Ana Alicia

amerikalik aktrisa

Ana Alicia Ortiz Torres — teatr va televideniyeda rollar ijro etgan meksikalik sobiq aktrisa. U uzumzor merosxoʻri Melissa Agretti rolini yetti fasl davom etgan „Falcon Crest“ serialida ijro etgani bilan tanilgan. U televidenieda bir yil davomida „Ryan's Hope“ serialida oʻynashni boshlaydi, shuningdek, 1970-yillarning oxiridan 1990-yillarning oʻrtalariga qadar koʻp yillar davomida turli telekoʻrsatuvlarda va televizion filmlarda bir necha rollarini ijro etgan.

Ana Alicia
Tavalludi
Ana Alicia Ortiz Torres

12-dekabr 1956
Fuqaroligi Meksika
Kasbi Aktrisa, Xonanda, Produser
Faoliyat yillari 1977—1997-yillar
Turmush oʻrtogʻi
Gary R. Benz
(turm. 1994; ajr. 2016)
Bolalari 2 nafar

Yoshligi

Ana Alicia Ortiz Torres Mexiko shahrida Karlos Selestino Ortiz va Meksikaning Akapulko shahrida biznes yuritgan Alicia Torres oilasida tugʻilgan. U toʻrt farzandning uchinchisidir. Uning oilasi otasi vafotidan keyin olti yoshida Texasning El-Paso shahriga koʻchib oʻtadi. U yerda buvisi, onasi, amakisi va uchta ukasi bilan otasi buvisi uchun sotib olgan uyda yashagan. 1972-yilda oʻrta maktabni tugatgach, Ortiz Wellesley kollejiga stipendiya yutib oladi. Wellesley kollejiga kelgach, Ortiz suhbatdan oʻtadi va Jules Faifferning „Crawling Arnold“ filmida bosh rolni ijro etadi.

Uning AEA shartnomasi boʻyicha birinchi professional roli El-Pasodagi Adobe Horseshoe kechki ovqat teatrida Bob Denver ishtirokidagi "The Odd Couple" spektaklidagi Kabutar opa-singillaridan birining roli boʻlgan[1].

Ana Alicia keyingi uch yilni UTEPda asosiy sahna asarlarida oʻtkazadi. Shuningdek, Adobe Horseshoe repertuarida muhim rolni tasvirlab beradi. 

Faoliyati

1977-yilda ilmiy darajani qoʻlga kiritgandan soʻng, Ortiz Los Angelesga koʻchib oʻtadi va turli spektakllarda rollar uchun suhbatdan oʻtishni boshlaydi. U Alicia Nievesning „Ryanʼs Hope,“ filmidagi rolni ijro etish imkonini qoʻlga kiritadi. Oʻn besh oylik shoudan soʻng, Ortiz Los-Angelesga qaytib keladi va Texasdagi janubi-gʻarbiy huquq yuridik fakultetda oʻqishini davom ettiradi. Oxir-oqibat, uning aktyorlik imkoniyatlari yomonlashdai va u bor vaqtini aktyorlik bilan shugʻullanishga qaror qiladi[2].

Alicia Falcon Crest operasida ikkita qoʻshiq kuylaydi. Birinchi qoʻshiq „Goody Goody“ edi, 1936-yilda Matty Malneck tomonidan yozilgan, soʻzlari Johnny Merser tomonidan yozilgan mashhur qoʻshiq. Qoʻshiq birinchi marta Bing Crosby tomonidan kuylangan. Ikkinchi qoʻshiq „Body and Soul“ edi. Uni 1930-yilda Edvard Heyman, Robert Sour, Frank Eyton va Johnny Green yozgan. Qoʻshiq Libby Holman tomonidan „Tree 's a Crowd“ revyusida taqdim etilgan va 1947-yilda „Body and Soul“ filmining mavzusi sifatida ishlatilgan va jazzning sevimli taronalaridan biriga aylangan[3].

2010-yil oktabr oyida Ana Alicia Norvegiya telekoʻrsatuvi Gylne Tider uchun reklama videosida paydo boʻladi. U va boshqa mashhurlar The Beatles guruhining „Let It Be“ musiqasi muqovasida suratga tushishgan.

Ana Alicia Amerika Qoʻshma Shtatlari Insonparvarlik Jamiyatining milliy vakili boʻlgan[4]. U „Golden Eagle Awards“ taqdirlash marosimida ommaviy axborot vositalarida ispanlarning yutuqlarini targʻib qiluvchi mukofotlarni topshirishda ishtirok etadi[5].

Oilasi

Alicia produser va tadbirkor Gary R. Benzga 1994-yil 24-aprelda turmushga chiqadi; ular 2016-yilda ajrashishadi[6].

