Erik Guterez

Erik Gabriel Guterez Galavis (inglizcha: Erick Gabriel Gutiérrez Galaviz) — meksikalik futbolchi, Gvadalaxara klubi va Meksika terma jamoasida yarim himoyachi sifatida toʻp suradi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. 2018-yilgi boʻlib oʻtgan jahon chempionati ishtirokchisi.

Klubdagi karyerasi

Guterez «Pachuka» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yil 27-oktyabrda Kruz Azulga qarshi oʻyinda u Meksika Primerasida debyut qiladi[1]. 2015-yil 8-fevralda Tolukaga qarshi oʻyinda Erik Pachuka klubi uchun birinchi golini uradi[2]. 2016-yilda u klubiga chempionlikni qoʻlga kiritishga yordam beradi va bir yildan soʻng KONKAKAF Chempionlar ligasida gʻolib chiqadi.

2018-yilning yozida Guterez Gollandiyaning PSV klubiga oʻtadi. Umumiy transfer summasi 8 million yevroni tashkil qiladi. 15-sentabr kuni ADO Den Xaag klubiga qarshi oʻyinda u Erediviziyadagi ilk debyutini oʻtkazadi[3]. Oʻsha oʻyinda Erik PSV safidagi ilk golini uradi. Uch kundan soʻng u Chempionlar ligasi doirasidagi "Barselona" ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Guterez 2020-2021-yilgi mavsumda ikki marta jarohat oldi va butun mavsumda atigi 150 daqiqa oʻynadi. Keyinchalik oʻz vazifasiga qaytgan Erik yana jamoaning asosiy oʻyinchilaridan birining oʻrnini egalladi. 2022-yilning 11-avgustida Guterez va PSV uning shartnomasini 2025-yilgacha uzaytirgani eʻlon qilindi.

2023-yil 2-iyulda Erik Guterez Meksikaga qaytgach, Gvadalaxara futbol klubiga kelib qoʻshiladi[4].

Xalqaro karyerasi

2015-yilda Erik Yamaykadagi KONKAKAF yoshlar kubogida ishtirok etish uchun Meksika yoshlar terma jamoasi roʻyxatiga kiritilgan. Turnirda u Kuba[5], Kanada[6], Salvador[7] va Panama[8] yoshlar terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushadi. Musobaqa yakunida Guterez jamoasi bilan oltin medalni qo‘lga kiritadi.

Oʻsha yilning yozida Erik Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Urugvay[9], Serbiya[10] va Mali[11] qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.

2016-yilning yozida Guterez Meksika olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadi. Turnirda u Germaniya[12], Fiji[13] va Janubiy Koreya[14] jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi. Fijiliklarga qarshi bahsda Erik toʻrtta gol urdi.

2016-yilning 12-oktabr kuni Panama terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Gutierres Meksika terma jamoasi safida debyut qildi[15].

2017-yilda Guterez KONKAKAF Oltin kubogining bronza medali sohibiga aylandi. Turnirda u Salvador[16], Kyurakao[17] va Yamaykaga qarshi ikki marta[18][19] maydonga tushgan.

2018-yilda Guterez Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi. U turnirda zaxiradan maydonga tushadi.

Manbalar