqoʻydik.

16. Ibrohimni (eslang) — u oʻz qavmiga degan edi: „Allohga ibodat qilinglar va Undan qoʻrqinglar! Agarbiluvchi boʻlsangizlar, mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir.

17. Sizlar Allohni qoʻyib faqat butlarga ibodat qilmoqdasizlar va (ularni ilohlar deb) yolgʻontoʻqimoqdasizlar. Aniqki, sizlar Allohni qoʻyib ibodat qilayotgan narsalar sizlarga rizq berishga qodiremaslar. Bas, (shunday ekan,) sizlar rizqni Alloh dargohidan istanglar va Ungagina ibodat qilinglar vaUnga shukr qilinglar. Sizlar Ungagina qaytarilursizlar!

18. Agar sizlar (Paygʻambarimni) yolgʻonchiga chiqarsangizlar, bas, sizlardan avvalgi ummatlar ham(oʻz paygʻambarlarini) yolgʻonchiga chiqargandirlar. Paygʻambar zimmasida esa faqat (Allohningbuyruqlarini bandalariga) aniq yetkazishlik bordir“.

19. Axir, ular Alloh qanday qilib ilk bor (yoʻqdan) yaratishini soʻngra (qiyomat kunida) U oʻsha(yaratgan narsasi)ni qaytarishini koʻrmadilarmi?! Albatta, bu Allohga osondir!

20. (Ey, Muhammad,) ayting: „Yerda sayr qilib (Alloh) qanday qilib yaratishni boshlaganini koʻringlar.Soʻngra Alloh (qiyomatda) ikkinchi (marta) paydo qilur. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir!

21. U Oʻzi xohlagan kimsalarni azoblar va Oʻzi xohlagan kishilarga rahm qilur. Ungaginaqaytarilursizlar!

22. Sizlar na Yerda va na osmonda (hech kimni) ojiz qoldiruvchi emasdirsizlar. Sizlar uchun Allohdanoʻzga (biror) doʻst va yordamchi yoʻqdir!“

23. Allohning oyatlarini va U bilan muloqotda boʻlishni inkor qilgan kimsalar, aynan oʻshalar Meningrahmatimdan noumid (mahrum) kimsalardir va ular uchun alamli azob bordir.

24. Bas, (Ibrohimga) qavmining javobi faqat: „Uni oʻldiringlar yoki yoqib yuboringlar“, — deyishlariboʻldi. Soʻngra Alloh unga olovdan najot berdi. Albatta, bunda imon keltiradigan qavm uchun ibratlarbordir!

25. (Ibrohim) aytdi: „Sizlar faqat dunyo hayotidagi oʻzaro doʻstlashishingizni koʻzlab, Allohni qoʻyib,butlarni tutdingizlar. Soʻngra qiyomat kunida baʼzilaringiz (peshvolaringiz) baʼzilaringizdan(ergashuvchilardan) tonur, baʼzilaringiz baʼzilaringizni laʼnatlar. Borar joyingiz doʻzaxdir. (U joyda)sizlar uchun yordam beruvchilar yoʻqdir!“

26. Bas, Lut unga imon keltirdi. (Ibrohim) aytdi: „Albatta, men Rabbim (buyurgan tomon)ga hijratqiluvchidirman. Albatta, Uning Oʻzigina qudrat va hikmat egasidir!“

Izoh: Ibrohim (a. s.)ni olovga tashlaganlarida yonib ketmasdan omon qolganlarini koʻrib, Lut (a. s.) birinchi boʻlib, uning barhaq paygʻambarliklarini tasdiq etib, imon keltirganlar.

28. Lut oʻz qavmiga: „Albatta, sizlar shunday fahsh ishni qilmoqdasizlarki, sizlardan oldin olamlardanhech kim uni qilmagan edi.

29. Haqiqatan ham sizlar (xotinlaringizni qoʻyib) erkaklarga borasizmi; qaroqchilik qilasizmi;majlisgohlaringizda yomon ishlar qilasizmi-a?!“ — deganini eslang. Bas, (Lut) qavmining javobi faqat:„Agar sen rostgoʻy kishilardan boʻlsang, bizlarga Allohning azobini keltir“, — deyishlari boʻldi.

30. (Shunda) u aytdi: „Ey, Rabbim, bu buzgʻunchilar qavmi ustidan Oʻzing meni gʻolib qil!“

31. Qachonki, elchilarimiz (farishtalar) Ibrohimga (farzand koʻrishi haqidagi) xushxabarnikeltirishgach, aytdilar: „Albatta, bizlar mana shu qishloq ahlini halok qiluvchidirmiz. Chunki, uningaholisi zolimdirlar!“

32. (Ibrohim): „Axir, u yerda Lut bor-ku?“ — dedi. Ular aytdlar: „Bizlar u joyda kim borliginibiluvchiroqdirmiz. Albatta, bizlar uni (Lutni) va ahlini qutqarurmiz. Illo, uning xotini qoluvchi (halokboʻluvchi)lardandir“.

