Aki va tuzlangan baliq

Aki va tuzlangan baliq — aki mevasi va tuzlangan treskadan tayyorlangan Yamayka milliy taomidir.

Tarixi

Aki mevasi Yamaykaning milliy mevasi hisoblanadi. U 1725-yilgacha Ganadan Karib dengiziga olib kelingan, chunki „Aki“ Akan xalqining boshqa nomi, Achem. Mevaning ilmiy nomi 1793-yilda mevani Yamaykadan Kyu (Angliya) Qirollik botanika bogʻiga yetkazgan va uni fanga kiritgan kapitan Uilyam Blig sharafiga nomlangan[1]. Mevaning baʼzi qismlari, masalan, pishib yetish bosqichidagi kurtaklari va terilari zaharli boʻlganligi sababli, AQSh kabi mamlakatlarga import qilishda transport cheklovlari mavjud[2]. Tuzli treska Yamaykaga qullar uchun mustahkam va arzon oqsil manbai sifatida keltirilgan edi[3].

Tayyorlanishi

Taomni tayyorlash uchun tuzlangan treska qaynatilgan aki, piyoz, qalampir, pomidor bilan qovuriladi, soʻngra quruq qalampir kabi ziravorlar qoʻshiladi. Uni bekon va pomidor bilan bezash mumkin va odatda nonushta uchun non, qattiq xamirli non, chuchvara yoki qaynatilgan yashil banan bilan birga dasturxonga marxamat qilinadi.

Aki va tuzlangan baliqni guruch va loviya yoki oddiy oq guruch bilan ham isteʼmol qilish mumkin[4]. Ziravorlar (piyoz, batun-piyoz, timyan, sarimsoq) va tuzlangan baliqni oddiy guruch bilan birlashtirganda, u koʻpincha „ziravorlangan guruch“ deb ataladi, uni bir qozonda, shu jumladan aki bilan birgalilkda pishirish mumkin.

Pop madaniyatida

Akki va tuzlangan baliq Yamaykaning milliy taomi hisoblanadi[5][6][7]. Yamaykalik sprinter Useyn Bolt nonushta uchun tez-tez aki va tuzlangan baliq isteʼmol qiladi, deb yozadi The Guardian[8] 1956-yilgi „Yamayka bilan xayrashuv“ „Ackee rice, saltfish are nice“ qoʻshigʻi kuylanadi.

Manbalar