Amedi

Amedi yoki Amadiya (kurdcha: ئامێدی[1][2], arabcha: العمادية, Lishanid Noshan[3]) - Iroq Kurdiston viloyatining Duhok gubernatorligidagi shaharcha hisoblandi[4].

Amedi

ئامێدی
Shahri
Skyline of Amedi
37°5′30.8″N 43°29′13.2″E / 37.091889°N 43.487000°E / 37.091889; 43.487000
Mamlakat Iroq
Mintaqa Duhok gubernatorligi
Tuman Duhok
Amadiya tumani
Asos solingan mil.avv 3000-yil
Markazi balandligi 1200 m
Aholisi
11 000
Pochta indeks(lar)i 42008
Amedi xaritada
Amedi
Amedi

Etimologiyasi

Ibn al-Asirning soʻzlariga koʻra, arabcha “Amadiyya” nomi 1142-yilda u yerda qalʼa qurgan Imodaddin Zengiy nomi bilan atalgan. Boshqa bir nazariyaga ko'ra, bu ism Imod ad-Davla sharafiga nomlangan degan tahminlar ham mavjud[4].

Professor Jeffri Shuxmanning so‘zlariga ko‘ra, Amedi kelib chiqishi hurriy yoki urartiyaliklarga borib taqaladi[5].

Tarixi

Ilk bronza davridan to miloddan avvalgi XVI asrgacha mitannilar nazorati ostiga o'tgunga qadar Amedi viloyati Kurdaning bir qismi bo'lgan. U qisman semit tilida gapirishgan Subartu boshchilik qilgan qabila nazorati ostida bo'lgan[6][7]. Mittani hukmronligi davrida bu hudud aholisi Zubariylar nomi bilan tanilgan[8][9][10][11].

Mittani qulagandan keyin Amedi Nairi va Barzoniylar bilan jang qilgandan keyin miloddan avvalgi XI asrda Oʻrta Ossuriya imperiyasi vakili Ashurnasirpal I tomonidan bosib olingan[12].

Ossuriya imperiyasi qulagandan keyin Amedi viloyati Midiya hukmronligi ostiga oʻtdi. Miloddan avvalgi IV asrda Ksenofont bu hududdan o'tayotganda uning aholisini Midiya deb atagan[13]. Keyinchalik Amedi hududi Media Magna nomi bilan Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kiritilgan. Parfiya imperiyasi hukmronligida Amedi viloyati Barchan (Barzan) tumani tarkibiga kiradi[14]. Oxir-oqibat u 640-yillarda Tikrit, Mosul va Saharzorda kurdlarni yengib, musulmonlar tomonidan istilo qilinguncha, Adiabene tumanida Sosoniylar imperiyasining ajralmas qismiga aylandi[15].

Keyin, bir necha asrlar davomida, VII asrdagi Abbosiy inqilobidan so'ng, u mintaqadagi eng boy oilalardan biri sifatida tanilgan qirollik Abbosiylar sulolasi tomonidan boshqarilgan[16].

Amedi Masihga da'vogar Devid Alroyning tug'ilgan joyi bo'lgan. 1163-yilda, Jozef Ha-Kohenning Emek ha-Baka asariga ko'ra, yahudiy aholisi mingga yaqin oilani tashkil etgan va yong'oq bilan savdo qilishgan. Alroy shaharga qarshi qo'zg'olon ko'tardi, ammo bu jurushda mag'lubiyatga uchradi va o'ldirildi[17]. Ispaniyalik yahudiy tarixchisi Sulaymon ibn Verga (1450–1525) Alroy davridagi Amedi yahudiylarni boy va baxtli qilib ko‘rsatgan[18].

Amedi 1376-yildan 1843-yilgacha yarim avtonom Bahdinaning qarorgohi edi. Amedi shahridagi Qubaxon maktabi xarobalari bor, u Sulton Husayn Valiy Bahdiniy (1534-1576) davrida islom ilmlarini o‘rganish uchun asos solingan[19][20]. Kichkina shaharchada Hizqiyoga tegishli ibodatxona va qabr xarobalari ham bor. Shaharning timsollaridan biri XII asrga oid va mintaqadagi eng qadimgi va eng katta Amedi masjididir.

1760-yilda dominikanlik Leopoldo Soldini hamkasbi Mauritsio Garzoni bilan Amedi shahrida Kurdiston uchun missiya tashkil qilishadi[21]. Garzoni u yerda oʻn toʻrt yil yashab, 4600 soʻzdan iborat italyancha-kurdcha lugʻat va grammatika ishlab chiqadi. Lug'at asosiy missiya hisoblangan, chunki u kurd tili grammatikasi va tilini o'rganish bo'yicha birinchi tadqiqotni ifodalaydi, shuning uchun Garzoni ko'pincha "kurdologiyaning otasi" deb ataladi[21] [22] [23]. 1907-yilda aholi soni 6000 kishini tashkil etdi, ulardan 2500 nafari kurdlar, 1900 nafari yahudiylar va 1600 nafari xaldeylik katolik ossuriyaliklar edi[24].

Mustaqil Kurdiston uchun Sevr shartnomasi qoidalari (1920-yil)

Geografiyasi

Iqlimi

Amedinining yozi issiq, O'rta yer dengizi iqlimiga ega ( Köppen iqlim tasnifi : Csa) va qishi nam hisoblanadi. Iroqning eng shimoliy shahri bo'lib, bu mamlakatning eng yumshoq iqlimli yirik shahridir. Qishda vaqti-vaqti bilan qor yog'ib turadi.

Amedi iqlimi
KoʻrsatkichYanFevMartAprMayIyunIyulAvgSenOktNoyDekYil
Oʻrtacha maksimal, °C6,27,812,117,825,131,936,336,232,224,415,48,421,2
Oʻrtacha minimal, °C−2,4−1,32,47,212,517,421,420,916,810,95,00,09,2
Yogʻingarchilik meʼyori, mm1261761561285600013296126897
Manba: World Weather Online[25]

Galereya

Taniqli odamlari

  • Tahsin Taha
  • Ali Tatar

Yana qarang

  • Badin shohligi
  • Iroqdagi kurdlar

Manbalar