Aleksey Ovchinnikov

Aleksey Vladimirovich Ovchinnikov (1950-yil 2-aprel, Moskva, SSSR – 2008-yil 16-noyabr, Moskva, Rossiya) – sovet futbolchisi, himoyachi ampulasida oʻynagan. SSSR sport ustasi unvonini olgan.

Aleksey Ovchinnikov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiAleksey Ovchinnikov Vladimirovich
Tavallud sanasi1950-yil, 2-aprel
Tavallud joyiMoskva, SSSR
Vafot sanasi2008-yil, 16-noyabr
Vafot joyiMoskva, Rossiya
Boʻyi178 sm
AmpluasiHimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
19??—1967Spartak (Moskva)
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
1972—1973Dinamo (Minsk)(0)
1974—1978Lokomotiv (Moskva)(15)
1979—1980Kuban(6)
1980—1981Torpedo(18)
1982Yangiyer(1)
1983—1988Fili (Moskva)(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

Aleksey Ovchinnikov faoliyatini Spartak (Moskva) yoshlar sport maktabi jamoasi tarkibida boshlagan[1]. 1967-yilgi yoshlar musoboqasida 8 ta oʻyin oʻtkazgan. U 1968-yilda klubning kattalar jamoasida faoliyatini boshlagan va 16-aprelda SSSR Oliy ligasida debyut qilgan. Oʻsha mavsumda jami 2 ta oʻyin oʻtkazdi. Ovchinnikov 1971-yilgacha Spartak (Moskva) jamoasi safida qoldi, ammo chempionatda boshqa maydonga tushmadi. 1971-yilgi mavsumda klub kubokni qoʻlga kiritgan mavsumda kubok oʻyinlarining bitta oʻyinida qatnashdi.

1972-yildan 1973-yilgacha Minskning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan, chempionatda 11 oʻyin va SSSR kubogida 3 oʻyin oʻtkazgan[2][3]. 1974-yildan 1978-yilgacha Moskvaning Lokomotiv (Moskva) jamoasini himoya qildi. Shu vaqt ichida chempionat va kubok bahslarida 147 oʻyinda 15 ta gol urdi va SSSR kubogida 16 ta uchrashuv oʻtkazdi. Kubok bahslarida 2 ta penaltidan gol urdi, shuningdek, 1 ta avtogol muallifi boʻldi[4]. 1978-yilgi mavsumda jamoasi bilan turnirning yarim finaligacha yetib bordi. 1974-yilda SSSR Birinchi ligasi gʻolibi boʻldi. U 197- yilda jamoa sardori boʻlgan[5].

1979-yildan 1980-yilgacha „ Kuban“ futbol klubida oʻynagan. 1979-yilgi chempionatda 35 oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan. Jamoa 1979-yilgi mavsumda Birinchi liganing kumush medali sohibi boʻlgan[6]. 1980-yilgi mavsumda u Torpedo (Tolyatti) tarkibida harakat qildi. Ammo SSSR chempionatida maydonga tushmadi, kubokda 2 ta oʻyin oʻtkazdi.

Aleksey Ovchinnikov 1981-yilgi mavsumni ham Torpedo jamoasida oʻtkazdi. 1981-yilgi chempionatda 50 ta oʻyin oʻtkazdi va 18 ta gol urdi, shuningdek, SSSR kubogida 2 ta uchrashuv oʻtkazdi va 1 ta gol urdi. 1982-yilgi mavsumda Yangiyer klubi bilan shartnoma imzoladi. Mavsum davomida 8 uchrashuvda 1 ta gol urgan. 1983-yildan 1988-yilgacha Moskvaning „Fili“ havaskorlar jamoasi tarkibida oʻynagan.

Yutuqlar

  • SSSR kubogi yarim finalchisi: 1978-yil
  • SSSR Birinchi ligasi gʻolibi: 1974-yil
  • SSSR Birinchi ligasida 2-oʻrin (Oliy ligaga chiqdi)
  • RSFSR kubogi gʻolibi: 1980-yil

Faoliyatini yakunlagandan keyin

Turli havaskor faxriylar turnirlarida qatnashib turgan[7][8].

Manbalar