Katsudon
- Maqola
- Munozara
Asboblar
Umumiy
Nashr/eksport qilish
Boshqa loyihalarda
ʻʻʻKatsudonʻʻʻ (yaponcha: カツ丼?) Yevropa-yapon oshxonasining goʻshtli taomi, domburining eng ommalashgan turi.
Taomning nomi ikki soʻzdan olingan: tonkatsu (choʻchqa kotleti) va domburi (ustiga garnir solingan katta kosadagi guruchdan iborat taom)[1][2][3][4].
Bir porsiyasi bir piyola guruch va yaxshilab pishirilgan choʻchqa goʻshtidan iborat. Kotletni tuxumga oldindan botirib olish yoki pishirgandan keyin ustidan sous quyish mumkin[5]. Taomga sabzavotlar va turli ziravorlar ham qoʻshsa boʻladi.
Katsudonning mintaqaviy turlari mavjud: «qizil miso» (yaponcha: 赤味噌?) bilan Nagoya ʻʻmiso-katsu(don)ʻʻi (yaponcha: 味噌カツ丼?)[6], fransuzcha sousi bilan Okayama ʻʻdemi-katsu(don)ʻʻi (yaponcha: デミカツ丼?)[7] va boshqalar.
Katsudon maktab oʻquvchilari va talabalar orasida mashhur: «yutib chiqmoq» (yaponcha: 勝つ?) soʻzi taom nomiga ohangdosh, shuning uchun katsudon imtihonlardan oldin tanovul qilinadi[8].
Yaponiyada jinoyatchi politsiya boʻlimida yoki tergov xonasida bir piyola katsudon yesa, albatta tavba qiladi, degan shahar afsonasi mavjud[9].