Android Studio

Android Studio — 2013-yil 16-mayda Google I/O konferensiyasida eʼlon qilingan bo‘lib, u Android platformasi bilan ishlash uchun moʻljallangan dasturlash muhiti (IDE).

Android Studio
MuallifGoogle
Chiqarilgan sana2014-yil
So‘nggi versiyasi2021.2.1 (Chipmunk) (9-may, 2022-yil)
Operatsion tizimMicrosoft Windows, Chrome OS, macOS va Linux
Statusfaol
Vebsayt:developer.android.com/studio

Ushbu dasturlash muhitining ilk 0.1-talqini 2013-yil may oyida eʼlon qilingan. 2014-yilda eʼlon qilingan 0.8-talqindan boshlab beta-test koʻrinishida taqdim etildi. Birinchi barqaror versiya 1.0 2014-yil dekabr oyida chiqarildi, shu bilan birga Eclipse uchun Android Development Tools (ADT) plaginini qoʻllab-quvvatlash tugatildi.

JetBrains kompaniyasining IntelliJ IDEA dasturiga asoslangan Android Studio rasmiy Android ilovalarini ishlab chiqish vositasidir[1] Ushbu ishlab chiqish muhiti Windows, macOS va GNU/Linux uchun mavjud[2] 2017-yil 17-mayda yillik Google I/O konferensiyasida Google Java va C++’dan tashqari Android platformasi uchun rasmiy dasturlash tili sifatida Android Studioʻda qoʻllaniladigan Kotlin tilini qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi.

Xususiyatlari

Cheklovlar

Fayllarni avtomatik saqlashni butunlay oʻchirib qoʻyish imkoniyati yoʻq. Bu ishlab chiquvchilarning asosiy muqobil boʻlmagan pozitsiyasidir. Ishlab chiqaruvchilar bu usul dasturchilar uchun qulay boʻladi degan fikrga kelishgan[3]

Imkoniyatlar

Dasturning yangi talqini ishlab chiqilishi bilan uning imkoniyatlari kengaytirib boriladi. Bugungi kunda qiyidagi imkoniyatlar mavjud[4]:

  • WYSIWYG maketlarni tahrirlash uchun kengaytirilgan tahrirchi, Drag-and-Drop orqali UI bilan ishlash.
  • Gradle'ga asoslangan holda dasturni yigʻish.
  • Dasturni turli koʻrinishda yigʻish va birnecha.apk fayllar yaratish.
  • Kodni qayta ishlash imkoniyati.
  • Ishlab chiqarish muammolari, versiyalar mos kelmasligi va boshqalarni topishga imkon beruvchi statik kod analizatori (Lint).
  • Dasturga kiritilgan ProGuard va ilovalarni imzolash uchun yordamchi dastur.
  • Androidga tegishli asosiy maketlar naʼmunalari.
  • Android Wear va Android TV qurilmalari uchun dastur yaratish imkoniyati[5]
  • Google Cloud Platform'ni qoʻllab-quvvatlash.
  • 3.0 standarti boʻyicha Kotlin dasturlash tilini qoʻllab-quvvatlaydi[6].

Talqinlar tarixi

Quyida dasturning asosiy talqinlari roʻyxati keltirilgan:[7]

TalqinTaqdimot vaqti
1.02014-yil Dekabr
1.12015-il Fevral
1.22015-yil Aprel
1.32015-yil Iyul
1.42015-yil Sentabr
1.52015-yil Noyabr
2.02016-yil Aprel
2.12016-yil Aprel
2.22016-yil Sentabr
2.32017-yil Mart
3.02017-yil Oktabr
3.12018-yil Mart
3.22018-yil Sentabr
3.32019-yil Yanvar
3.42019-yil Aprel[8]
3.52019-yil Avgust
3.62020-yil Fevral
4.02020-yil May
4.12020-yil Oktabr[9]
4.22021-yil May[10]
Arctic Fox (2020.3.1)2021-yil Iyul[11]
Bumblebee (2021.1.1)2022-yil Yanvar[12]
Chipmunk (2021.2.1)2022-yil May[13]
Dolphin (2021.3.1)TBD


Tizim talablari

WindowsOS XLinux
OT talqiniMicrosoft Windows 11/10/8/7/Vista (32 ili 64-bit)Apple macOS 10.8.5 yoki yuqori, 10.13 (High Sierra)/ 10.14 (Mojave) gachaGNOME yokiKDE
Operativ xotira4 GB (minimum), 8 GB (tavsiya etiladi); +3 GB Android Emulator uchun
Diskdagi boʻsh joy4 GB (minimum) (1,5 GB IDE + 2,5 GB Android SDK uchun), 8 GB SSD (tavsiya etiladi)
JDK talqiniJava Development Kit 8
Ekran1280 x 800 (minimum)
QoʻshimchaJava Runtime Environment (JRE) 6GNU C Library (glibc) 2.15 yoki yuqori

Quyidagi talablar IED + Android SDK + Android Emulat talablarini oʻz ichiga oladi.

  • Windows: x86_64 protsessor arxitekturasi; 2-avlod Intel Core yoki undan yangiroq, yoki Windows Hypervisor-ni qoʻllab-quvvatlaydigan AMD operativ xotira;

x86_64 protsessor arxitekturasi; 2-avlod Intel Core yoki undan yangiroq, yoki Windows Hypervisor-ni qoʻllab-quvvatlaydigan AMD CPU;

  • macOS: ARM-ga asoslangan chiplar yoki Hypervisor. Framework-ni qoʻllab-quvvatlaydigan 2-avlod Intel Core yoki yangiroq;
  • Linux: x86_64 protsessor arxitekturasi; 2-avlod Intel Core yoki undan yangiroq, yoki AMD Virtualization (AMD-V) va SSSE3-ni qoʻllab-quvvatlaydigan AMD protsessorlari;
  • Windows: UG (cheklanmagan mehmon) qoʻllab-quvvatlanadigan protsessor;
  • Intel Hardware Accelerated Execution Manager (HAXM) 6.2.1 yoki undan keyingi versiyalari (HAXM 7.2.0 yoki undan keyingi talqinlari tavsiya etiladi).

Flutter freymvorkidan foydalangan holda dasturiy tʼaminot ishlab chiqaruvchi dasturchilar uchun ham Android Studio tomonidan keng imkoniyatlar yaratilgan.

Manbalar