Abha (futbol klubi)


Abha Saudiya Arabistonining Abha shahrida joylashgan futbol klubi hisoblanadi. Oʻyinlar 20 000 kishiga moʻljallangan „Shahzoda Sulton bin Abdulaziz“ stadionida oʻtkaziladi.

Tarixi

2000-yilda Abha Saudiya futbol ligasining uchinchi darajali futbol klubi boʻlib Ikkinchi divizionda birinchi oʻrinni egallagan va birinchi divizionga koʻtarilgan[1]. Keyingi toʻrt yil davomida jamoa past natijalar koʻrsatib oʻynagan va 2004/05 yilgi mavsum oxirida Abha Birinchi divizion turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallagan[2] va birinchi marta Saudiya Arabistoni asosiy futbol ligasiga kirgan.

2005-yil 27-sentabrda oʻzining eng yuqori darajadagi birinchi oʻyinida „Abha“ safarda "Al-Hilol" ga 2:3[3] hisobida yutqazgan, oʻyin davomida ikki marta hisobda oldinga chiqib olgan. Jamoa Saudiya ligasidagi ilk gʻalabasini ikki oydan koʻproq vaqt oʻtib, oʻz maydonida „Al-Qodisiya“ni 1:0 hisobida magʻlub etib qoʻlga kiritgan[3]. Debyut mavsumining oxirida Abha oxirgi oʻrinni egallagan va yana birinchi divizionga tushib ketgan.

Xuddi shu davrda Abhada Al-Ittihod sport klubi tashkil topdi va birinchi rasmiy prezident Aziz bin Mustafo boʻldi. GSA koʻrsatmalariga koʻra, Al-Ittihod sport klubi oʻz nomini 1962-yilda Abha Sports Club deb oʻzgartirdi. Bunga Jiddadagi Al-Ittihod Sport Club deb nomlangan klub sabab boʻlgan. Va 1968-yilda Abha Sports Club yana bir bor oʻz nomini oʻzgartirdi, lekin bu safar Rashidun xalifaliklarining birinchisi Abu Bakr xotirasiga Al-Siddiq sport klubiga oʻzgartirildi. 1969-yil boshida GSA Al-Farouk va Al-Siddiqni birlashtirib, Al-Farouk sport klubi nomi ostida bitta klub tuzishga qaror qildi. Shayx Sulaymon bin Ahmad Mimish yangi birlashtirilgan klubning birinchi prezidenti edi.

Saudiya oliy ligasiga qaytish uchun Abhaga ikki yil kerak boʻldi. Biroq jamoa 2008/09 yilgi chempionat oxirida quyi ligaga tushib qolgan holda yana Pro-ligadan ham qolib ketdi[4]. Abha Al-Raed bilan bir xil miqdordagi ochkolarni qoʻlga kiritdi, ammo qoʻshimcha koʻrsatkichlarda ularga imkoniyatni boy berdi.

2019/20-yilgi mavsumdan boshlab u oliy divizion – Saudiya Pro-ligasida oʻynamoqda.

Yutuqlari

MavsumDvizionOʻrinKubok
1999/00Ikkinchi divizion1-chi
2000/01Birinchi divizion
2001/02Birinchi divizion6
2002/03Birinchi divizion5
2003/04Birinchi divizion6
2004/05Birinchi divizion2
2005/06Saudiya ligasi11
2006/07Birinchi divizion10
2007/08Birinchi divizion2
2008/09Pro-liga11
2009/10Birinchi divizion4
2010/11Birinchi divizion4
2011/12Birinchi divizion4
2012/13Birinchi divizion

 

Manbalar