Ajdar minorasi

Ajdar minorasi (xitoy yozuvida: 龙塔, pinyin tizimida: lóng tǎ) yoki Heiluntzyan minorasi (xitoycha: 黑龙江塔) — Xitoyning Xarbin shahridagi radio va televidenie minorasi.

Qurilishi

Minora meʼmori professor Marin Le[1] dir. Hukumat loyiha uchun 200 million yuanga yaqin mablagʻ ajratgan. Ajdar minorasi qurilishi 1998-yil aprel oyida boshlangan va 2000-yil 28-oktabrda yakunlangan, 2002-yil 29-oktabrda rasman turizm uchun ochilgan[1].

Balandligi

Minoraning balandligi 336 metr[2] boʻlib, u Osiyodagi eng baland teleminoralar orasida 7-oʻrinni, dunyodagi eng baland teleminoralar orasida esa 22-oʻrinni egallaydi. Toʻliq poʻlatdan yasalgan minoralar orasida Ajdar minorasi Osiyodagi eng baland va dunyodagi ikkinchi eng baland minora (Ukrainadagi Kiev minorasidan keyin)[3] hisoblanadi.

Foydalanilishi

Minoraning birinchi qavatlarida Xitoy tarixidagi buyuk shaxslarning (imperatorlar, harbiy rahbarlar, sayohatchilar, ixtirochilar va siyosatchilar) mumdan yasalgan siymolari[4], kafelar, doʻkonlar, galereya va dorixona[2][5] mavjud. Yuqori qavatlarda televidenie va radioeshittirishlar olib boriladi.

186 metr balandlikda aylanuvchi shved dasturxoni restorani[5], 190 metr balandlikda esa Amur irmogʻi Songhua daryosini koʻrish mumkin boʻlgan kuzatuv maydonchasi mavjud[4].

2007-yilda minorada 110 metr balandlikda „Jasurlar uchun oʻyinchoq“ deb nomlangan argʻimchoq oʻrnatildi. Argʻimchoqlar bevosita kuzatish platformasi ustida joylashgan[4].

Manbalar