Abdulloh ibn Husayn
Abdulloh Ibn Husayn (1882, Makka — 1951.20.7, Quddus) — Transiordaniya amiri (1921-46) va qiroli (1946-50), Iordaniya qiroli (1950-yildan). 1916-18 yillardagi Hijoz qoʻzgʻolonida qatnashgan. 1921-yil ingliz mandatli boshqaruvdagi Transiordaniya muxtor amirligi amiri deb eʼti-rof etilgan. Davlatni idora etish organlari, shuningdek, arab legionini tuzgan. 1946-48 yillarda Falastinning arab qismiga daʼvogarlik qilgan. Iordaniyani 1948-49 yillardagi arab-isroil urushiga jalb qilgan (qarang Arab-Isroil urushi), Iordan daryosining gʻarbiy sohilini zoʻrlik bilan qoʻshib olgan. 1951-yil 20-iyulda Transjordaniya tomonidan anneksiya qilingan Sharqiy Quddusdagi Al -Aqso masjidi ostonasida Falastin terror tashkiloti aʼzosi tomonidan otib oʻldirilgan.
🔥 Top keywords: Bosh SahifaAndoza:Seks ishchi (orden)Maxsus:SearchUEFA Yevro 2024Jinsiy aloqaAllohning 99 nomiAmir TemurIMGSRC.RUHisorak suv omboriOʻzbekistonYunon-Baqtriya podsholigiAnora (film)Bemorni parvarish qilishAvestoSaraton (kasallik)HayzAlisher NavoiyXufton namoziOʻzbekiston tarixiQurbon hayitiBolgariyaTugʻruqUndosh tovushlarMuhammadSuvchechakHaj: Jannat onalar oyog‘i ostidaAnal jinsiy aloqaIztopar afsonasiMovarounnahrErkak jinsiy aʼzosiXorazmEva ElfieQovunchi madaniyatiShavkat MirziyoyevInna lillahi va inna ilayhi rojiʼunQunut duosiJaloliddin ManguberdiKoreya RespublikasiBobur