33. Qachonki, elchilarimiz Lutning oldiga kelganlarida, u bundan yomon holga tushdi va ular tufayliyuragi siqildi. Ular dedilar: „Qoʻrqma va gʻam chekma! Albatta, bizlar senga va ahlingga najotberuvchilardirmiz. Magar xotining qoluvchi (halok boʻluvchi)lardandir“.

34. Biz fosiq (itoatsiz) boʻlganlari uchun bu qishloq ahli ustiga osmondan azob (tosh) yogʻdiruvchidirmiz.

35. Biz aql yurgizadigan qavmga (ibrat uchun) u (qishloq)dan aniq asorat qoldirgandirmiz.

36. Madyan (qavmi)ga oʻz birodarlari Shuaybni (paygʻambar qildik). Bas, u aytdi: „Ey, qavmim,Allohga ibodat qilingiz va oxirat kunidan umidvor boʻlingiz hamda Yer (yuzi)da buzgʻunchilik qilibyurmangiz!“

37. Ular (Shuaybni) yolgʻonchiga chiqarishgach, ularni dahshatli zilzila tutib, turgan joylarida murdagaaylandilar.

38. Od va Samud (qabilalarini ham halok qildik). (Bu) sizlarga ularning maskanlaridan (xarobalardan)koʻrinib turibdi. Shayton ularga (qilayotgan) amallarini chiroyli koʻrsatib, ularni (haq) yoʻldan toʻsdi.Holbuki, ular aql-idrokli kishilar edi.

39. Qorun, Firʼavn va Homonni ham (halok qildik). Muso ularga (paygʻambar ekaniga) hujjatlarnikeltirganida, ular yer (yuzi)da kibrhavo qildilar va (lekin) oʻzib ketuvchi boʻlmadilar.

40. Biz (ularning) har birini oʻz gunohi bilan tutdik. Bas, ularning orasida Biz ustiga tosh yogʻdirganlarham, ular orasida dahshatli qichqiriq tutganlar ham, ular orasida Biz yerga yuttirganlar va ular orasidaBiz (suvga) gʻarq qilgan kimsalar ham bordir. Alloh ularga zulm qiluvchi boʻlmadi, lekin ular oʻzlarigajabr qiluvchi boʻldilar.

41. Allohdan oʻzgalarni doʻst tutgan kimsalarning misoli xuddi in qurib olgan oʻrgimchakka oʻxshaydi.Inlarning eng nimjoni esa, albatta, oʻrgimchak inidir, agar bilsalar!

42. Albatta, Alloh ularning Uni qoʻyib, iltijo qilishayotgan narsalarini bilur! U qudrat va hikmategasidir!

43. Ushbu masallarni Biz odamlar (ibrat olishlari) uchun ayturmiz. (Lekin) ularni faqat olimlarginaanglagaylar.

44. Alloh osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratgandir. Albatta, bunda moʻminlar uchun alomatbordir!

45. (Ey, Muhammad,) Sizga Kitob (Qurʼon) dan vahiy qilingan narsani tilovat qiling va namoznimukammal ado eting! Albatta, namoz fahsh va yomonlikdan qaytarur! Albatta, Allohning zikri (barchanarsadan) ulugʻdir! Alloh qilayotgan ishlaringizni bilib turur.

46. (Ey, moʻminlar,) sizlar Kitob ahli bilan faqat eng chiroyli uslubda munozara qilinglar, illo ularningorasidagi zulm (tajovuz) qilganlar bundan mustastnodirlar. Shuningdek, aytinglar: „Bizlar oʻzimizganozil qilingan (Qurʼon)ga ham, sizlarga nozil qilingan (Tavrot va Injil)ga ham imon keltirganmiz.Bizlarning ilohimiz va sizlarning ilohingiz bir (Iloh)dir va bizlar Ungagina boʻyin sunuvchimiz“.

47. (Ey, Muhammad,) shuningdek, Sizga Kitob (Qurʼon) nozil qildik. Bas, Biz Kitob (Tavrot va Injil) atoetgan zotlar unga (Qurʼonga) imon keltirurlar. Ana ular (Makka ahli orasi)da ham unga imonkeltiradigan kishilar bordir. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor qilurlar.

48. Siz ilgari biror kitobni tilovat qiluvchi emas edingiz va oʻz qoʻlingiz bilan xat ham yozgan emasedingiz. Aks holda buzgʻunchilar, albatta, shubhaga tushgan boʻlur edilar.Izoh: Yaʼni, ular: „Muhammad yozuvchi boʻlgani uchun Qurʼonni oʻzi yozib chiqayotgandir“, — deb shubhaqilishlari mumkin edi.

