Alfonso Errero

Alfonso Errero Peinador (1994-yil 21-aprelda tugʻilgan) — ispaniyalik futbolchi professiopnal futbolchi, Mirandes jamoasining darvozaboni hisoblanadi .

Alfonso Herrero
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiAlfonso Herrero Peinador
Tavallud sanasi21-aprel 1994-yil (1994-04-21) (30 yosh)
Tavallud joyiToledo, Spain
Boʻyi1.83 m
AmpluasiGoalkeeper
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Mirandés
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001-2003Odelot Toletum
2003-2013Real Madrid
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2013-2014Real Madrid C33(0)
2014-2016Real Madrid B10(0)
2016-2017Oviedo B31(0)
2017-2020Oviedo46(0)
2020-2021Marbella20(0)
2021-2022Burgos28(0)
2022-Mirandés0(0)
Milliy terma jamoa
2009Spain U163(0)
2009-2011Spain U1710(0)
2013Spain U193(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 29-may uchun)

Klub karerasi

Kastiliya-La-Manchaning Toledo shahrida tugʻilgan Errero 2003-yilda toʻqqiz yoshida "Real Madrid" yoshlar jamoasiga kelib qo‘shiladi. U 2013-yilning 24-avgustida C-jamoasidagi debyutini Segunda B divizionida Atletiko Madrid B ga qarshi safardagi o‘yinda amalga oshiradi. Mazkur uchrashuvda uning jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozonadi .

Errero 2014-yilda, uchinchi divizionga tushib ketadi va zaxira o‘yinchisiga aylanadi. U oʻsha yilning 24-avgustida "Atleti"ning „B“ jamoasiga qarshi oʻyinda yana debyut qildi, ammo 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. [1]

Errero oʻzining ikki mavsumini B-ligada zaxira o‘yinchisi sifatida oʻtkazdi. U bilan birga Ruben Yanezga va Karlos Abadga ham zaxira o‘yinchisiga ylangan edilar. 2016-yilning 22-iyulida u „Real Oviedo“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi, dastlab Tercera Divizionida o‘rinbosarlar jamoasiga tayinlandi. [2]

2017-18-yilgi mavsum oldidan Errero Estebandagi faoliyatini yakunlagandan keyin.[3] U professional debyutini 2017-yilning 6-sentyabr kuni Ispaniya kubogi uchun „Numansiya“ ga qarshi o‘z uyida 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan boshladi. [4]

Errero Segunda divizionida 2017-yilning 25-noyabrida debyut qiladi. CD Numansiyaga qarshi 3:1 hisobidagi o‘yinda maydonga tushadi. Keyinchalik u Xuan Karlosni ortda qoldirib, Xuan Antonio Anquela jamoasi uchun birinchi tanlovga aylandi. [5]

2020-yil 29-avgust kuni erkin agent Errero uchinchi diviziondagi Marbella FC bilan shartnoma imzoladi. [6] 5 iyulda u Burgos CF bilan shartnoma imzolaydi va jamoaga ko‘chib o‘tadi hamda ikkinchi darajaga qaytdi. [7]

2022-yil 16-iyulda Errero CD Mirandes bilan bir yillik shartnomaga imzo chekadi, u hali ham shu jamoaga faoliyat olib boradi. [8]

Maʼlumotnomalar

Havolalar