Amerika Qoʻshma Shtatlari Vitse-prezidentlari roʻyxati

Amerika Qoʻshma Shtatlari Vitse-prezidenti (inglizcha: Vice President of the United States of Amerika) Amerika Qoʻshma Shtatlari federal hukumati ijroiya hokimiyatida Prezidentdan keyin ikkinchi eng muhim mansabdor shaxs deb qaraladi. Birinchi AQSh Vitse-prezidenti Jon Adams, hozirgi vitse-prezident Kamala Harris hisoblanadi. Tarix davomida bu lavozimni 49 kishi egallab kelgan[1].

AQSh Vitse-prezidentining muhri

Qoʻshma Shtatlar vitse-prezidenti koʻp vakolatlarga ega emas, Vitse-prezidentning asosiy konstitutsiyaviy funksiyasi shundaki, u AQSh prezidenti vafot etgan, isteʼfoga chiqqan yoki lavozimidan chetlashtirilgan taqdirda uning oʻrnini egallaydi[2]. Sakkiz nafar Vitse-prezident oʻzlaridan oldingilarning vafoti va bir nafari isteʼfoga chiqishi tufayli yuqori lavozimni egallagan. Bundan tashqari, Vitse-prezident Senatning rasmiy rahbari hisoblanadi. Vitse-prezidentlikka nomzodlarga Qoʻshma Shtatlar prezidentligiga nomzodlar bilan bir xil talablar qoʻyiladi[3][4].

Vitse-prezidentlar roʻyxati

Partiyalar

  Federalistlar partiyasi

  Demokratik Respublikachilar partiyasi

  Demokratilar partiya

  Whig partiyasi

  Respublikachilar partiyasi

Vitse-prezidentlarVitse-prezidentlik yillariShtat
1
John Adams

1735—1826

1789-yil 21-aprel

1797-yil 4-mart

Massachusetts
2
Thomas Jefferson1743—18261797-yil 4-mart

1801-yil 4-mart

Virjiniya
3
Aaron Burr

1756—1836

1801-yil 4-mart

1805-yil 4-mart

Nyu-York
4
George Clinton1739—18121805-yil 4-mart

1812-yil 20-aprel

New-York
1Vitse-prezident vafoti munosabati bilan boʻsh turgan lavozim1812-yil 20-aprel

1813-yil 4-mart

5
Elbridge Gerry

1744—1814

1813-yil 4-mart

1814-yil 23-noyabr

Massachusets
2Vitse-prezident vafoti munosabati bilan boʻsh turgan lavozim1814-yil 23-noyabr

1817-yil 4-mart

6
Daniel D. Tompkins1774—18251817-yil 4-mart 

1825-yil 4-mart

Nyu-York
7
John C. Calhoun1782—18501825-yil 4-mart

1832-yil 28-dekabr

Janubiy Karolina
3Vitse-prezident isteʼfoga chiqqani sababli bu oʻrin boʻsh1832-yil 28-dekab

1833-yil 4-mart

8
Martin Van Buren1782—18621833-yil 4-mart

1837-yil 4-mart

Nyu-York
9
Richard Mentor Johnson1780—18501837-yil 4-mart 

1841-yil 4-mart

Kentukki
10
John Tyler1790—18621841-yil 4-mart 

1841-yil 4-mart

Virjiniya
4Vitse-prezident prezidentlik lavozimini egallashi sababli bu lavozim boʻsh1841-yil 4-mart

1845-yil 4-mart

11
George M. Dallas

1792—1864

1845-yil 4-mart

1849-yil 4-mart

Pensilvaniya
12
Millard Fillmore

1800—1874

1849-yil 4-mart

1850-yil 9-iyul

Nyu-York
5Vitse-prezident prezidentlik lavozimini egallashi sababli bu lavozim boʻsh 1850-yil 9-iyul

1853-yil 4-mart

13
William R. King1786—18531853-yil 4-mart

1853-yil 18-aprel

Alabama
6Vitse-prezident vafoti munosabati bilan boʻsh turgan lavozim1853-yil 18-aprel 