49. Yoʻq, u (Qurʼon) ilm berilgan zotlarning dillaridagi aniq oyatlardir! Bizning oyatlarimizni faqatzolimlargina inkor qilurlar.

50. Ular (kofirlar): „Unga (Muhammadga) ham Parvardigori tomonidan moʻjizalar tushganida edi“, -dedilar. Ayting: „Mojizalar Allohning huzuridadir. Men esa faqat aniq ogohlantiruvchiman, xolos“.

51. Axir ularga tilovat qilinayotgan (shu) Kitobni Biz Sizga nozil qilganimiz ular uchun yetarli emasmi?!Albatta, bu (Kitob)da imon keltiradigan qavm uchun rahmat va eslatma bordir!

52. Ayting: „Alloh men bilan sizlarning oʻrtangizda yetarli guvohdir. U osmonlar va Yerdagi bor narsanibilur. Botil narsaga (butlarga) imon keltirib, Allohga kofir boʻlganlar — ana oʻshalar ziyonkoʻruvchilarning oʻzidirlar!“

53. Ular Sizdan azobni tezlatishni talab qilurlar. Agar belgilangan muddat (qiyomat kuni) boʻlmasa edi,albatta, ularga (darhol) azob kelgan boʻlur edi. (Kelganda ham), albatta, ular sezmagan hollaridatoʻsatdan kelur.

54. Ular Sizdan azobni tezlatishni talab qilurlar. Albatta, jahannam kofirlarni qamrab oluvchidir!

55. U kunda azob ularning ustilaridan ham, oyoqlarining ostidan ham oʻrab olur va (Alloh) aytur:„Qilgan ishlaringizning jazosini totinglar!“

56. Ey, imon keltirgan bandalarim, albatta, Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilingizlar!

57. Har bir jon oʻlim (achchigʻi)ni totuvchidir! Soʻngra Bizga qaytarilursizlar.

58. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni, albatta, jannatda ostidan anhorlar oqib turadigankoʻshklarga joylashtirurmiz. Ular u yerda mangu qolurlar. (Yaxshi) amal qiluvchilarning mukofotinaqadar yaxshidir!

59. Ular sabr qilgan va yolgʻiz Parvardigorlarigagina tavakkul qiladigan zotlardir.

60. Oʻz rizqini koʻtara (topa) olmaydigan qanchalab jonzotlar bor. Alloh ularga ham, sizlarga ham rizqberur. U eshituvchi va biluvchidir!

61. Qasamki, agar siz ulardan: „Osmonlar va Yerni yaratgan, quyosh va oyni (toatiga) boʻyin sundirganzot kim?“ — deb soʻrasangiz, albatta, ular: „Alloh“, — derlar. Bas, (shunday ekan), qayoqqa burilibketmoqdalar?!

62. Alloh bandalaridan oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va (Oʻzi xohlagan kishilarningrizqini) tang qilur. Albatta, Alloh barcha narsani biluvchidir!

63. Qasamki, agar siz ulardan: "Osmondan suv (yomgʻir) yogʻdirib yerni „oʻlganidan“ soʻng„tiriltirilgan“ zot kim?" — deb soʻrasangiz, albatta, ular: „Alloh“, derlar. Siz (ularga): „Allohga hamd!“,-deb ayting! Yoʻq, ularning aksariyati aql yurgizmaydilar!

64. Bu dunyo hayoti faqat (ozgina) oʻyin kulgidir! Agar ular bilsalar, oxirat diyorigina (haqiqiy) hayot(joyi)dir.

65. Qachonki, ular kemaga minsalar (gʻarq boʻlishdan qoʻrqib,) Allohga chin ixlos bilan iltijo qilurlar.Bas, qachonki, (Alloh ularni quruqlikka chiqarib,) najot bergach, banogoh ular (Allohga yana) shirkkeltirurlar.

66. Biz ularga ato etgan neʼmatlarga noshukr boʻlaversinlar va (shu dunyodagi hayotdan) „foydalanib“qolsinlar. Hali yaqinda (haqiqatni) bilib olajaklar!

67. Ular oʻzlarining atroflaridagi odamlar qirgʻinga uchrab turgan bir paytda, Biz (Makkani) osoyishtaharam qilib qoʻyganimizni koʻrmadilarmi?! Nahotki, ular botil (butlar)ga imon keltirib, Allohningneʼmati (Islom)ni inkor etsalar?!

68. Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqigan yoki Haq (Qurʼon) kelgan chogʻda uni yolgʻonga yoʻygan kimsadankim ham zolimroqdir?! Kofirlar uchun jahannamda joy bor emasmi?!

69. Bizning (yoʻlimiz)da jihod (jiddu jahd) qilganlarni, albatta, Oʻz yoʻllarimizga hidoyat qilurmiz.Albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilar bilan birgadir!

Manbalar

Keyingisi: Rum surasi 29-sura — arabcha matniOldingisi: Qasos surasi