5-hujum

5-hujum (inglizcha: The 5th Wave) — 2016-yilda katta ekranlarga chiqqan, J Blakeson tumanidan suratga olingan hamda Columbia Pictures tomonidan tarqatilgan ilmiy fantastika janridagi AQSh filmidir.[3]

5-hujum
The 5th Wave

Film posteri
Rejissyor(lar) J Blakeson
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
  • Susannah Grant]l
  • Akiva Goldsman
  • Jeff Pinkner
Rollarda
Bastakor(lar) Henry Jackman
Kinematografiya Enrique Chediak
Muharrir(lar) Paul Rubell
Studiya(lar)
Distribyutor Columbia Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 22-yanvar, 2016-yil(2016-01-22) (AQSh)
Davomiyligi 112 daqiqa[2]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $38–54 million[3][4]
Daromadi $109.9 million[3]

5-hujum filmi premyerasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida 22-yanvar 2016-yilda boʻlib oʻtdi. Film budjeti $38–54 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $110 millionga yaqin daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.

Mazmuni

Ilk bor AQShning Ohio shtati oʻzga sayyoraliklarning hujumiga uchraydi. Keyinchalik esa oʻzga sayyoraliklarning hujumi butun Yerni qamrab oladi. AQSh hukumati oiladagi erkaklar va ayollarni alohida-alohida lagerlarga joylashtiradi. Ogayoda yashovchi yuqori sinf oʻquvchisi boʻlgan Cassie Sullivan ham otasi va ukasi Sam bilan lagerga ketishga tayyorgarlik koʻradi. Onasi esa shifokor boʻlib, oʻzga sayyoraliklarning 3chi hujumi — qushlar orqali tarqatilgan yuqumli kasalliklardan soʻng vafot etadi. Sullivan ukasining ayiq oʻyinchoqchasi uyida qolib ketganligi tufayli lagerga boradigan avtobusdan qolib ketadi. U ukasining yoniga borish uchun oʻrmonni kezadi. Ammo, u kezayotgan chogʻda otasini uchratadi va otishmaga guvoh boʻladi. Otishmani koʻrib, darhol qochadi. Uning niyati ukasi Samʼni topish. Lagerni tashkillashtiruvchilar oʻzga sayyoraliklar boʻlib, ularning maqsadi bolalarni oʻzga sayyoraliklarga qarshi tayyorlab, oʻzlarini qirishga majbur qilish edi. Bu jarayon oʻzga sayyoraliklarning 5chi hujumi edi. Oxir-oqibat, film soʻngida, Cassie Samni topadi va oʻsha yerdagi bolalar bilan birgalikda oʻzga sayyoraliklarning 5chi hujumi bilan birga oʻzlarini ham yoʻq qiladi.

Rollarda

  • Chloë Grace Moretz roli Cassie Sullivan
  • Nick Robinson roli Ben Thomas Parish
  • Ron Livingston roli Oliver Sullivan
  • Maggie Siff roli Lisa Sullivan
  • Alex Roe roli Evan Walker
  • Maria Bello roli Sergeant Reznik
  • Maika Monroe roli Ringer
  • Zackary Arthur roli Sam Sullivan
  • Liev Schreiber roli Colonel Alexander Vosch
  • Tony Revolori roli „Dumbo“
  • Talitha Bateman roli „Teacup“
  • Nadji Jeter roli „Poundcake“
  • Alex MacNicoll roli „Flintstone“

Manbalar

Havolalar