Filmografiyasi

Filmlarda
YilSarlavhaRolIzohlar
1981Halloween IIJanet Marshall
1989RomeroArista Zelada
1991Flamenco — un voyage andalou[7]HerselfHujjatli film
1994To Die, to SleepKathy’s MotherDublyaj
2012The Nightmare Isnʼt Over: The Making of Halloween II[8]SelfHujjatli film
Televizion rollari
YilSarlavhaRolIzohlar
1977-1978Ryanʼs HopeAlicia Nieves
1978The Next Step BeyondAngela MendozaEpizod: "Portrait of the Mind: (1.9)
1979The Hardy BoysSuzanne CliffordEpizod: „Life on the Line“ (3.10)
1979Battlestar GalacticaAuroraEpizod: „Take the Celestra“ (1.20)
1979The Sacketts (TV movie)Drusilla
1979Buck Rogers in the 25th CenturyFalina ReddingEpizod: „Vegas in Space“ (1.3)
1979The Misadventures of Sheriff LoboMillie RogersEpizod: „The Boom Boom Lady“ (1.9)
1980Galactica 1980Gloria AlonzoEpizod: „Space Croppers“ (1.9)
1980Quincy, M.E.Nurse Nancy BergerEpizod: „No Way to Treat a Patient“ (5.22)
1980Roughnecks (TV movie)Yolanda Suarez
1980Condominium (TV movie)Thelma Messenkott
1981B. J. and the BearDoloresEpizod: „Seven Lady Captives“ (3.11)
1981Coward of the County (TV movie)Violet
1981The Ordeal of Bill Carney (TV movie)Lisa Saldonna
1982McClainʼs LawEpizod: „A Matter of Honor“ (1.8)
1982TattletalesHerself5ta epizod
1982-1988Falcon CrestMelissa Agretti Cumson Gioberti173ta epizod
1983Happy Endings (TV movie)Veronica
1983Battle of the Network Stars XVHerself — CBS Team
1984Hollywood '84 (TV miniseries)HerselfEpizod (1.2)
1984The Love BoatSamantha GregoryEpizod: " My Mother, My Chaperone/Present, The/Death and Life of Sir Alfred Demerest, The/Welcome
1984The Love BoatSamantha GregoryEpizod: "My Mother, My Chaperone/Present, The/Death and Life of Sir Alfred Demerest, The/Welcome
1985Hotel (TV series)Mary Ellen CarsonEpizod: „Bystanders“ (2.17)
1986The CBS Easter Parade (TV special)Herself — Host
1987Sex Symbols: Past, Present and Future (TV movie)Herself
1988MoonlightingMary Erin-GatesEpizod: „And the Flesh Was Made Word“ (4.14) (as Ana-Alicia)
1989Falcon CrestSamantha Ross5ta Epizod
1990Miracle Landing (TV movie)Michelle Honda(as Ana-Alicia)
1991Life Goes OnShanna GreyEpizod: „Lighter Than Air“ (2.21)
1993Rio Shannon (TV movie)Dolores Santillan
1994Murder, She WroteSgt. Hilda DupontEpizod: „Northern Explosion“ (10.11)
1994Acapulco H.E.A.T.Linda DavidsonEpizod: „Code Name: Easy Riders“ (1.12)
1994RenegadeDr. Grace PrescottEpizod: „Sheriff Reno“ (2.19) (as Ana-Alicia)
1996RenegadeAngela BaptistaEpizod: „Hard Evidence“ (4.19) (as Ana-Alicia)
1997Happily Ever After: Fairy Tales for Every ChildDuchess of Earl / Businessmanʼs DaughterEpizod: „The Pied Piper“ (5.2) (Voice)
2004E! True Hollywood StoryHerselfEpizod: „Scream Queens“
2015Frontera RojaSoilaEpizod: „Reencuentros“ (1.1)

Musiqa sohasida

Qoʻshiqlari
YilSarlavhaMusiqaIzohlar
1985Falcon Crest (TV series)"Mairzy Doates"epizod: „Cold Comfort“ (4.23)
1987Falcon Crest (TV series)"Goody Goody"epizod: „Cold Hands“ (6.23)
1987Falcon Crest (TV series)"Body and Soul"epizod: „Body and Soul“ (6.24)
1987Falcon Crest (TV series)"Body and Soul", „Goody Goody“epizod: „Loose Cannons“ (6.25)

Teatr sahnalarida

YilSarlavhaRolSahna
1973"The Odd Couple"Pigeon SisterAdobe Horseshoe Dinner Theater
"Busybody"Adobe Horseshoe Dinner Theater
"Boeing, Boeing"Adobe horseshoe Dinner Theater

Mukofotlar va nominatsiyalar

Sovrinlar
YilMukofotKategoriyaIshNatija
1986Soap Opera Digest AwardsOutstanding Actress in a Leading Role on a Prime Time SerialFalcon CrestNominatsiya
1988Soap Opera Digest AwardsOutstanding Actress in a Leading Role: Prime TimeFalcon CrestNominatsiya
1990Soap Opera Digest AwardsOutstanding Supporting Actress: Prime TimeFalcon CrestNominatsiya

Manbalar

Havolalar