All of the Stars

All of the Stars – ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisi Ed Sheeranning qoʻshigʻi. U 2014-yilda suratga olingan „Yulduzlar aybdormi“ filmida saundtrek sifatida ishlatilib, „The Fault in Our Stars (Music from the Motion Picture)“ saundtrek albomining birinchi treki boʻlgan[1]. Tarona, shuningdek, Sheeranning „x“ (2014) nomli ikkinchi studiyaviy albomiga ham bonus trek sifatida kiritilgan.

„All of the Stars“
Ed Sheeran qoʻshigʻi
„The Fault in Our Stars (Music from the Motion Picture) va x (Deluxe physical edition)albomidan
Yozib olingan 2014-yil
Davomiyligi 3:54
Leybl Atlantic
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) Johnny McDaid
Klipi
"All of the Stars" YouTubeda

Sheeranning taʼkidlashicha, qoʻshiq „butun film syujetidan ilhomlanilgan, shunchaki qaygʻuli, ammo odamlarni kayfiyatini biroz koʻtarishni xohlaydi“[2]. Filmda saraton kasalligiga chalingan bir oʻsmir bolaning boshqa bir saraton kasaliga chalingan qizga oshiq boʻlgani va oʻlim qarshisida sevgining ahamiyati haqida soʻz boradi[3].

2014-yilda Sheeran qoʻshiqchi Christina Grimmiega qoʻshilib, „The Voice“ loyihasining 6-mavsumi finalida ushbu qoʻshiqni ijro etdi[4].

Klipi

Qoʻshiq uchun ishlangan musiqiy videoning premyerasi 2014-yil 9-may kuni Ed Sheeranning YouTube kanalida boʻlib oʻtdi[5]. Videoda filmdan yangi kadrlar yoʻq edi, biroq unda muxlislar tomonidan yuborilgan „Hammasi goʻzal“, „Sen yuk emassan“ kabi dalda beruvchi xabarlar mavjud edi[6].

Koverlari

Jackie Evancho 2015-yil avgust oyida qoʻshiqning kover versiyasi va unga ishlangan videoni chiqardi[7][8].

Chartlar

Chart (2014)Oʻrin
Kanada (Canadian Hot 100)[9]67
Fransiya (SNEP)[10]130
Germaniya (Official German Charts)[11]66
Irlandiya (IRMA)[12]29
Shotlandiya (Scottish Singles and Albums Charts)[13]31
Birlashgan Qirollik (UK Singles)[14]46
AQSh (Bubbling Under Hot 100 Singles)[15]13
AQSh (Digital Song Sales)[16]49

Manbalar