1857-yil 4-mart

14
John C. Breckinridge

1821—1875

1857-yil 4-mart 

1861-yil 4-mart

Kentukki
15
Hannibal Hamlin

1809—1891

1861-yil 4-mart 

1865-yil 4-mart

Meyn
16
Andrew Johnson

1808—1875

1865-yil 4-mart 

1865-yil 15-aprel

Tennessi
7Vitse-prezident prezidentlik lavozimini egallashi sababli bu lavozim boʻsh1865-yil 15-aprel

1869-yil 4-mart 

17
Schuyler Colfax

1823—1885

1869-yil 4-mart 

1873-yil 4-mart 

Indiana
18
Henry Wilson

1812—1875

1873-yil 4-mart

1875-yil 22-noyabr

Massachusetts
8Vitse-prezident vafoti munosabati bilan boʻsh turgan lavozim1875-yil 22-noyabr

1877-yil 4-mart

19
William A. Wheeler

1819—1887

1877-yil 4-mart

1881-yil 4-mart

New-York
20
Chester A. Arthur

1829—1886

1881-yil 4-mart

1881-yil 19-sentabr

New York
9Vitse-prezident prezidentlik lavozimini egallashi sababli bu lavozim boʻsh1881-yil 19-sentabr

1885-yil 4-mart

21
Thomas A. Hendricks

1819—1885

1885-yil 4-mart

1885-yil 25-noyabr

Indiana
10Vitse-prezident vafoti munosabati bilan boʻsh turgan lavozim1885-yil 25-noyabr

1889-yil 4-mart

22
Levi P. Morton

1824—1920

1889-yil 4-mart

1893-yil 4-mart

New York
23
Adlai Stevenson

1835—1914

1893-yil 4-mart

1897-yil 4-mart

Illinoys
24
Garret A. Hobart

1844—1899

1897-yil 4-mart

1899-yil 21-noyabr

Nyu-Jersi
11Vitse-prezident vafoti munosabati bilan boʻsh turgan lavozim1899-yil 21-noyabr

1901-yil 4-mart

25
Theodore Roosevelt

1858—1919

1901-yil 4-mart

1901-yil 14-sentabr

Nyu-York
12Vitse-prezident prezidentlik lavozimini egallashi sababli bu lavozim boʻsh1901-yil 14-sentabr

1905-yil 4-mart

26
Charles W. Fairbanks

1852—1918

1905-yil 4-mart

1909-yil 4-mart

Indiana
27
James S. Sherman

1855—1912

1909-yil 4-mart

1912-yil 30-oktabr

Nyu-York
13Vitse-prezident vafoti munosabati bilan boʻsh turgan lavozim1912-yil 30-oktabr

1913-yil 4-mart

28
Thomas R. Marshall

1854—1925

1913-yil 4-mart

1921-yil 4-mart

Indiana
29
Calvin Coolidge

1872—1933

1921-yil 4-mart

1923-yil 2-avgust

Massachusets
14Vitse-prezident prezidentlik lavozimini egallashi sababli bu lavozim boʻsh1923-yil 2-avgust

1925-yil 4-mart

30
Charles G. Dawes

1865—1951

1925-yil 4-mart

1929-yil 4-mart

Illinoys
31
Charles Curtis

1860—1936

1929-yil 4-mart

1933-yil 4-mart

Kanzas
32
John Nance Garner

1868—1967

1933-yil 4-mart

1941-yil 20-yanvar

Texas
33
Henry A. Wallace

1888—1965

1941-yil 20-yanvar

1945-yil 20-yanvar

Ayova
34
Harry S. Truman

1884—1972

1945-yil 20-yanvar

1945-yil 12-aprel

Missuri
15Vitse-prezident prezidentlik lavozimini egallashi sababli bu lavozim boʻsh1945-yil 12-aprel

1949-yil 20-yanvar

35
Alben W. Barkley

1877—1956

1949-yil 20-yanvar

1953-yil 20-yanvar

Kentukki
36
Richard Nixon

1913—1994

1953-yil 20-yanvar 

1961-yil 20-yanvar

Kaliforniya
37
Lyndon B. Johnson

1908—1973

1961-yil 20-yanvar

1963-yil 22-noyabr

Texas
16Vitse-prezident prezidentlik lavozimini egallashi sababli bu lavozim boʻsh1963-yil 22-noyabr

