Andrejs Perepļotkins

Andrejs Perepļotkins (ukraincha: Андрій Ігорович Перепльоткін, Andriy Igorovych Pereplyotkin; 1984- yil 27-dekabr) — Ukrainada tugʻilgan latviyalik futbolchi. U „SK Super Nova“ jamoasida oʻng qanot yarimhimoyachisi sifatida oʻynaydi. Ukrainada tugʻilgan boʻlsa-da, 2007-yildan 2012- yilgacha Latviya terma jamoasi safida oʻynagan.

Andrejs Perepļotkins
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiAndrejs Perepļotkins
Tavallud sanasi27-dekabr 1984-yil
Tavallud joyiXarkovUkraina bayrogʻi Ukraina
AmpluasiHujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
SK Super Nova
Raqami21

Jamoadagi faoliyati

Perepļotkins 18 yoshida Xarkovning „Metalist“ jamoasiga kelib qoʻshiladi, ammo keyingi ikki yil mobaynida bir nechta turli klublarda oʻynadi. Bu klublar orasida „Fili Moskva“ va Belgiyaning mashhur "Anderlext" jamoalari, hamda Sautgempton FK akademiyasi ham bor edi.

Bohemians va Skonto Rīga jamoalari

U katta tanaffusdan soʻng Irlandiyaning „Bohemians“ jamoasi bilan shartnoma tuzdi, u yerda u 18 oʻyin oʻtkazdi, uchta gol kiritdi va 2003-yilda Irlandiya Ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi. 2004-yilgi mavsumning oʻrtasida Bohs jamoasi u bilan shartnomani bekor qildi. Latviyaning Skonto Rīga jamoasi 2004—2005-yilgi mavsum boshida Perepļotkins bilan shartnoma imzoladi. Keyingi olti yil davomida Perepļotkins Latviya Oliy Ligasida 141 ta oʻyin oʻtkazib, 44 marta gol kiritdi va jamoasi bilan birga 2004-yilgi Latviya Oliy ligasi, 2005-yilgi Livoniya kubogi, shuningdek, 2010-yilgi Latviya Oliy ligasida gʻalaba qozondi. Skonto jamoasi safida Perepļotkins UEFA Chempionlar Ligasi va UEFA Yevropa Ligasi saralash oʻyinlarida ishtirok etadi.

Derby County

2008-yilning 1-avgustida Perepļotkins Derby County jamoasi safiga sinov tariqasida qoʻshiladi[1]. U 3- avgust kuni Niderlandiyaning „Utrecht“ jamoasiga qarshi baxsda debyut qiladi va oʻyin 2:2 hisobida yakunlanadi[2]. Mashgʻulotlarda va oʻyinda yaxshi taassurot qoldirganidan soʻng [2] Derby County Skonto jamoasi bilan ijara toʻlovini kelishib oladi va 2008-yilning 7-avgustida Perepļotkinsni bir mavsumga ijaraga oldi[3].

Perepļopkins 9-avgust kuni Doncasterga qarshi oʻyinda oʻzining rasmiy debyutini oʻtkazadi va 64- daqiqadan soʻng uning oʻrnini Steve Davies egallaydi[4]. 2009-yil 15-yanvarda Derby Countyning yangi menejeri Nigel Clough Perepļopkins bilan oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomani toʻxtatadi[5][6].

Nasaf

2011-yilgi mavsum boshlanishidan avval Perepļopkins Qarshining Nasaf klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi[7]. „Nasaf“dagi ilk mavsumida Perepļopkins chempionatda 24 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol kiritadi va jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻladi. U oʻz jamoasiga OFK kubogida ham yordam berdi va finalda gʻalaba golini kiritdi[8]. Uzoq muddatli jarohatdan aziyat chekkan Perepļotkins keyingi mavsumda bor yoʻgʻi 16 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol kiritadi.

Narva Trans

2013-yil mart oyida u Estoniya Meistriliigasi „Narva Trans“ jamoasi bilan bir yillik shartnoma tuzadi[9]. Oʻzining Estoniya ligasidagi debyutida Perepļopkins gol urdi va Tallinna Kalevga qarshi oʻyin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Mavsum davomida olgan jarohatlari tufayli uning Estoniyadagi faoliyati uzoq davom etmadi va 2013-yil avgust oyida Perepļotkins yana Latviya Oliy ligasiga koʻchib oʻtadi va „Daugava Riga“ jamoasi bilan shartnoma tuzadi. 13 oʻyinida maydonga tushib 1 gol kiritdi. Jamosi bilan birgalikda mavsumni chempionatning kuchli toʻrtligida yakunladi.

Ararat Yerevan

2014-yil fevral oyida Perepļotkins Armaniston Premer-ligasi „Ararat Yerevan“ jamoasiga koʻchib oʻtdi va mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi[10]. 12 oʻyinda maydonga tushib 2 ta gol kiritdi. U jamoasi bilan Armaniston Premer-ligasini FK Mikadan 3 ochko kam toʻplagan xolda toʻrtinchi oʻrinda yakunladi va UEFA Yevropa Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmadi. 2014-yil avgust oyida Perepļotkins Kipr Ikkinchi Divizioni ENAD Polis Chrysochous jamoasiga qoʻshildi[11].

2020-yilning fevral oyida Litvada 1-liganing „FK Kupiškis“ jamosida tarkibida kelishilgan oʻyinlarda qatnashgani uchun futbol bilan bogʻliq barcha musobaqalardan olti oyga chetlatilganidan soʻng, aprel oyida bu taqiq butun dunyo boʻylab amal qila boshladi.  Bu vaqt ichida global COVID-19 pandemiyasi tufayli bu taqiq batamom olib tashlandi.

Andrejs Perepļotkins 2021-yil 1-yanvarda futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. Uning soʻngi jamoasi Latviyaning Super Nova jamoasi boʻldi. Hozirgi kunda Super Nova jamoasida murabbiy yordamchisi boʻlib faoliyat yuritmoqda[12].

Terma jamoadagi faoliyati

2007-yilda bir necha yillik Latviya chempionatidagi muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng, Perepļotkinsga Latviya fuqaroligini olish va milliy terma jamoaga qoʻshilish imkoniyati taklif qilindi. U taklifni qabul qildi va 2007-yil 16-martda Latviya fuqaroligini oldi va Latviya terma jamoasida oʻynay boshladi[13]. Andrejs Perepļotkinsni Latviya terma jamoasidagi ilk oʻyini 2007-yil 28-mart kuni Lixtenshteynga qarshi boʻlib oʻtgan. 2007- yildan 2012-yilgacha milliy terma jamoada oʻynagan Perepļotkins 36 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 marta gol kiritadi[14].

Yutuqlar

FC Skonto

  • Latviya Oliy ligasi: 2004, 2010
  • Latviya kubogi sohibi: 2006-yil

Nasaf

  • OFK kubogi: 2011-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2012-yil

Riga FK

  • Boltiqboʻyi kubogi: 2008, 2012, 2015-yillar
  • Virsliga gʻolibi: 2010 yil

FK Jelgava

  • Virsliga 2-oʻrin sohibi: 2016-yil

SK Super Nova

  • Latviya ikkinchi ligasida ikkinchi oʻrin: 2018-yil

Manbalar

Havolalar