Abdoulaye Diallo

Abdoulaye Diallo (talaffuzi: Abduliya Diallo; 1992-yil 30-martda Fransiyaning Reyms shahrida tugʻilgan) — senegallik futbolchi maydonda darvozabon vazifasini bajarib kelmoqda. U Senegal terma jamoasida oʻynagan. Abdoulaye Diallo 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi. Shuningdek, futbolchi bugungi kunda faoliyatini „Nottingham Forest“ futbol klubida davom ettirmoqda.

Abdoulaye Diallo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiAbdoulaye Diallo[1]
Tavallud sanasi30-mart 1992-yil (1992-03-30) (32 yosh)
Tavallud joyiReims, Fransiya
Boʻyi1.91 m[2]
Ampluasidarvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nancy
Raqami1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999AS Française
1999—2002Tinqueux
2002—2007Reims
2004—2007Clairefontaine
2007—2009Rennes
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2009—2019Rennes18(0)
2010—2016Rennes II41(0)
2014—2016→ Le Havre (ijara)50(0)
2016—2017Çaykur Rizespor (ijara)19(0)
2019—2020Gençlerbirliği4(0)
2020—2021Nottingham Forest0(0)
2022—Nancy1(0)
Milliy terma jamoa
2010—2011Fransiya U1910(0)
2011—2012Fransiya U2010(0)
2015—Senegal17(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-sentyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

Diallo Renn futbol klubi safida

Diallo „Reyms“ va „Rennes“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2009-yil 29-noyabrda „Olympique Lyonnais“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Liga 1da birinchi oʻyinini oʻtkazgan[3]. 2014-yil boshida Diallo „Le Havre“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi. Shuningdek, u Liga 2dagi debyutini 2014-yilning 3-fevralida „Nancy“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi[4]. 2016-yilning yozida Abdoulaye Diallo Turkiyaning „Çaykur Rizespor“ jamoasiga ijaraga berilgandi. „Akhisarspor Kulübü“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Turkiya Superligasida debyut qilgan. Hamda, Abdoulaye Dialloning ijara muddati tugagach, futbolchi „Rennes“ futbol klubiga qaytgan.

Xalqaro faoliyati

2010-yilda Fransiya yoshlar terma jamoasi bilan Diallo yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u Gollandiya, Avstriya, Angliya, Xorvatiya va Ispaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[5][6][7][8][9].

2015-yilda Diallo Senegal terma jamoasi safida oʻynashga qaror qilgan. Xususan, 28-mart kuni Gana terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida u Senegal terma jamoasi safida debyut qilgan[10].

2017-yilda Diallo Gabonda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Zimbabve, Tunis va Kamerun terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[11][12][13].

Shu bilan bir qatorda, Abdoulaye Diallo 2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan va jamoasining darvozasi daxlsizligini himoya qilgan.

Statistika

JamoaMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJami
OʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Rennes II2010—2011180180
2012—2013100100
2013—20148080
2015—20163030
2018—20192020
Jami410410
Rennes2009—201010000010
2010—201100000000
2011—20121000101030
2012—201300101020
2013—201400000000
2014—201500000000
2015—201670002090
2016—201700000000
2017—201830104080
2018—20196000003090
Jami180208040320
Le Havre (ijara)2013—20141600000160
2014—20153400010350
Jami5000010510
Çaykur Rizespor (ijara)2016—201719000190
Gençlerbirliği2019—2020401050
Nottingham Forest2020—202100000000
Umumiy faoliyatida13203090401480

Manbalar