1965-yil 20-yanvar

38
Hubert Humphrey

1911—1978

1965-yil 20-yanvar

1969-yil 20-yanvar

Minnesota
39
Spiro Agnew

1918—1996

1969-yil 20-yanvar

1973-yil 10-oktabr

Merilend
17Vitse-prezident isteʼfoga chiqqani sababli bu oʻrin boʻsh1973-yil 10-oktabr

1973-yil 6-dekabr

40
Gerald Ford

1913—2006

1973-yil 6-dekabr

1974-yil 9-avgust

Michigan
18Vitse-prezident prezidentlik lavozimini egallashi sababli bu lavozim boʻsh1974-yil 9-avgust

1974-yil 19-dekabr

41
Nelson Rockefeller

1908—1979

1974-yil 19-dekabr

1977-yil 20-yanvar

Nyu-York
42
Walter Mondale

1928—2021

1977-yil 20-yanvar

1981-yil 20-yanvar

Minnesota
43
George H. W. Bush

1924—2018

1981-yil 20-yanvar

1989-yil 20-yanvar

Texas
44
Dan Quayle

1947

1989-yil 20-yanvar

1993-yil 20-yanvar

Indiana
45
Al Gore

1948

1993-yil 20-yanvar

2001-yil 20-yanvar

Tennessi
46
Dick Cheney

1941

2001-yil 20-yanvar

2009-yil 20-yanvar

Vayoming
47
Joe Biden

1942

2009-yil 20-yanvar

2017-yil 20-yanvar

Delaver
48
Mike Pence19592017-yil 20-yanvar

2021-yil 20-yanvar

Indiana
49
Kamala Harris

1964

2021-yil 20-yanvardanKaliforniya

Tirik sobiq Vitse-prezidentlar

2022-yil iyul holatiga koʻra, AQShning 5 nafar sobiq vitse-prezidenti tirik[5][6][7][8]:

Vitse-prezidentVitse-prezidentlik yillariTugʻilgan sanasi
Dan Quayle1989—19931947-yil 4-fevral
Albert Gore1993—20011948-yil 31-mart
Dick Cheney2001—20091941-yil 30-yanvar
Joe Biden2009—20171942-yil 20-noyabr
Mike Pence2017—20211959-yil 7-iyun

Vitse-prezident qasamyodi

AQSh Konstitutsiyasining yigirmanchi tahririga muvofiq, Qoʻshma Shtatlar Vitse-prezidenti saylov boʻlganiden keyingi yilning 20-yanvar kuni peshin vaqtida oʻz lavozimini egallaydi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining inauguratsiya marosimida saylangan Vitse-prezident saylangan Prezidentdan bir necha daqiqa oldin qasamyod qiladi. Prezidentlik qasamyodidan farqli oʻlaroq, Vitse-prezidentlik qasamyodi AQSh Konstitutsiyasida belgilanmagan.

Qasamyod matni

"Men Amerika Qoʻshma Shtatlari Konstitutsiyasini barcha tashqi va ichki dushmanlardan himoya qilishga va uni asrashga tantanali ravishda qasamyod qilaman. Men unga nisbatan haqiqiy ishonch va sadoqatni saqlab qolaman. Men ushbu majburiyatni hech qanday izohlarsiz yoki undan qochish maqsadisiz erkin qabul qilaman. Shuningdek men hozir kirishayotgan lavozimdagi vazifalarni vijdonan va masʼuliyat bilan bajaraman. Xudo menga yordam ber".

Vitse-prezidentlikka nomzodlar uchun qoʻyiladigan talablar

AQSh Konstitutsiyasining oʻn ikkinchi tahririda AQSh Vitse-prezidenti lavozimiga nomzod hamda Prezidentlik lavozimiga nomzod ham kamida Qoʻshma Shtatlarda kamida 14 yil yashagan hamda 35 yoshda boʻlishi kerak. Nomzodlardan AQShda tugʻiligan AQSh fuqarosi boʻlishi talab etiladi.

Manbalar